Kon lahimlarini o‘tkazish reja


Ankerli mustahkamlagichlarning asosiy vazifalari



Yüklə 29,92 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü29,92 Kb.
#147232
1   2   3   4   5
KON LAHIMLARINI

Ankerli mustahkamlagichlarning asosiy vazifalari
• lahim bevosita shipining kuchsiz jinslarini asosiy shipning eng qattiq
jinslariga birlashtirish;
• qatlamli jinslarni egilishning yuqori qarshiligili yagona yuk ko‘taruvchi
tuzilmasiga biriktirish;
• jinslar qavati o‘rtasida ishqalanish kuchini oshirish;
• lahim shipida cho‘ziluvchan kuchlanishlarni qabul qilish.
Ko‘pincha bu vazifalar, lahimni kon bosimining turlicha namoyon
bo‘lishlaridan ishonchli himoyalanishini ta’minlab, bir vaqtda bajariladi.
Ko‘pgina kon qazib olish korxonalarida ankerli mustahkamlagich kon
lahimlarining boshqa turdagi mustahkamlagichlarini siqib chiqaradi.
Katta kesimli lahimlarda ankerli mustahkamlagichdan foydalanish eng
samaralidir. Ankerli mustahkamlagichlarning har xil turlari mavjud
Ankerli mustahkamlakich turlari va ankerlarni mustahkamlash sxemasi.
Ponasimon yoriqli ankerlar (shtangalar) birinchi bo‘lib keng
qo‘llanildi, chunki ular oddiy, arzon va etarlicha mustahkam.
Ankerning (shtanganing) ponasimon yoriqli qulfi shpur yon tomoniga
ponalanadi va tayanch plita (shayba) gayka bilan burab, qulf va lahim devorlari
orasidagi jinslarni tortib shpur og‘zidagi ochiq yuzaga taqab siqiladi.
Ponasimon yoriqli qulfli anker sxemasi: 1 –pona; 2 - og‘iz; 3 – yoriq; 4 – sterjen; 5 –
tayanch plita (shayba); 6 – gayka.
Ponasimon yoriqli ankerlarning kamchiliklari:
• anker va shpurning aniq nisbatlariga rioya qilish lozimligi;
• takroran foydalanish mumkin emasligi. Temir betonli ankerli
mustahkamlagich shtanga va shpur devorlari o‘rtasida bo‘sh bo‘shliq
bo‘lishini mustasno qiladi, biroq, jinslar darzliligi rivojlangan uchastkalarda etarlicha samarali emas. Kon bosimi tez rivojlanadigan va portlatish ishlarining dinamik ta’siri sharoitlarida sementli tarkib mustahkamligini tanlashning uzoq muddati sababli ankerli va jinsli tarkibning ilashishi buziladi. Bu anker bilan mustahkamlangan jinslarning qavatlarga ajralishiga olib keladi.
Temirbeton shtangalarinig konstruksiyasi.
Tez qotuvchi mustahkam polimerli smolaning paydo bo‘lishi sun’iy
materiallar asosida kimyoviy tarkiblar bilan yaxlit mustahkamlashli ankerli
mahkamlashning yangi tizimi yuzaga kelishiga olib keldi,.
Lahim shipi jinslarining mahkamlanish samarasi oshishi, asosan, ankerlar
qurilmasi zichligi ortishi hisobiga amalga oshiriladi, bu kon lahimlarini
mahkamlashga xarajatlar oshishiga olib keladi. «Ingersoll-rend» kompaniyasi
tomonidan split-to‘r friksion ilashishli po‘lat troslar va ankerlardan foydalanish
bilan lahimlar va kameralarni mustahkamlashning original tizimi ishlab chiqilgan
Tizimning armaturalanadigan elementi – kam diametr bilan shpurga
qoqiladigan yupqa devorli po‘lat trubka. Ankerlar massivga biriktirilishidan tashqari, metalli to‘r yordamida shipni saqlab turuvchi trosni tortuvchi vosita sifatida ishlaydi. Tizim tiklanishining oddiyligi, narxi pastligi, qayishqoqligi va tros
tarangligini tiklash imkoniyati bilan ajralib turadi.
«Atlas Kopko» (SHvetsiya) firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan «svelleks»
shtangasi Rossiya va xorij konlarida keng qo‘llanilishga ega. Bu kam diametr
olish uchun o‘q bo‘ylab o‘ralgan va oxiriga kavsharlangan trubkali. YOn tomon
teshigi orqali bosim ostida suv beriladi, va shpurda ankerni yumaloqlash sodir
bo‘ladi (4.12-rasm).

Yüklə 29,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə