Kompozisiya va shakllantirishning kompozision turlari


Ko’chalar, xiyobonlar va kvartallarni ko’kalamzorlashtirish



Yüklə 193,5 Kb.
səhifə4/21
tarix17.02.2022
ölçüsü193,5 Kb.
#83805
növüKompozisiya
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
7. KASALXONALAR XUDUDINI KO’KALAMZORLASHTIRISH

2.3. Ko’chalar, xiyobonlar va kvartallarni ko’kalamzorlashtirish

Ko’kalamzorlashtirishning asosiy turi - daraxtlarni qatorlab yekish (trotuar va yo’l orasidagi yerda), trotuarning xarbir tomonida bir, ikki, uch va undan ko’proq qatorlar bo’lishi mumkin. Bu yerlarda jonli devor, ignabargli daraxtlar xam ekiladi. Qo’shimcha daraxtlar yo’lni ikkiga bo’lib turadigan o’rtaga ekiladi, uylar oldida ekiladi, yo’l xarakatini tartibga solib turadigan yerlardagi orolchalarni ko’kalamzorlashtirish, uylarning vertikal yashilzorlari tuziladi.

Yo’lni bo’lib turuvchi polosada, uning kengligi 2-3m bo’lsa gazon barpo yetiladi, uning fonida butalar va gullar ekiladi.

Uylar oldidagi daraxtzorlarni alohida polisadni (uy oldidagi kichkina bog’cha, gulzor) yoki ochiq xovlilar - kurdonalar barpo yetiladi. Palisadniklar jonli devor bilan o’raladi (chegaralari o’rtasida mevali yoki manzarali daraxtlar ekiladi. Undan tashqari gullar yoki chirmovuk o’simliklar ekilishi mumkin.

Magistral (bosh) ko’chalarda. Transport harakati kuchli bo’lgan joylarda yo’lovchilarni chang va avtomashinalarning dvigatelidan chiqqan gazdan himoya qilish uchun shu yo’lning ikkala tomoniga ikki qator daraxtlar va jonli devor ekiladi.

Ko’chalar kenglik (ko’chalarning uni g’arbdan sharqqa, uylarning old tomoni (fasadi) shimolga boshqa tomoni janubga qaratilgan) va uzunlik yo’nalishida bo’ladi (ko’chaning o’qi shamoldan janubga old tomoni sharqqa va boshqa tomoni g’arbga qaragan bo’ladi).

Kenglik ko’chalarda soya yo’lakga to’shishi kerak, agar uylar ko’p qavatli bo’lsa, ular soyani yo’lakga to’shiradi, shuning uchun bu yerlarda ochiq joy qoldirish mumkin. Ko’chaning qarama qarshi tomonda trotuarni soyalatish kerak, chunki shimoliy fasadlar kamroq qiziydi, sharq va g’arbga qaragan fasadga nisbatan, demak, soyalashga talab bo’lmaydi.

Bulvarlar - (xiyobonlar, xiyobonsurat bog’lar) uchun yashil yer - ko’chaning uqida joylashgan (kengligi 40m dan kam emas, yo’l va trotuar orasiga joylashgan yoki qirgoqda joylashgan. Bulvar (xiyobon) ning kengligi 18-50 m va undan ko’proq.

Kvartal orasidagi (ichidagi) yashil daraxtzorlarning ta’miniy balansi:

Yashil daraxtzorlar - 65%.

Maydonchalar - 24.

Alleyalar va yo’lkalar - 10.

Inshoatlar (skameykalar, besedkalar) - 1%.

Mikrorayon va kvartallarni ko’kalamzorlashtirishda quyidagilar bo’lishi shart:



  1. uylar va maydonchalar orasida qulay yo’lkalar.

  2. turar uy va boshqa inshoatlar kelish imkoni bo’lishligi.

  3. shovqin va chanagdan himoyalanish.

  4. daraxtlarni maydonchalar, dam olish joylar, xo’jalik va sport maydonchalarini birbiridan ajratish uchun yekish.

  5. daraxtlar, butalar, gullarning peyzaj va regulyar tuzilishdan foydalanib chiroyli kolmpozisiyalarni tuzish.

  6. yashil daraxtlarni shunday joylashtirish kerakki, shamol, yaxshi o’tib tursin.

  7. turar- joylar uchastkalari ko’kalamzorlari yo’llardan va ko’chalardan qalin ekinlar bilan ajralib turishi kerak.



Yüklə 193,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə