Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129436
1   2   3   4   5   6   7
raxmonova-m.a.-ozbek-tilidagi-sodda-gaplar-uchun-sintaktik-parsing-modeli

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 
Vol. 1 
 
№. 01 (2023)
 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
109 
1-chizma. A.Leonteva va I.Kagirovlar tomonidan analizator dasturi blok-sxemasi[6] 
Kirish faylni oddiy gaplar tashkil etadi. Vazifalarni taqsimlovchi 
ma’lumotlarni tahlil qiluvchiga uzatadi. Ishlov berish blokida gaplar so‘zma-so‘z 
qayta ishlanadi. Asl so‘z shakli morfologik tahlil blokiga topshiriladi, unda 
o‘zaklarning barcha mumkin bo‘lgan variantlari va unga mos keladigan grammatik 
ko‘rsatkichlar tanlanadi. Har bir gap so‘zma-so‘z o‘qiladi, shundan so‘ng so‘z shakli 
morfoanalizatorga kiritiladi. Natijada barcha mumkin bo‘lgan o‘zaklar va tegishli 
grammatik ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Agar berilgan so‘z shakliga faqat bitta asos mos 
kelsa, u gipotezalarni qurish tartibiga kiradi. Gap qismiga va grammatik 
ko‘rsatkichlarga ko‘ra tegishli sintaktik guruh ajratiladi. Dastlabki ishlovdan so‘ng 
so‘z shakli gipoteza yaratish birligiga kiradi. Ushbu blok asosiy hisoblanadi. Uning 
kiritilishi so‘z shaklidir. Bu gapdagi birinchi so‘z bo‘lsa, nutqqa mos ravishda 
sintaktik guruh aniqlanadi. Shunday qilib, morfologik va sintaktik noaniqlik tufayli 
bir gap uchun bir nechta farazlar tuzilishi mumkin. Bundan tashqari, bu farazlar 
noto‘g‘ri gipotezalarni tekshirish blokiga kiradi. Ushbu blokda tekshirishning ikki 
darajasi mavjud. Birinchi bosqichda sintaktik guruhlarning bir gap doirasidagi 
kelishiklari tekshiriladi. Chiqarish fayli gaplar ro‘yxati bo‘lib, ularning har biri 
sintaktik guruhlarga bo‘linadi. Agar gapda lug‘atda mavjud bo‘lmagan so‘z bo‘lsa, u 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi [3; 399]. 
Sintaktik tahlilda jumla elementlarining sintaktik munosabatlari aniq belgilab 
qo‘yilgan sintaktik daraxt, ya’ni tobelik daraxtiga asoslaniladi. Masalan: 
Mening 
onam non pishirdilar
jumlasi quyidagicha tobeli qismlarga ajratilib, turkumligi 
bo‘yicha tahlil qilinadi: 



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə