Korrektsion pedagogika reja: Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati


Mashg’ulotda qo’llaniladigan interfaol metod



Yüklə 106,26 Kb.
səhifə11/29
tarix23.12.2023
ölçüsü106,26 Kb.
#157767
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Korrektsion pedagogika reja Korrektsion pedagogikaning predmeti-www.hozir.org

Mashg’ulotda qo’llaniladigan interfaol metod

va texnologiyalar mohiyati
1. “Blits-so’rov” (inglizcha “blits” – tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo’nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Unga ko’ra o’qituvchi o’rganilgan mavzu, muayyan tarkibiy qismlar mohiyatining ochib berilishini talab etadigan savollarni ishlab chiqadi va talabalarning e’tiborlariga havola etadi. Talabalar berilgan savolga qisqa muddatda, qisqa va aniq javob qaytara olishlari lozim. Guruh yoki juftlikda ishlashda bir nafar talaba berilgan savolga javob qaytaradi, uning sheriklari yoki guruhdoshlari javobni to’ldirishlari mumkin. Biroq, fikrlar takrorlanmasligi lozim. Metodni qo’llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g’oyalarning mohiyati talabalar tomonidan og’zaki, yozma yoki tasvir (jadval, diagramma) tarzida yoritilishi mumkin.
2. “Suhbat” metodi mashg’ulot jarayonida o’qituvchi va talabalar o’rtasida savol va javob shaklida tashkil etiladigan dialogik ta’lim metodi bo’lib, jonli muloqotga asoslanadi. Metodning afzalligi suhbat jarayonida oydinlashmagan masalalar yuzasidan qo’shimcha savollar berish hamda talabaning fikrlashga undash imkoniyati mavjudligi bilan belgilanadi. Ta’limiy munosabatning jonli muloqotga asoslanishi esa o’qituvchi va talabalar o’rtasida ruhiy yaqinlikni qaror toptirib, faol fikr almashish imkonini beradi. Mazkur metodni qo’llashda quyidagi tartibda ish ko’riladi: 1) o’qituvchi mavzu yuzasidan talabalar o’zlashtirishlari lozim bo’lgan masalalarga oid savollarni ishlab chiqadi; 2) talabalar savollar bilan tanishtiriladi; 3) ular savollar yuzasidan mulohaza yuritib, masalaning mohiyatini yuritishga kirishadilar; 4) agarda talabalarning javoblari qoniqarli deb topilsa, navbatdagi savol beriladi; 5) bordi-yu, javob qoniqarli deb topilmasa, u holda o’qituvchi talabaga aynan mana shu masalani oydinlashtirishga yordam beradigan qo’shimcha savol beradi; 6) o’rganilayotgan masalaning mohiyati to’la yoritilgach, suhbat jarayoniga yakun yasaladi.

Yüklə 106,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə