Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129436
1   2   3   4   5   6   7
raxmonova-m.a.-ozbek-tilidagi-sodda-gaplar-uchun-sintaktik-parsing-modeli

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 
Vol. 1 
 
№. 01 (2023)
 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
108 
zanjir – so‘zshakllarning o‘zaro ma’lum bir grammatik munosabatlarda 
bog‘lanishidir. So‘zshakl yoki grammatik so‘z leksemaning o‘ziga biriktirishi 
mumkin bo‘lgan grammatik shaklda kelishidir. Shunday qilib, gapning sintaktik 
tuzilishi so‘z shakllarning o‘zaro sintaktik bog‘langan zanjiridan tashkil topadi [1; 
78]. 
M.Abjalovaning ko‘rsatishicha, sintaktik tahlil moduli (STM) sintaktik tahlil 
qilish dasturi yoki lingvistik dasturning sintaktik tahlilni amalga oshirishga 
mo‘ljallangan qismi. Bugungi kunda avtomatik STMlarini yaratish kompyuter 
lingvistikasining dolzarb masalalaridan hisoblanib, buning yechimi turli amaliy 
maqsadlarni yuzaga keltirish uchun til sistemasini formallashtirishda yuqori sifatli 
natijalar imkonini beradi: til va nutq birliklarini avtomatik tekshirish sistemasini 
yaratish, Internetning qidiruv sistemasini mukammallashtirish shular jumlasidandir. 
Sintaktik tahlildan maqsad sintaktik strukturalar va sintaktik bog‘lanish me’yorlarini 
kuzatishdir, biroq barcha tillarda ham STM yaratish murakkab ish hisoblanadi
chunki amaliy tilshunoslikda yetarlicha nazariy va amaliy tadqiqotlar mavjud emas; 
til va nutq birliklarining sintaktik bog‘lanishi individual xilma-xillikka ega [1; 82]. 
Har bir tilning sintaktik analizatori (parser) o‘sha til tabiati va qonuniyatlariga 
binoan yaratiladi. Parser ishi so‘zlar kategoriyasi (turkumlar) ma’lumotlari bazasiga 
asoslanadi va asosiy vazifasi ayrim tillarda jumlada gap boʻlaklarini aniqlash (mas., 
rus tilida) hisoblansa, muayyan tillarda, masalan, ingliz tilida N.Xomskiy 
nazariyasiga asosan otli guruh va fe’lli guruh tarzida generativ tahlil qilinadi[1; 88-
89].
Quyida A.Leonteva va I.Kagirovlar tomonidan ishlab chiqilgan analizator 
dasturi blok-sxemasi berilgan. Bunda gaplarni sintaktik tahlil qilish bosqichlari 
keltirilgan. 



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə