Kompozisiya va shakllantirishning kompozision turlari


Urug’larni pasportlashtirish, namuna olish va ekish sifatini tekshirish



Yüklə 193,5 Kb.
səhifə7/21
tarix17.02.2022
ölçüsü193,5 Kb.
#83805
növüKompozisiya
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
7. KASALXONALAR XUDUDINI KO’KALAMZORLASHTIRISH

Urug’larni pasportlashtirish, namuna olish va ekish sifatini tekshirish. Yekish maqsadida tayyorlangan bir xil urug’lar tozalangandan va saralangandan keyin partiyalarga shakllantiriladi, ularga pasport tuziladi va maxsus kitobda qayd qilinadi. Urug’lardan namuna olish, ularning yekish sifatlarini aniqlash va sifati haqida xujjatlar berish maxsus standartlar asosida amalga oshiriladi. Urug’lar partiyasining maksimal og’irligi turli daraxtlar uchun turlicha va 30 kg dan 500 kg gacha bo’ladi. Urug’larning yekish sifati ular partiyasidan o’rtacha namuna olib aniqlanadi. O’rtacha namunani o’rmonchilar, o’rmon yordamchisi, muxandislar, agronomlar va boshqa xo’jalik mutaxassislari, namuna olish uchun tayinlangan vakillar o’rmon urug’lari stansiyasida tegishli yo’riqnomadan o’tgandan keyin ajratib oladi. O’rtacha namuna urug’lar partiyasi shakllantirilgandan keyin 10 kun muddat ichida ajratib olinadi.

Ajratib olingan o’rtacha namuna mustahkam gazlamadan tikilgan toza xaltaga joylashtiriladi. Xalta oldinda suvda qaynatib dezinfekiyalanadi. O’rtacha namuna joylashtirilgan xalta yetiketkasi bilan bog’lanib o’rmon urug’lari stansiyasiga tozaligini, 1000 dona urug’ og’irligini, o’sish quvvatini, unuvchanligini (hayot qobiliyatini, sifatliligini) aniqlash uchun yuboriladi.

O’rtacha namuna ajratib olish belgilangan shaklda uch nusxadagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning bir nusxasi xo’jalikda qoldiriladi. Ikkinchisi o’rtacha namuna bilan urug’lar stansiyasiga jo’natiladi. Uchinchisi urug’ sarfini hisobdan chiqarish uchun buhgalteriyaga beriladi.

Urug’larning sifat ko’rsatkichlari va ularni aniqlash usullari O’zbekistonda daraxt va butalarning urug’larini yekish sifatiga davlat tizimining nazorati tashkil yetilgan va amalga oshiriladi. Bu ishni o’rmon urug’lari stansiyasi amalga oshiradi. Bu stansiya o’rmon xo’jaligi korxonalariga hamda yekish uchun urug’ tayyorlaydigan boshqa xo’jaliklarga xizmat qiladi.

Laboratoriya analizlariga asosan o’rmon urug’lar stansiyasi tomonidan urug’larga «Urug’larning kondisionligi haqida guvohnoma», «Urug’lar analizining natijalari» yoki ma’lumotnoma beriladi.

Urug’larni yig’ib terib olish bilan yekish oralig’idagi muddat bir necha kun, oy va yillarga ham cho’zilishi mumkin. Ignabarglilar birinchi yili kuzigacha saqlanishi qisqa muddatli saqlanish hisoblanadi. O’rmon urug’lari maxsus urug’ saqlash omborlarida uzoq muddat saqlanadi.

O’rmon xo’jaligi korxonalarini kam hosilli va hosilsiz yillari urug’ bilan ta’minlash maqsadida rezerv fondi tashkil yetiladi. Bunday urug’lar sifati va namligini laboratoriyada aniqlash mumkin bo’lgan maxsus omborlarda saqlanadi. Rezerv fond har uch yilda almashtiriladi.

Urug’larni saqlashda ulardagi hayot faoliyatini to’xtatishga qaratilgan sharoit yaratilishi zarur. Urug’lar doimiy o’zgarmas belgilangan harorat va namlik ta’minlangan omborlarda saqlanishi tavsiya yetiladi.

Urug’larni ekishga tayyorlash. Urug’larni yekishga tayyorlashning fizik, kimyoviy, fiziologik usullarga mavjud. Ularni amalda qo’llash yesa belgilangan urug’lar turlaridagi turg’unlik shakliga bog’liq.

Fizik usul - bu urug’ qobig’ini to’liq olib tashlash va unga mexanik ta’sir ko’rsatishi (skorifikasiya, impaksiya) turlicha termik ishlov berishlar va yuvishdir.

Kimyoviy usul - meva yoki urug’larni kuchli ta’sir yetuvchi kislotalar, ishqorlar va boshqa moddalar (mikroelementlar, stimulyatorlar) bilan urug’lar qobig’ining o’tkazuvchanlikni oshirishdir.

Fiziologik usul - bu zarodish holatiga ta’sir yetish. Bu usul biologik aktiv diapozondan harorat, yorug’lik, havo tartibining uzoq muddat tayyorlash, hamda o’sish stimulyatorlari bilan ishlov berishga asoslangan.

Urug’lar maxsus yashiklarda yoki transheyalarda stratifikasiyalanadi. Alohida hollarda urug’lar qalin bo’lmagan gazlamalardan tayyorlangan xaltalarda qor tagida yoki poliyetilen xoltalarda xonalarda xolodilniklarda stratifikasiyalanadi.

Stratifikasiyalash uchun substrat sifatida diametri 3-4 mm bo’lgan toza va quruq torf yoki yirik (0,25 mm dan yuqori) zarrachasi qumdan faydalaniladi.

YAshiklarda urug’lar stratifikasiyalanganda yashiklarni ko’chirib qo’yish va havo almashini uchun qulay qilib tayyorlanadi. YAshiklar balandligi 30-35 sm bo’ladi. Oldindan ivitilgan urug’lar torf yoki qum zarrachalari bilan 1:3 nisbatda aralashtiriladi (bir qismi urug’ va 3 qismi qum yoki torf) va yashiklarga joylanadi, 2-3 kun davomida suv sepib turiladi. Keyinchalik qayta aralashtiriladi va suvi sergitiladi. Yaxshi ayerasiya uchun optimal namlik 60 % da ushlab turiladi.

Uzoq muddat stratifikasiyalanadigan urug’lar 2-3 oyda bir marotaba qayta aralashtiriladi, zarurat bo’lganda suv sepiladi.

Urug’larni odatdagi stratifikasiyalardan tashqari tezkor stratifikasiya usullari mavjud: oldin issiq suvda ivitish, haroratni ko’tarish, yuqori va past harorat bilan almashlab ishlash, mexanik va kimyoviy ta’sir yetish, urug’larni stimulyatorlar bilan ishlash va boshqalar.


Yüklə 193,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə