Korrektsion pedagogika reja: Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati



Yüklə 106,26 Kb.
səhifə25/29
tarix23.12.2023
ölçüsü106,26 Kb.
#157767
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Korrektsion pedagogika reja Korrektsion pedagogikaning predmeti-www.hozir.org

2. “Nima uchun” metodi talabalarda o’rganilayotgan muammo yoki masala mohiyatining yorituvchi sabablarni aniqlash yuzasidan mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni qo’llash jarayonida talabalar muammo (masala)ning yechimini topishga tizimli, ijodiy yondashishlari, shu bilan birga sabablarni tahlil tahlil qila olish talab etiladi. Mashg’ulotlar jarayonida metodni qo’llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) o’qituvchi talabalarni metodning mohiyati va shartlari bilan tanishtiradi; 2) talabalar kichik guruhlarga biriktiriladilar; 3) o’qituvchi guruhlarga o’rganilayotgan mavzu bo’yicha ma’lum masalalarni topshiradi; 4) guruhlar masalaning yechimini ifodalashi zarur bo’lgan sxemani yaratadilar; 5) sxenmada muammo (yoki masala)ning yuzaga kelish sabablari aks ettiriladi; 6) guruhlar ishlari jamoada muhokama qilinadi.
Metodni qo’llash shartlari quyidagicha: 1. Sxemada aks etadigan shakllar (aylana, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat yoki uchburchaklar)ni talabalarning o’zlari mustaqil tanlaydilar. 2. Sxemaning tarkibiy tuzilishi – mulohazalar zanjirining to’g’ri chiziqli yoki to’g’ri chiziqli emasligi ham talabalar tomonidan belgilanadi. 3. Yo’nalish ko’rsatkichlari talabalarning dastlabki holatdan yechimni topishgacha bo’lgan faoliyatlari mazmunini ifodalaydi.

3. “Kontseptual jadval” metodi talabalarda o’rganilayotgan mavzu, masala yoki muammoni uning ikki yoki undan ortiq jihatlari bo’yicha taqqoslashga o’rgatadi. Metoddan foydalanish jarayonida talabalarning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash, ma’lumotlarni tizimli bayon qilish qobiliyati rivojlanadi. Mashg’ulotlar chog’ida metoddan foydalanish quyidagi tartibda kechadi: 1) o’qituvchi yechimi topilishi lozim bo’lgan masalani aniqlaydi; 2) talabalar masala hamda metoddan foydalanish qoidasi bilan tanishtiriladilar; 3) talabalar kichik guruhlarga biriktiriladilar; 4) guruhlar o’zlariga berilgan topshiriqni baradilar; 5) guruhlar o’z yechimlarini jamoa hukmiga havola etadilar; 6) guruhlarning yechimlari jamoada muhokama qilinadi.
Talabalarning e’tiborlariga quyidagi namunani tavsiya etish mumkin:


O’rganilayotgan mavzu mohiyatini yorituvchi jihatlar


Muhim belgilar, tavsiflar


1-belgi (tavsif)


2-belgi (tavsif)


3-belgi (tavsif)


1-jihat







2-jihat











Yüklə 106,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə