Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti, intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi



Yüklə 176,33 Kb.
səhifə5/7
tarix25.04.2023
ölçüsü176,33 Kb.
#106831
1   2   3   4   5   6   7
1-Ma\'ruza “Axborotga ishlov berish va algoritmlash” faniga kirish

Axborotni kodlashtirish. Axborotni xabarga aylantirish usullaridan biri - uni moddiy tashuvchi vositaga yozish. Bunday yozish jarayoni kodlashtirish, deb yuritiladi.
Agar kompyuter texnikasidan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy tashuvchilardan foydalanilsa, u holda ma’lumotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Bunday holda axborotni saqlash, qayta ishlash, uzatish va kiritishni avtomatlashtirish maqsadida uni shartli belgilarga aylantirish axborotlami kodlashtirishni anglatadi.
Ma’lumotlar. Axborot iste’molchiga yetib borguncha bir qator o‘zgarishlarga uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabaming mohiyatiga ko‘ra xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi, natijada «axborot» tushunchasi nisbatan cheklangan «ma’lumotlar» tushunchasi bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham ma’lumotlarni axborotning kompyuterdagi tasviri deb aytish mumkin.
Ma’lumotlar bir-biri bilan o‘zaro bogMangan dalil va raqamlar, fikrlar to‘plamini ifodalaydi. Axborot va ma’lumotlar o‘rtasidagi farq ta’kidlanmaydigan hollarda ular sinonim sifatida ishlatiladi.
Hujjat, hujjat aylanishi. Axborot tizimi doirasida har qanday tashkilot hujjat va hujjat aylanishi ishiga duch keladi. Hujjat - bu ma’lum qoidaga ko‘ra rasmiylashtirilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan qog‘oz, ovoz yoki elektron shakldagi axborotdir. Hujjat aylanishi - hujjatlami yaratish, izohlash, uzatish, qabul qilish va arxivlashtirish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish hamda ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash tizimidir.
Axborot jihatlari. Axborotni uchta asosiy jihatdan, ya’ni, pragmatik, semantik va sintaktik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish mumkin. Axborotni aynan shu jihatdan ко‘rib chiqish avttomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Pragmatik jihat axborotlarni amaliy jihatdan foydaliligi, iste'molchi uchun qanchalik qimmatli ekanligi va qaror qabul qilishdagi ahamiyati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqadi. Axborotni pragmatiko‘rganish boshqaruvning turli darajalarida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar tarkibini aniqlash, ko‘rsatkichlar va hujjatlaming unifikatsiyalashtirilgan tizimini ishlab chiqish imkonini beradi.
Semantik jihat axborotlarni o‘rganishda axborotning mohiyatini ochish va uning elementlarining mazmuniy ahamiyati o‘rtasidagi munosabatlami ko‘rsatish imkonini beradi.
Ushbu jihat axborot qismlari o‘rtasidagi bog‘liqliklarni ko‘rib chiqadi. Mazkur darajada axborot majmuyining tashkil bo‘lish qonuniyatlari (rekvizitlardan ko‘rsatk ichlar, ko‘rsatk ichlard an hujjatlar shakllantirish) tadqiq etiladi. Axborotning miqdoriy bahosi ma’lum darajada axborotning shakllanish jarayonini bayon etish, hujjatlar harakatlanishining oqilona yo‘nalishini hamda ularni qayta ishlashning texnologik variantini tanlash imkonini beradi.
Xullas, axborotni turli jihatlardan o‘rganish ularning tartibi va tarkibini, paydo bo‘lish qonuniyatini, hajm, vaqt va sifat jihatidan tavsifini (to‘liqligi, ishonchliligi, eskirmaganligi, aniqligini) aniqlash, shuningdek, axborot olish, qayta ishlash, himoya qilish imkonini beradi.

Yüklə 176,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə