Korrektsion pedagogika reja: Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati



Yüklə 106,26 Kb.
səhifə24/29
tarix23.12.2023
ölçüsü106,26 Kb.
#157767
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Korrektsion pedagogika reja Korrektsion pedagogikaning predmeti-www.hozir.org

3. “Reja” metodi talabalarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida ma’lum yo’nalishda pedagogik faoliyatni tashkil etishga oid rejani ishlab chiqish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metodni qo’llash talabalardan o’rganilayotgan mavzu mazmunini puxta o’zlashtirish, asosiy g’oyalarni umumlashtirish va ma’lum tizimga solish layoqatiga ega bo’lishni taqozo etadi. “Reja” metodi asosan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatni yo’lga qo’yishda qo’llaniladi. Rejani ishlab chiqishda pedagogik vaziyat, ta’lim oluvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ma’naviy-ma’rifiy ishning yo’nalishi, mazmuni hamda samaradorlikni ta’minlash imkoniyatiga egaligi inobatga olinadi.

1. “Yumaloqlangan qor” metodi mavzuni muayyan qismlarga bo’lgan holda o’zlashtirish imkonini beradi hamda talabalarda guruh va juftlikda ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni qo’llash jarayonida talabalar juftlik, guruh yoki jamoa bo’lib ishlari mumkin.
Ushbu metodni qo’llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) o’rganiladigan mavzu yoki mavzu yuzasidan ma’lum masala tanlanadi; 2) talabalarga tanlangan masala va metodni qo’llash qoidalari tushuntiriladi; 3) talabalar kichik guruhlarga biriktiriladilar (imkon qadar guruhlarning soni juft raqamlarni tashkil etishi lozim); 4) bajarish uchun har bir guruhga bittadan topshiriq beriladi; 5) guruhlar topshiriqni bajaradilar; 6) guruhlar topshiriqni bajarib bo’lishgach, tartib raqamlariga ko’ra ikki guruh o’zaro birlashadi (ya’ni 1- va 2-guruh; 3- va 4-guruh); 7) yangidan shakllangan guruhlarda kichik guruhlarda bajarilgan topshiriqlar o’rganiladi; 8) so’ngra barcha guruhlar yagona jamoa bo’lib birlashadilar va katta guruhlarda o’rganilgan masalalar muhokama qilinadi; 8) topshiriqlar yuzasidan umumiy xulosaga kelinadi.
“Yumaloqlangan qor o’yini” metodidan muayyan bo’lim yoki boblar bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash maqsadida foydalanish nihoyatda qulay.

Yüklə 106,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə