Kompyuter tizimlari va tarmoqlari


Amaliyot mashg‘ulotlar va laboratoriya



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə20/26
tarix23.09.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#123561
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari

3.Amaliyot mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarini bajarish uchun tavsiyalar

Tarmoqli Netwape operatsion sistemasi.


Novell firmasi turli tarmoq dasturlarini yaratish va sotish bilan ko‘pdan beri mashg‘ul. Ulardan eng ommaviysi tarmoqli Netwape operatsion sistema-laridir. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha LKT larning deyarli yarmidan ko‘prog‘i ushbu firmaning turli ko‘rinishdagi maxsulotidan foydalanmoqda. Mazkur tarmoqlarning o‘ta tezkorligi, turli apparat vositalari bilan ishlay olishi, ma’lumotlarni himoya qilish qobiliyati firmaga shuxrat keltirdi. Biroq ushbu operatsion sistemalar juda qimmat turadi, shuning uchun ham undan chog‘roq LKTlarida foydalanishadi. Buning ustiga Netwape OS ni o‘rnatish va boshqarish etarlicha murakkab. Tarmoq ishini boshqarish fayl-server bilan amalga oshiriladi. U fayllar va printerlarga ishchi stantsiyalar orqali kirishni amalga oshiradi. Netwape operatsion sistemasi fayl-serverda saqlanuvchi bitta fayldan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkonini beruvchi dastlabki operatsion sistemasi bo‘ldi. Bunda MTDda yozilgan fayl- serverning tuzilishi oddiy MTD ishchi stantsiyasidan keskin farq qiladi. Masalan, Netwape OS dagi fayllar "faqat o‘qish uchun", "yopiq" va "arxiv" oddiy atributlariga ega bo‘lar edi. Endi esa, "bo‘linmas" yoki "bo‘linuvchi" kabi qo‘shimcha atributlar paydo bo‘ldi. Buning ma’nosi shuki, ko‘rsatilgan faylga bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchi kira olishi yoki yo‘qligini anglatadi. Bundan tashqari, xar bir faylda uning yaratilish sanasi, muallifi ko‘rsatiladi. Faylga oxirgi marta murojaat sanasi, oxirgi tuzatish kiritilgan vaqt, oxirgi arxivlashtirish sanasi ko‘rsatilgan bo‘ladi.


Katalog (papkalar) bilan ishlashda foydalanuvchilar quyidagi xuquqlarga
ega:

Bunday sistemada barcha fayllar fayl-serverlarda saqlanadi. Biroq aloxida fayllarga kirish, masalan noyob axborotlarni olish chegaralanadi, ya’ni ular bilan ishlash uchun aloxida mutaxassislarga ruxsat beriladi. Ma’lumot saqlashga doir quyidagi qo‘shimcha choralar qo‘llaniladi:

  • LKTga ruxsatsiz kirishdan himoyalanish uchun turli nom va foydalanuvchi parollaridan foydalanish yoki foydalanuvchilarga kunning ma'lum vaqtida ma'lum nom bilan kirish;

  • kirish xuquqi sistemasi, ya’ni ishchi fayl va kataloglar ustida bajariladigan ishlarning ma'lum ketma-ketligi;

Tarmoqda foydalanuvchilar qanday operatsiyalarni bajarishini aniqlaydigan fayl va kataloglar atributi sistemasi.
Hamma foydalanuvchi o‘z mas'uliyati va bajarayotgan ishiga qarab, bir nechta guruxga bo‘linadi. Ular quyidagilar:

  • oddiy foydalanuvchi (o‘z xuquqiga ko‘ra turli dastur va fayllardan foydalanishi mumkin);

  • operator (masalan, fayl serveri operatori yoki chop etish serveri operatori bevosita o‘ziga tegishli qurilmani boshqaradi);

-menejerlar(gurux raxbarlari-yangi foydalanuvchi-larni kiritadi va ularning xuquqlarini himoya qiladi);

  • LKT supervizorlari (tarmoqning bir me'yorda ishlashini ta’minlaydi). Netwape operatsion sistemasining bir necha avlodi mavjud.

Birinchi operatsion sistema (ELS Netwape) chekli imkoniyatga ega bo‘lib, bor-yo‘g‘i 8 nafargacha mijozga xizmat qilgan. Advaned Netwape 2.x yangi tarmog‘i esa 100 nafar mijozga xizmat ko‘rsatdi, biroq bitta server bilan ishlash mumkin edi.
Navbatdagi avlod bir yo‘la 250 mijozga xizmat ko‘rsatib, Netwape 386 3.x deb nomlandi. Bu avlodda bir necha serverlar ishlatildi. Aynan tarmoqning ushbu avlodi o‘rta masshtabdagi LKT yaratish imkonini berdi. Operatsion sistemalarning to‘rtinchi avlodi katta, ko‘p serverli tarmoqqa mo‘ljallangan, bu Erda xar bir server 1000 ga yaqin foydalanuvchiga xizmat qilishi mumkin. Bunday operatsion sistemalarda ma’lumotlarning kuchli himoyasi mijozlar ishini nazorat qilish hamda tarmoqni boshqarishni takomillashtiradi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə