Kompyuter tizimlari va tarmoqlari


Tarmoq resurslariga (papkalar, fayllar, printerlar) kirishning asosiy usullari



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə22/26
tarix23.09.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#123561
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari

Tarmoq resurslariga (papkalar, fayllar, printerlar) kirishning asosiy usullari.


"Tarmoqlararo bog‘lanish" ob’ekti tarmoqdagi hamma ob'ektlarni ko‘rish imkonini beradi. Buning uchun "sichqoncha" tugmasini mazkur belgi ustida ikki marta xarakatlantirish darkor. "Tarmoqlararo bog‘lanish" muloqot oynasida tarmoqning barcha ishtirokchilari paydo bo‘ladi (boshqachasiga ularni mijozlar deb ham yuritiladi).


Agar tarmoq oynasida faqat bitta "Hamma tarmoq" ob’ekti xosil bo‘lsa, u xolda hamma tarmoq "mijozlari"ni ko‘rib chiqish uchun "sichqoncha"ning chap tugmasi "Hamma tarmoq" bo‘ylab xarakatlantiriladi, keyin ishchi guruxingiz nomi yozilgan ob'ekt ochiladi. Agar "Hamma tarmoq" ob’ekti ochilganda ham muloqot oynasida xech qanday o‘zgarish sezilmasa, u xolda Siz tarmoq parolini kiritmagan yoki kompyuterni tarmoqqa noto‘g‘ri sozlagan bo‘lishingiz mumkin.
WINDOWS XP OS lokal tarmog‘ida ishlashning asosiy qoidalari:

  • xar qanday "Tarmoqlararo bog‘lanish" ob’ekti "sichqoncha"ning chap tugmasi orqali amalga oshiriladi;

  • ta’kidlangki, "Tarmoqlararo bog‘lanish" ob’ekti yordamida boshqa kompyuterlardan axborot olish xuquqiga umumiy resurslar - printerlar, papkalarni yaratish asosida ega bo‘linadi.

Tarmoqdagi kompyuterlarda umumiy papkalarni yaratish foydalanuvchiga tarmoqda fayl va papkalarni almashish imkonini beradi.
UMUMIY papkani yaratish jarayoni:

    1. "Mening kompyuterim" ob’ektini oching yoki "Yo‘l boshlovchi" dasturini ishga tushirib, papkani tanlang.






    1. Ushbu papkadan "Kontekst" menyusini chaqirib, "Xususiyat" punktini tanlang.





    1. "Kirib ko‘rish" ilovasidan "Umumiy resurs" parametrini tanlang. Agar "Kirib ko‘rish" ilovasi yo‘q bo‘lsa, resurslarga kirishga ruxsat yo‘q, degan ma’noni bildiradi.



    1. Bu Erda umumiy papkaga ham kirish turini tanlash mumkin. Buning uchun quyidagi uch parametrdan biri tanlanadi:

  1. "Faqat o‘qish"- umumiy papka mazmunini faqat ko‘rish mumkin. "O‘qish uchun parol" qatorida parolni tarmoqdan faqat hamma kompyuterlarga kirish imkoni, ya’ni ular ham umumiy papkani ko‘rish imkoni tug‘ilganda o‘rnatish mumkin;

  2. "To‘liq"- umumiy papka mazmunini nusxalash, chiqarib tashlash va boshqa ishlarni qilish mumkin. "To‘liq kirish uchun parol" qatoriga parolni hamma tarmoqdagi kompyuterlar bir hil imkoniyatga ega bo‘lganda kiritish mumkin;

v) "Parol bilan aniqlanadi"-kiritilgan parolga bog‘liq umumiy papka mazmunini yoki ko‘rish (o‘qish uchun parol) yoki papka mazmuni ustida hamma operatsiyani bajarish mumkin (to‘liq kirish uchun parol).

    1. OK tugmasi bosiladi.

Bu Erda shuni ta'kidlash lozimki, umumiy papka belgisi oddiy papka belgisidan farq qiladi.
Papkadan tashqari, axborotlarni uzoq saqlash qurilmasi diskyurituvchi, "vinchester" (qattiq disk), DD (lazer disklar uchun disk yurituvchi), printerlarni ham umumiy qilish mumkin. Bunda ham jarayon umumiy papkani xosil qilish kabi kechadi, faqatgina "Mening kompyuterim" ob’ektida qurilma kontekst menyusi chaqiriladi.
Axborotlarni uzoq vaqt saqlash qurilmalariga umumiy kirishni o‘rnatish diskdagi xoxlagan fayl yoki papkaga murojaat etish imkonini beradi.
Biz ilgari aytganimizdek, faqat papka, disklarni foydalanuvchilar uchun umumiy qilish mumkin, balki printerlarni ham umumiy qilish mumkin. Bu Erda foydalanuvchi o‘z kompyuteriga ulangan printernigina umumiy qila oladi.
Printerni umumiylashtirish jarayoni:

  1. "Ishga tushirish" menyusidan "Sozlash" menyusini tanlang;

  2. "Sozlash" menyusidan "Printerlar" menyusini tanlang;



  1. "Printerlar" muloqot oynasida "sichqoncha"ning chap tugmasini umumiy printer belgisi bo‘ylab xarakatlantiring;






  1. "Fayl" menyusini oching va "Kirib ko‘rish" punktini tanlang;

  2. Kompyuterning xossasi: muloqot oynasidan "Umumiy resurs" ni tanlang;



  1. "Nom" qatoriga tarmoq printer nomini yozing (nom "Tarmoq atrofi ob’ekti"da paydo bo‘ladi);

  2. "Sharx" qatorida printer modelini ko‘rsatish mumkin;

  3. "Parol" qatorida parol ko‘rsatiladi, shundan keyingina Sizning printeringizga kirish imkoni tug‘iladi;

  4. OK ni bosing.

Kompyuter tarmog‘ida fayllar va papkalarni nusxalash yoki xarakatlantirish. Bu Erda shuni ta'kidlash joizki, tarmoq bo‘ylab axborotlarni almashish uchun albatta umumiy papkalar tarmog‘i bo‘lishi, ya’ni xar bir kompyuterda bir necha yoki xech bo‘lmaganda bitta umumiy papka yoki axborotlarni uzoq muddat saqlovchi qurilma bo‘lishi kerak.
Tarmoqni boshqa kompyuterga nusxalash (xarakatlantirish) jarayoni. ("Tarmoqlararo bog‘lanish" ob’ektini qo‘llab).

  1. Nusxalash lozim bo‘lgan fayl yoki papkani ajratib olish.

  2. Papka yoki faylning kontekst menyusini chaqirish.

  3. "Nusxalash" buyrug‘i yoki fayl va papka uchun "Qirqish" (xarakatlanish uchun)ni tanlash.

  4. "Tarmoqlararo bog‘lanish" ob’ektini ochish.

  5. Papka yoki fayl qaerga nusxalansa, o‘sha Erda "sichqoncha"ni belgi bo‘ylab xarakatlantirish.

  6. Umumiy papkani ochish (agar u mavjud bo‘lsa).

  7. "Fayl" menyusida o‘rnating buyrug‘ini tanlang.




Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə