Korrektsion pedagogika reja: Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati



Yüklə 106,26 Kb.
səhifə27/29
tarix23.12.2023
ölçüsü106,26 Kb.
#157767
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Korrektsion pedagogika reja Korrektsion pedagogikaning predmeti-www.hozir.org

2. “Qanday” metodi talabalarda o’rganilayotgan mavzu, muammo yuzasidan umumiy tasavvurlarni hosil qilishga imkon beradi. Metodni qo’llash chog’ida talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga solish, ularni tahlil qilish ko’nikmalari shakllanadi. 1) o’qituvchi tanlangan mavzu, masalani e’lon qiladi; 2) talabalarni mavzu va metod bilan ishlash qoidalari bilan tanishtiradi; 3) talabalar guruhlarga biriktiriladilar; 4) guruhlarga topshiriq beriladi; 5) guruhlarni topshiriqni bajaradilar; 6) guruhlar tomonidan taqdim etilgan yechimlar bilan jamoa tanishtiriladi; 7) jamoa tomonidan guruhlarning ishlari muhokama qilinadi.
Muammoning yechimi “buni qanday qilish kerak?”, “qanday?” savollariga javob topish asosida ham qilinadi. Muammoni yechishda “nima qilish kerak”ligi to’g’risida o’ylanib qolmaslik lozim. Savollarning izchil berilishi muhim ahamiyatga ega. Metodni qo’llashda muammoni yechish imkoniyatlarigina izlanmay, ularni qo’llash yo’llari ham tadqiq qilinadi.
Metodni qo’llashda quyidagi shartlarga amal qilinadi: 1) o’ylangan barcha g’oyalar tahlil qilinmasdan, baholamasdan va taqqoslamasdan tezda qayd etilishi kerak; 2) shakllanayotgan diagramma tugallangan bo’lmay, unga yangi g’oyalarni kiritish mumkin bo’lsin; 3) agarda chizmada savol uning “shoxlarida” bir necha bor qaytarilsa, unda u biror muhimlikni anglatib, u muammoning asosiy yechimi bo’lishi mumkin; 4) yangi g’oyalar grafik, klaster yoki tasvir ko’rinishida bo’lishidan qat’iy nazar yuqoridan pastga yoki chapdan o’ngda qayd qilib boriladi va buni talabalarning o’zlari hal etadilar; 5) agar talabalar savollarni qo’g’ri qo’ysadar va masalaning rivojlanish yo’nalishini ob’ektiv belgilay olsalar, u holda yechim to’g’ri topiladi.
3. “Keys-stadi” (ingliz tilida “case” majmua, aniq vaziyat, “stadi” – ta’lim) texnologiyasi talabalarda aniq, real yoki sun’iy yaratilgan vaziyatning muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiya talabalarni bevosita har qanday mazmunga ega vaziyatni o’rganish va tahlil qilishga o’rgatadi.
Ushbu texnologiyaning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir: ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usullari va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to’plash va ularni o’rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o’qituvchi va talaba o’rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o’quv natijalari.
Keys-stadi texnologiyasining umumiy tuzilmasini quyidagicha ifodalash mumkin:
“Keys-stadi” texnologiyasining samaradorligi o’quv jarayonini quyidagi texnologik bosqichlarda tashkil etilishiga bog’liq: 1) keys yechimini topish bo’yicha individual ishlash; 2) keys yechimini topishda jamoaviy hamkorlikka erishish.
Mazkur texnologiyani qo’llashda individual ishlashda quyidagi tartibda ish ko’riladi: 1) talabaning keys-stadi texnologiyasi mohiyati va undan foydalanish shartlari bilan tanishishi; 2) talaba tomonidan taqdim etilgan muammoning o’rganilishi; 3) muammo yuzasidan asosiy va ikkinchi darajali masalalarni ajratish, shakllantirish va asoslash; 4) tadqiqot metodlarini tanlash va vaziyatni tahlil qilish; 5) taqdim etilgan muammoning amaliy jihatlarini o’rganish; 6) berilgan muammoni yechishning usul va vositalarini aniqlash; 7) taqdim etilgan yechimni ta’lim amaliyotiga tadbiq etish chora-tadbirlarini belgilash.
Keys-stadi bo’yicha jamoaviy hamkorlikda ishlashda quyidagi tartibda ish ko’riladi: 1) muammo va uning yechimlari yuzasidan jamoa (guruh) a’zolari o’zaro fikr almashadilar; 2) masalaning yechimi bo’yicha taqdim etilgan variantlar muhokama qilinadi va ularning maqbullik darajasi baholanadi; 3) muammoli vaziyatning yechimini ta’minlaydigan aniq dastur ishlab chiqiladi; 4) masalaning yechim to’g’risida ma’lumot beradigan taqdimot tayyorlanadi hamda unda namoyish etiladigan materiallar rasmiylashtiriladi.


Yüklə 106,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə