Korrektsion pedagogika reja: Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati


“Yalpi fikriy hujum” texnologiyasi



Yüklə 106,26 Kb.
səhifə29/29
tarix23.12.2023
ölçüsü106,26 Kb.
#157767
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Korrektsion pedagogika reja Korrektsion pedagogikaning predmeti-www.hozir.org

2. “Yalpi fikriy hujum” texnologiyasi J.Donalьd Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, uni bir necha o’n (20-60) nafar talabalardan iborat guruhlarda qo’llash mumkin. Ushbu metod talabalar tomonidan yangi g’oyalarning o’rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har biri 5 yoki 6 nafar talabani o’z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo’lgan turli topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, guruh a’zolaridan biri axborot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o’qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg’ulot yakunida o’qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o’ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg’ulot jarayonida guruh a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko’ra baholab boriladi.

3. “Zinama-zina” metodi talabalarda o’rganilayotgan mavzuni kichik mavzularga ajratilgan holda rasm, tasvir, jadval yoki slaydlar asosida o’rganish ko’nikmalarini shakllantiradi. Mazkur metodni qo’llash jarayonida talabalarningzuni o’rganishga ijodiy yondashish, shaxsiy fikr, o’zlashtirilgan tushunchalarni tasviriy ko’rinishlarda ifodalash qobiliyati rivojlantiriladi. Metoddan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) o’rganiladigan mavzu (masala, muammo) muayyan qismlarga ajratiladi va ular alohida qog’ozlarda ifodalanadi; 2) talabalar kichik guruhlarga biriktiriladilar; 3) har bir guruhga muayyan qismdagi matn taqdim etiladi; 4) guruhlar o’zlariga berilgan qism matni bilan tanishib, uning mohiyatini belgilangan vaqt ichida markerlar yordamida rasm, tasvir, jadval yoki slaydlar shaklida ifoda etadilar; 5) belgilangan vaqt tugagach, guruhning bir nafar a’zosi o’zlari bajargan ish bilan jamoani tanishtiradi; 6) barcha guruhlarning ishlari tinglangach, jamoa tomonidan o’rganilgan mavzuning umumiy obrazi kichik mavzular mohiyatini yorituvchi rasm, tasvir, jadval yoki slaydlar asosida mantiqiy ketma-ketlikda yozuv taxtasida zinama-zina ko’rinishida joylashtiriladi; 7) o’qituvchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan ishlarga izoh berib, zarur o’rinlarga o’zgartirishlar kiritadi; 8) guruhlarning ishlari ularning mazmuni, sifati va dizayniga ko’ra baholanadi (baholash jarayoni rangli kartochkalar vositasida amalga oshiriladi, ya’ni talabalar o’zlari sifatli deb topgan ishni rangli kartochkalar yordamida belgilaydilar (ish ustiga kartochka yopishtiriladi), eng ko’p kartochkaga ega ishga yuqori ball beriladi).
Metodni qo’llashda talabalar quyidagi shartlarga amal qiladilar: 1) kichik mavzular bo’yicha imkoni boricha ma’lumotlarni to’la bayon eta olishlari lozim; 2) kichik guruhlarning ishlariga baho beradilar.

Новоторцева Н.В. Коррекционная педагогика и специальная психология. Словарь. – Москва: Педагогика, 1999.



Ишда бир ўринда моҳиятини очиб берилган метод ва технологияларнинг мазмуни кейинги ўринларда ёритилмайди. Масалан, “Савол-жавоб” методи бир неча машғулотда қўлланилган бўлса, унинг мазмуни дастлабки машғулот (айнан бир ўрин)да ёритилади.





http://hozir.org
Yüklə 106,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə