Korrektsion pedagogika reja: Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati



Yüklə 106,26 Kb.
səhifə28/29
tarix23.12.2023
ölçüsü106,26 Kb.
#157767
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Korrektsion pedagogika reja Korrektsion pedagogikaning predmeti-www.hozir.org

4. “Baliq sekleti” metodi talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatini shakllantiradi. Metodni qo’llash chog’ida talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga keltirish va ularni tahlil qilish ko’nikmalari rivojlanadi. 1) o’qituvchi metodni qo’llash sharti bilan talabalarni tanishtiradi; 2) talabalar guruhlarga biriktiriladilar; 3) guruhlar topshiriqlarni bajaradilar; 4) guruhlar o’z yechimlarini jamoaga taqdim etadilar; 5) jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi.
Talabalar topshiriqlarni quyidagi tasvir asosida bajaradiar:
1. “Galereya” metodi talabalarda kichik guruh asosida bir yo’la bir nechta masalani muxokama qilish qobiliyatini tarbiyalaydi. Metodni qo’llash chog’ida guruhning har bir a’zosi taklif etilgan barcha masalalar yechimini topishga o’z hissasini qo’shish imkoniyatiga ega bshladi.
Mashg’ulotlar davrida “Galereya” metodidan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1-bosqich – masalani qo’yish (o’qituvchi kichik guruhlarga muayyan muammo (yoki masala)ni hal qilish topshirig’ini beradi; 2-bosqich – har bir guruh o’ziga topshirilgan masalaning yechimini topish ustida ishlaydi (bu jarayon 5-10 minut ichida kechadi); 3-bosqich – har bir guruh navbati bilan 2-, 3- hamda 4-guruhga topshirilgan muammoning yechimini topishga kirishadi (guruhlar harakati doira tarzida soat strelkasi bo’yicha amalga oshiriladi; ma’lum guruh boshqa guruhlarning topshiriq bo’yicha yechimlarini o’rganadi, ularga nisbatan o’z munosabatini bildiradi; qo’shimchalar qo’shadi); 4-bosqich – guruh o’z o’rniga qaytadi; 5-bosqich – har bir guruhdan bir nafar talaba guruh ishi bilan jamoani tanishtiradi va ular asosida muhokama tashkil etiladi; 6-bosqich – muayyan guruh boshqa guruhlarning yechimlariga nisbatan o’zlari tomonidan bildirilgan mulohazalarni sharhlaydi; 7-bosqich – guruhlarning fikrlariga ko’ra yakuniy xulosaga kelinadi.
“Galereya” metodini qo’llash jarayonini sxematik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin:


Yüklə 106,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə