Korrektsion pedagogika reja: Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati



Yüklə 106,26 Kb.
səhifə21/29
tarix23.12.2023
ölçüsü106,26 Kb.
#157767
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Korrektsion pedagogika reja Korrektsion pedagogikaning predmeti-www.hozir.org

1. “Qorbo’ron” metodi mashg’ulotni o’zaro musobaqa ko’rinishida tashkil etilishini ta’minlaydi. Metodni qo’llash jarayonida talabalar mavzu yuzasidan tezkor, asosli, to’g’ri fikrlay olishlari lozim. Mazkur metodni qo’llash quyidagi tarzda kechadi: 1) talabalarga muhokama uchun tanlangan mavzu (masala) e’lon qilinadi; 2) talabalar “Qorbo’ron” metodining mohiyati va shartlari bilan tanishtiriladilar; 3) talabalar ikki guruhga ajratiladilar; 4) o’qituvchi mavzu yuzasidan tuzilgan savollarni talabalarning e’tiborlariga havola qiladi; 5) har ikki guruh talabalari berilgan savolga birinchi bo’lib, to’g’ri javob topishga harakat qilishlari lozim; 6) guruhlarning har bir to’g’ri javobi yumoloqlangan qor ko’rinishida ularning hisobiga yozuv taxtasida yozib boriladi; 7) barcha savollar berib bo’lingach, guruhlar tomonidan to’plangan ballar umumlashtiriladi va g’olib jamoa (guruh) aniqlanadi.
2. “Asalari galasi” metodi o’rganilayotgan mavzu bo’yicha tanlangan muammoning auditoriyada umumiy yoki talabalarni kichik guruhlarga biriktirgan holda tahlil qilinishiga yordam beradi. Metodni qo’llashda kichik guruhlarga beriladigan topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo’lishi mumkin. Guruhlarga berilgan topshiriq muayyan muddat ichida muhokama qilinib, natijaga barchaga ma’lum qilinadi. Mashg’ulot so’nggida masalaning eng maqbul yechimi tanlab olinadi.
3. “Loyihalash” metodi talabalar tomonidan individual, guruh yoki jamoa tarzida aniq belgilangan vaqt oralig’ida o’rganilayotgan mavzu bo’yicha axborotlarni yig’ish va tadqiq qilishga xizmat qiladi. Mashg’ulotlarda mazkur metoddan foydalanish talabalarda rejalashtirish, qaror qabul qilish, faoliyatni amalga oshirish, ma’lumotlarni qayta tekshirish, mavjud ma’lumotlarga tayangan holda xulosa chiqarish hamda natijalarni baholash ko’nikmalarining shakllanishiga yordam beradi.
Metodni qo’llash vaqtida talabalar mavzu bo’yicha yangi loyihalarni yarata olishlari lozim. Loyihalarni yaratishda taklif etilgan jarayonning mohiyati qisqa, aniq fikr hamda belgi, tavirlar yordamida ifodalanishi zarur.
Metodning didaktik imkoniyatlari quyidagilar bilan belgilanadi:
1) o’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi, rivojlantiradi;
2) ularda mavzularni mustaqil o’rganish ehtiyojini qaror toptiradi;
3) o’quvchilarning hamkorlikda ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishlariga yordam beradi.


Yüklə 106,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə