Korrektsion pedagogika reja: Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati



Yüklə 106,26 Kb.
səhifə17/29
tarix23.12.2023
ölçüsü106,26 Kb.
#157767
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Korrektsion pedagogika reja Korrektsion pedagogikaning predmeti-www.hozir.org

2. “Tavsiyanoma” texnologiyasi talabalarda muayyan yo’nalishda tashkil etiladigan pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlash yuzasidan muayyan tavsiyalarni ilgari surish ko’nikmasini shakllantiradi. Ilgari surilayotgan tavsiyalar mazmunan masalaning yechimini topishga yordam berishi, ilmiy jihatdan pedagogik amaliyotga mos kelishi talab etiladi. Metodni qo’llashda quyidagi tartibda ish ko’riladi: 1) o’qituvchi tavsiyanoma tayyorlash talab etilgan masalani aniqlashtiradi; 2) talabalarga bu haqida e’lon qiladi; 3) talabalar fikr yuritish asosida masalaning yechimini topishga harakat qiladilar; 4) masalaning umumiy mohiyatini qayta yodga olish orqali uning muhim jihatlarini belgilab olinadi; 5) belgilangan muhim jihatlarga tayangan holda muayyan tavsiyalar ishlab chiqiladi; 6) ilgari surilayotgan tavsiyalar va ularning samaradorligi muhokama qilinadi; 7) yakuniy xulosaga kelinadi.
Texnologiyani qo’llashda talabalar guruh yoki juftliklarga birikkan holda yoki alohida faoliyat yuritishlari mumkin. Mashg’ulot jarayonida talabalar tomonidan ilgari surilgan barcha tavsiyalar umumlashtiriladi.

1. “Ven diagrammasi” strategiyasi talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yondoshuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish (sintezlash) ko’nikmalarini hosil qilishga yo’naltiriladi. Strategiya kichik guruhlarni shakllantirish asosida sxema bo’yicha amalga oshiriladi.
Yozuv taxtasi o’zaro teng to’rt bo’lakka ajratiladi va har bir bo’lakka quyidagi sxema chiziladi:

Strategiya o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan o’zaro yaqin nazariy bilimlar, ma’lumotlar yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Ushbu strategiyadan muayyan bo’lim yoki boblar bo’yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.


“Ven diagrammasi” strategiyani qo’llash bosqichlari: 1) sinf o’quvchilari to’rt guruhga bo’linadi; 2) yozuv taxtasiga topshiriqni bajarish mohiyatini aks ettiruvchi sxema chiziladi; 3) har bir guruhga o’zlashtirilayotgan mavzu (bo’lim, bob) yuzasidan alohida topshiriqlar beriladi; 4) topshiriqlar bajarilgach, guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi; 5) liderlar guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv taxtasida aks etgan diagrammani to’ldiradilar

Strategiyasini qo’llash jarayonida har bir guruh muayyan mavzudagi topshiriqni bajaradi. Talabalar uchun quyidagi jadvalni taqdim etish mumkin:


Guruhlar


Diagrammaning tartib raqami



Yüklə 106,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə