Kompyuter tizimlari


Kiritish-chiqarish portlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə38/94
tarix24.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160599
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияла-hozir.org

Kiritish-chiqarish portlari

Protsessor tashqi ta’sirlarni (boshqaruv signallari) kiritish portlari orqali qabul qiladi. Mikroprotsessorli tizimga periferiya qurimlaaridan birini ulashga xizmat qiladigan interfeys qurilma – port deb ataladi. Sodda holatda, port protsessorni mikrosxema tarkibidagi periferiya qurilmalari (taymer, komporatorlar, axborotni ketma-ket uzatuvchi kanallar, uzilish tizimi, AROʻ va x.k.) bilan bogʻlovchi registrdir. Shuningu chun ular kiritish-chiqarish registrlari deb ataladi. Tashqi qurilmalar bilan axborot almashinish uchun yyetarlicha murakkab boʻlgan elektron sxemalar qoʻllanialdi. Ular turlicha ish rejimlariga ega bshlib, dasturchi dasturiy yoʻl bilan ma’lumotlarni uzatish yoʻnalishini tanlash imkoniyatiga ega. Aynan shular kiritish-chiqarish portlari deb ataladi. Portlarning soni turli mikrokontrollerlarda turlicha boʻladi. Koʻp sonli mikrokontrollerlarda barcha portlar sakkiz razryadli qilib bajarilgan. Berilgan dasturga asosan boshqaruv signallari qayta ishlab boʻlingach protsessor chiqarish portlari yordamida tashqi qurilmalarni (rele, motorlar, yoritiluvchi indikatorlar, displeylar va boshqalar) boshqaradi.



Protsessor va raqamli shinalar

MPQ xotira, kiritish-chiqarish portlari va periferiya qurilmalarini boshqaradi. Buning uchun u MKning barcha elementlari bilan uchta raqamli shinalar: adres, ma’lumotlar va boshqaruv shinalari orqali bogʻlangan. Eslatib oʻtamiz, shina – raqamli signal uzatiladigan parallel oʻtkazgich simlar majmui. Bu oʻtkazgichlar shinalar liniyasi deb ataladi. Har vaqt momentida shina orqali bitta ikkilik son, har bir liniyadan esa, shu sonning bitta razryadi uzatiladi.



Ma’lumotlar shinasi ma’lumotlarni mikroprotsessordan periferiya qurimalalriga, hamda teskari yoʻnalishda uzatish uchun moʻljallangan. Sodda mikroprotsessorlarda ma’lumotlar shinasi 8 razryadga ega. Ma’lumotlar shinasi orqali protsessor axborotni xotiraning alohida bitta yacheykasiga, yoki alohida kiriti-chiqarish portiga yozishi ish hamda bu axborotni bitta yacheyka yoki bitta portdan oʻqishi mumkin.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə