Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix20.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#118192
1   2   3   4   5   6
qarshiyev-a.b.-karimov-s.a.-tursunov-m.s.-ozbek-tili-milliy-korpusining-dasturiy-taminot-strukturasi-va-vazifalari (1)

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 
Vol. 1 
 
№. 01 (2022)
 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
87 
Matndagi so‘zlarning turli ro‘yxatlarini tuzish 
Bu yerda maqsad – matnning lug‘atga kiritilishi lozim bo‘lgan birliklarini 
(so‘zlar, so‘z shakllari) ajratib olish, ularning ro‘yxatini qilish va ro‘yxatni 
foydalanuvchi talabi bilan turli shakllarda (alfavit-chastotali tartibdagi, chastota-
alfavit tartibdagi va ters ro‘yxat) taqdim etish. 
Gram_Lugat
dasturning bu vazifani 
bajarishga mos moduli
Suz_Rhati
deb nomlanib, uning kirishida matndan ajratilgan
tokenlar ro‘yxati bo‘lsa, chiqishida so‘z va so‘z shakllarining tartiblangan ro‘yxati 
bo‘ladi. Bu ro‘yxatni shakllantirish uchun dastur gramatik lug‘at fayli 
LUGAT
dan 
foydalanadi. Kirishda berilgan har bir token mavjud mavjud 
LUGAT
fayldan izlab 
ko‘riladi. Agar token lug‘atdan topilsa, demak, uni lug‘atga kiritish zaruriyati yo‘q, 
tashlab yuborish mumkin. Aks holda, ya’ni token lug‘atdan topilmasa, u so‘z yoki 
so‘z shakli ekanligi tekshiriladi. So‘z yoki so‘z shakli bo‘lgan tokenlar alohida 
ro‘yxatga kiritiladi. Bu ro‘yxat foydalanuvchi talabiga mos holda, yo alfavit-
chastotali tartibda, yo chastota-alfavit tartibda, yo ters ro‘yxat shaklida saralanadi va 
ekranga chiqariladi. 
So‘zlarni grammatik lug‘atga kiritish 
Bu vazifani bajaruvchi dasturiy modul 
Lug_Kirit 
deb nomlangan. Lug‘atga 
yangi birlik kiritish foydalanuvchi tomonidan interaktiv rejimda amalga oshiriladi. 
Bu jarayonni
Lug_Kirit 
dasturi ta’minlaydi. Kompyuter ekranida 
Suz_Rhati
dasturi 
tomonidan chiqarilgan ro‘yxat mavjud va unda bitta so‘z boshqa rang bilan ajratib 
ko‘rsatilgan. 
Lug_Kirit 
dasturi yordamida foydalanuvchi ro‘yxat bo‘yicha 
harakatlanib, joriy so‘zni tanlaydi va “
Enter
” tugmasini bosadi. Natijada ekranda 
kiritish oynasi paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi bu oynada so‘ralgan ma’lumotlarni 
klaviaturadan terib kiritadi va “
Bazaga kiritish
” tugmasini bosadi. Shunda tanlangan 
so‘z va unga mos kiritilgan grammatik xarakteristikalar jamlanib, elektron lug‘at 
fayli 
LUGAT
ga va boshqa yordamchi fayllarga yozib qo‘yiladi. Shundan so‘ng 
foydalanuvchi ro‘yxatdan navbatdagi so‘zni tanlaydi va bazaga kiritadi. Shu tariqa, 



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə