Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti, intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi



Yüklə 176,33 Kb.
səhifə2/7
tarix25.04.2023
ölçüsü176,33 Kb.
#106831
1   2   3   4   5   6   7
1-Ma\'ruza “Axborotga ishlov berish va algoritmlash” faniga kirish

Sanitariya-gigiyena talablari
Kompyuterda ko‘p ishlash, ya'ni uning oldida ko‘p o‘tirish insonning ko‘zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ko‘ra, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir:
Talabaning ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko‘zni qamashtirmaydigan bo‘lishi kerak.
Xonadagi havo harorati o‘rtacha 20-24 daraja oralig'ida bo‘lishi lozim.
Talabalarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 40 minutdan, bir kun davomida esa 240 minutdan oshmasligi kerak.
Talaba kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o‘tirishi kerak.
Kompyuter xonasida o‘tkazilayotgan dars jarayonida talabalarning tana mushaklarida va ko‘zlarida zo‘riqish hosil bo‘lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda kursida o‘tirgan holda qo‘l va bo‘yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
Ko‘z va tana uchun jismoniy mashqlar
Ko‘z uchun:
Mashqlar o‘tirgan yoki turgan holda kompyuter ekraniga qaramasdan bajariladi.
1-4 hisobda ko‘z mushaklarini tarang tortib, ko‘zni yuming, 1-6 hisobda ko‘z mushaklarini bo‘sh qo‘ying, ko‘zni oching (4-5 marta takrorlanadi).
1-4 hisobda burun uchiga qarab turing. Bunda ko‘zni charchashgacha olib kelmang, ko‘zni yuming. So‘ngra 1-6 hisobda ko‘zni ochib, uzoqqa tikiling (4-5 marta takrorlanadi).
1-4 hisobda boshni burmasdan o‘ngga qarab turing. 1-6 hisobda to‘g'riga uzoq masofaga qarang. Bu mashq ko‘zni yuqoriga, pastga va chapga qaragan holda takrorlanadi. 1-6 hisobda qarashni diagonal bo‘yicha o‘ng yuqori burchakka, o‘ng past burchakka, so‘ngra 1-6 hisobda chap yuqori burchakka, chap past burchakka o‘tkazib, so‘ngra uzoqqa qarang (3-4 marta takrorlanadi).
Fanning asоsiy vazifasi – axborotga ishlov berish va algoritmlash fanidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, talabalarni turli xil dasturlash tillari algoritmlari bilan tanishtirish, algoritmlarni zamonaviy dasturlash tillari yordamida ifodalash va o‘quv jarayonlariga tadbiq etish usullarini o‘rgatish. Axborot tarqatishning huquqiy va axloqiy jihatlarini hisobga olgan holda axborotga mas’uliyatli munosabatni tarbiyalash, axborot texnologiyalaridan foydalanish malakalarini shakllantirish, turli boshqaruv faoliyatida axborot tizimlarini eng samarali qo‘llash shart-sharoitlari va yo‘nalishlarini o‘rganish, mehnat bozorida talab qilinadigan kasblarni yanada rivojlantirish bilan birga, kundalik hayotda, individual va jamoaviy loyihalarni amalga oshirishda, ishlab chiqarish faoliyatida AKT vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shaxsiy kompyuter va amaliy dasturlar paketlari bilan ishlash bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Kundalik turmushimizda biz axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma’lumotni tushunamiz. Tabiatni kuzata turib, insonlar bilan muloqotda bo‘lib, kitob va gazetalar o‘qib, televizion ko‘rsatuvlar ko‘rib biz axborot olamiz. Matematik-olim axborotni yanada kengroq tushunadi. U axborot qatoriga fikr yuritish orqali xulosa chiqarish natijasida hosil bo‘lgan bilimlarni ham kiritadi. Boshqa soha xodimlari ham axborotni o‘zlaricha talqin etadilar. SHunday qilib, turli sohalarda axborot turlicha tushinilar ekan. Lekin axborotlarning umumiy tomonlari ham borki, u ham bo‘lsa beshta muhim hossaga ega bo‘lishligidir. Bular axborotni yaratish, qabul qilish, saqlash, ishlov berish va uzatish xossalaridir.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, aktualligi, o‘z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste’mol sifat ko‘rsatkichlari bilan bog’liqdir.
a) axborotning reprezentativligi – ob’ekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to‘g’ri tanlash va shakllantirish bilan bog’liqdir.
b) axborotning mazmundorligi – semantik(mazmuniy) hajmini ifoda etadi.
v) axborotning yetarliligi (to‘laligi) - qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga (ko‘rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To‘g’ri qaror qabul qilish uchun to‘liq bo‘lmagan, ya’ni yetarli bo‘lmagan, xuddi shuningdek ortiqcha bo‘lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi.
g) axborotning aktualligi – axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o‘zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo‘lgan vaqtdan buyon o‘tgan vaqt oralig’iga bog’liq bo‘ladi.
d) axborotning o‘z vaqtidaligi – uning avvaldan belgilab qo‘yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
e) axborotning aniqligi –olinayotgan axborotning ob’ekt, jarayon, hodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
j) axborotning ishonarliligi – axborotning real mavjud ob’ektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi.
z) axborotning barqarorligi – axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o‘zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi.
Axborotga ishlov berish texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatikaning asosiy resursi – axborotdir.
Azaldan axborot deganda atrof – muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g’risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Keng ma’noda axborot- insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va sun’iy qurilmalar o‘rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko‘pchilik a’zolari axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatdir.
Rivojlanishning taraqqiyot bosqichlari rivojlangan sari, insonlarning axborot to‘plashi, qayta ishlashi va ularni uzatishi o‘zgarib borgan. Axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va ularni uzatish bosqichma-bosqich amalga oshirilgan.
I – bosqich. Yozuvning paydo bo‘lishi, saqlanishi va avloddan avlodga o‘tishidir. Yozuv paydo bo‘lishi bilan inson birinchi marta qayta ishlash texnologiyasidan quvvat oldi.
II - bosqich. (XVI) asr o‘rtalarida kitob bosib chiqarilishining yaratilishi bilan bog’ilk, ya’ni madaniyatning rivojlanishiga olib keldi. Kitob nashr etish fanning rivojlanishi bilan birga soha bilimlarining jadal rivolanishiga olib keldi. Mehnat jarayonida, stanoklarda, mashinalarda ishlash orqali orttirilgan bilimlarni yangi fikrlash manbai va ilmiy yo‘nalishlarga tadbiq etildi.
III - bosqich. (XIX) asr oxirlari. Elektr energiyasi paydo bo‘lishi bilan birga telefon, telegraf, radio orqali ko‘p miqdordagi axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyati yaratildi.
IV - bosqich. Axborot revalyutsiyasining bo‘lishi bilan xarakterlandi. Bu bosqichning boshlanishi XX asrning 40-yillariga, ya’ni universal EXM larning yaratilishi davriga to‘g’ri keldi. 70-yillarda axborot texnologiyasining yadrosi bo‘lgan mikrotexnlogiya va shaxsi Kompyuterlar yaratildi. Hisoblash texnikasining rivojlanishi evolyutsiyasida mikroprotsessor yo‘nalishi paydo bo‘ldi.
V – bosqich. (XX) asr oxiri. Boshqarishg tizimlarni osonlashtirish maqsadida axborot texnologiyalari qayta ishlandi. Axborotlarni mazmunli qayta ishlash negizida shunday algoritm va modellar borki, ular bizga boshqaruv tizimini o‘rganish imkoniyatini beradi. Kompyuterlarning paydo bo‘lishi – bu insoniyatning ulkan yutug’i hisoblanadi, Axborotlarni xotirasida yig’ib ularni tez qayta ishlash imkoniyatiga ega, lekin axborotlarni qayta ishlashdan maqsad nima ekanligini bilmaydi.
Beshinchi bosqichning asosiy mazmuni shuni bildiradiki, ya’ni nafaqat boshqarish faoliyatidagi effektning keskin ko‘tarilishi, balki undagi ishchi kuchlarining ortishi ham inobatga olindi. SHunday qilib texnologiyaning yangi turi – axborot texnologiyalari ma’lumotning va mahsulotning qaerdan kelishi bu axborot hisoblanadi.
Model so‘zi lotincha modulus so‘zidan olinib, o‘lchov, me’yor degan ma’nolarni bildiradi. Model deganda biror ob’ekt yoki ob’ektlar tizimining obrazi yoki namunasi tushuniladi. Masalan, Yerning modeli deb globusni, osmon va undagi yulduzlar modeli deb planetariy ekranni, har bir odamning modeli sifatida esa pasportidagi suratini olish mumkin.
Modellarni tanlash vositalariga qarab ularni uch guruhga ajratish mumkin:abstrakt, fizik va biologik.
Narsa yoki obektni xayoliy tasavvur qilish orqali formula va chizmalar yordamida o‘rganishda qo‘llaniladigan model abstrakt model hisoblanadi. Abstrakt modelni matematik model deb atasa ham bo‘ladi. SHuning uchun abstrakt modelni matematik va matematik-mantiqiy modellarga ajratiladi.
Fizik modellar o‘rganilayotgan ob’ektni kichiklashtirib yasash yordamida tadqiqot o‘tkazishda qo‘llaniladigan model hisoblanadi. Fizik modellarga ob’ektlarning kichiklashtirilgan maketlari, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va boshqalar misol bo‘ladi. Fizik modellardan samolyot, kema, avtomobil, poezd, GES va boshqa ob’ektlarni o‘rganish yoki ularni yaratishda qo‘llaniladi.
Biologik model turli tirik ob’ektlar va ularning qismlari – molekula, hujayra, organizm va boshqalarga xos biologik tuzilish, funktsiya va jarayonlarni modellashtirishda qo‘llaniladi. Biologik model odam va hayvonlarda uchraydigan ma’lum bir holat yoki kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko‘rish imkonini beradi.
Matematik model deb, o‘rganilayotgan ob’ektni matematik formula yoki algoritm ko‘rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funktsional bog’lanishga aytiladi.
Matematik model tuzish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – modelning asosiy ob’ektlarini bog’lovchi qonunlarni ifodalash.
Ikkinchi bosqich – modeldagi matematik masalalarni tekshirish.
Uchinchi bosqich – modeldan olingan nazariy natijalarni amaldagi kuzatish natijalariga mos kelishini aniqlash.
To‘rtinchi bosqich – o‘rganiladigan ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni jamlash, tahlil qilish va rivojlantirish.
«Axborot» so‘zi lotincha «information» so‘zidan olingan bo‘lib, biror ish holati yoki kishi faoliyati haqida ma’lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma’lumot, degan ma’noni anglatadi.
Asrlar davomida insonning faoliyati tabiatdagi o‘simliklar, hayvonlar, quyosh energiyasi kabi tayyor m ahsulotlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan inson faqat tayyor mahsulotlarni olishni o‘zlashtiribgina qolmasdan, tabiatga ta’sir qilishni ham o‘rgandi. Inson yerga ishlov bera boshladi, turli hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, ko‘paytira boshladi, zavod va fabrikalar, gidroelektrostansiyalar, temir-yo‘llar va kosmik trassalar qura boshladi. Natijada bir paytlar o‘rmon va dengizlar bilan qoplangan ona zam inim izda yangilanishlar paydo bo‘ldi. Akademik V.I.Vernadskiy uning nomini noosfera deb atadi.
Noosferani yaratish bilan birgalikda inson materiya turlari va xossalaridan ham foydalandi. Lekin bu jarayonning turli bosqichlarida materiyaning har bir kategoriyasi bir xilda o‘zlashtirilmadi. Dastlabki bosqichda moddani o‘zlashtirishga ko‘proq e'tibor qaratilgan bo‘lsa, keyinchalik energiyani o‘zlashtirishga va, nihoyat, axborotni o‘zlashtirishga imtiyoz berildi.
Fanda, ya’ni tabiatni o‘rganish, u to‘g‘risidagi bilimlarni to‘plash va umu mlashtirishda materiyaning ma’lum bir turining rivojlanishi bilan bog‘liq davrlar borligi ma’lum. Shu sababli noosferaning uchta tashkil etuvchilarini ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Bular:
texnosfera,
ergosfera,
infosfera.
Texnosferaning paydo bo‘lishi moddani o‘rganish bilan, ergosferaning paydo bo‘lishi energiyani o‘rganish bilan bog‘liq bo‘Isa, infosferaning paydo bo‘lishi axborotni o‘rganish bilan bog‘liqdir.
Texnosfera va ergosferani o‘rganish kimyo, fizika, matematika va boshqa fanlar orqali amalga oshiriladi.
Insoniyatning tabiatni o‘zlashtirish borasidagi tajriba va bilimlarni to‘plashi axborotni o‘zlashtirish bilan birgalikda kechadi. Aynan shu jarayon infosferaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Demak, infosferaning paydo bo‘lishi axborotni o‘rganish bilan bog‘liq ekan.
«Axborot» so‘zi lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoxud hodisa haqidagi ma’lumot ma’nosini anglatadi.
Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy obyektlar, shuningdek, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sirlardan, ya’ni jarayonlardan tashkil topgan. Sezgi a’zolari, turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalami hal etishda zarur va foydali deb topilsa, axborotga aylanadi. Demak, ma’lumotlarga u yoki bu sabablariga ko‘ra foydalanilmayotgan yoxud texnik vositalarda qayta ishlanayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yo yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kam darajaga keltirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Demak, amaliyotda foydali deb topilgan, ya’ni foydalanuvchining bilimini oshirgan ma’lumotlarnigina axborot deb atasa bo‘ladi.
Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, birovga ko‘rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq har bir telefon raqami qarshisiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo‘yilsa, avvalgi ma’lumot axborotga aylanadi.
Ma’lum vazifalami hal etish natijasida yangi ma’lumotlar - bilimlar, ya’ni tizimlashtirilgan haqqoniy yoki sinovdan o‘tgan xabarlar paydo bo‘ladi. Ular qonunlar, nazariyalar hamda tasavvur va qarashlarning boshqa majmuyi sifatida umumlashgan bo‘lgan. Keyinchalik bu bilimlar o‘zga vazifalami hal etish yoki oldingisini aniqlashtirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tarkibiga kiradi.
Inson o‘z hayotida tug‘ilgan kunidan (ta’bir joiz bo‘lsa, hatto ona qormda dastlab paydo bo‘lgan kundan) boshlab doimo ma’lumotlar bilan ish ko‘radi. Ularni o‘zining sezgi a’zolari orqali qabul qiladi.
Kundalik turmushda axborot deganda atrof-muhitdan (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a’zolari orqali qabul qilib, anglab olinadigan har qanday ma’lumot tushuniladi. Tabiatni kuzata turib, insonlar bilan muloqotda bo‘lib, kitob va gazeta o‘qib, televizion ko‘rsatuvlarni ко‘rib axborot olamiz. Matematik olim axborotni yanada kengroq tushunadi. U axborot qatoriga fikr yuritish orqali xulosa chiqarish natijasida hosil bo‘lgan bilimlami ham kiritadi. Boshqa soha xodimlari ham axborotni o‘zlaricha talqin etadilar. Shunday qilib, turli sohalarda axborot turlicha tushunilar ekan. Lekin axborotlarning umumiy tomonlari ham borki, bu ularning beshta muhim xossaga ega bo‘lishidir. Bular axborotni yaratish, qabul qilish, saqlash, ishlov berish va uzatish xossalaridir.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, aktualligi, o‘z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste'mol sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir. Chunonchi:
a) axborotning reprezentativligi - obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadida uni to‘g‘ri tanlash va shakllantirish bilan bog‘liqdir;
b) axborotning mazmundorligi - semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi;
d) axborotning yetarliligi (to‘laligi) - qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga (ko‘rsatkichlar jamlam asiga) ega ekanligini bildiradi. To‘g‘ri q aror qabul qilish uchun yetarli bo‘lmagan, shuningdek, ortiqcha bo‘lgan axborot ham foydalanuvchi qabul qilgan qarorlar samaradorligini kamaytiradi;
e) axborotning aktualligi - axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va xususiyatlari o‘zg arish i dinam ikasi hamd a ushbu axborot paydo bolgan vaqtdan buyon o‘tgan vaqt oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi;
f) axborotning o‘z vaqtidaligi - uning avvaldan belgilab qo‘yilgan vazifani hal etish vaqti b ilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi;
g) axborotning aniqligi - olinayotgan axborotning obyekt, jarayon, hodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi;
h) axborotning ishonarliligi - axborotning real mavjud obyektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi;
i) axborotning barqarorligi - axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o‘zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi.
Axborotga ishlov berish texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatikaning asosiy resursi - axborotdir.
Azaldan axborot deganda atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Keng ma’noda axborot - insonlar o‘rtasida ma’lumot ayirboshlash, odamlar va sun’iy qurilmalar o‘rtasida signal ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
Ma’lumki, jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilaming turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Demak, axboriy jarayonlar ko‘p qirrali jarayon ekanligi ayon bo‘lmoqda.

Yüklə 176,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə