Korrektsion pedagogika reja: Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati


Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni tashxislash tamoyillari va metodlari



Yüklə 106,26 Kb.
səhifə6/29
tarix23.12.2023
ölçüsü106,26 Kb.
#157767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Korrektsion pedagogika reja Korrektsion pedagogikaning predmeti-www.hozir.org

Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni tashxislash tamoyillari va metodlari. Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o’qitish va tarbiyalashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:


  1. Insonparvarlik tamoyili har bir bola uchun o’z qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o’z vaqtida yaratib berishdan iborat bo’lib, u bolani izchil va batafsil o’rganish, uning yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llari va vositalarini izlashni talab etadi.


  2. Bolalarni majmuaviy (kompleks) o’rganish tamoyili bolaga tashhis qo’yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo’yicha olingan ma’lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo’lsa, bola qayta tekshiruvdan o’tkaziladi.


  3. Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish tamoyili bolaning idrok etish, emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko’zda tutadi. Unga ko’ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish uning o’quv, mehnat va o’yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.


  4. Bolani dinamik o’rganish tamoyilga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o’qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vыgotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” – bolalarning o’qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.


  5. Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamoyili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani yechish uchun tanlangan yo’lning ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishdagi qa’tiylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.



  6. Yüklə 106,26 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə