Korrektsion pedagogika reja: Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati



Yüklə 106,26 Kb.
səhifə13/29
tarix23.12.2023
ölçüsü106,26 Kb.
#157767
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Korrektsion pedagogika reja Korrektsion pedagogikaning predmeti-www.hozir.org

4. “Ijodiy ish” metodi talabalarni ijodiy faollikka undash orqali ularda o’zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida mavzu mohiyatini yoritish, yangicha talqin qilish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metodni qo’llash jarayonida talabalarning erkinigi ta’minlanadi, mustaqil fikrlashlari uchun imkoniyat yaratiladi. Ular mavjud bilimlariga tayangan holda o’rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib beradilar. Yagona talab talabalar mantiqan to’g’ri fikrlay olishlari, shaxsiy mulohazalarini dalillar bilan isbotlay bilishlari lozim.

5. “Klaster” (“klaster” – g’uncha, to’plam, bog’lam) metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:
1. Nimaniki o’ylangan bo’lsangiz, shuni qog’ozga yozing. Fikringizning sifati to’g’risida o’ylab o’tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
3. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmagunicha, yozishdan to’xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g’oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog’ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g’oya tug’ilguniga qadar davom ettiring.
4. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar kыproq yangi g’oyalarni ilgari surish hamda mazkur g’oyalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikni ko’rsatishga harakat qiling. G’oyalar yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamang.

Ushbu metod yordamida talabalar topshiriq yuzasidan fikrlarini klaster (mayda, alohida qismlar) tarzida ifodalaydilar. Masalan, estetik madaniyatning tarkibiy elementlarini klaster asosida quyidagicha ifodalash mumkin:





Yüklə 106,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə