Korrupsiya tushunchasi va uning oqibatlari Tojiyev Diyorbek



Yüklə 10,99 Kb.
səhifə4/4
tarix09.10.2023
ölçüsü10,99 Kb.
#126324
1   2   3   4
Korrupsiya tushunchasi va uning oqibatlari-fayllar.org

Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k. Saylov tizimi orqali kurashish — demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi. Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.

KORRUPSIYA KELAJAKNI YO’Q QILADI


  • Mutasaddilarga bir oy muddatda qurilish korxonalari va ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish vazifasi yuklatildi.

  • Joriy yil 1 avgustdan boshlab Toshkent shahrida, keyingi yil boshidan boshqa hududlarda qurilishda aniqlangan barcha kamchiliklar fotosuratlari bilan tizimga onlayn kiritiladi va nazorat jarayonlari avtomatlashtiriladi.

  • Quruvchi tashkilot yoki fuqarolarga qurilish jarayoni tartiblari va shartlari haqida to‘liq ma’lumotlarni istalgan vaqtda olish imkoniyatini beruvchi onlayn tizim ishga tushiriladi.

  • Barcha shaharsozlik qoida va normalari interaktiv ko‘rinishga o‘tkazilishi, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha barcha jarayonlarni raqamlashtirish hamda ekspertiza xulosalarini yagona bazada saqlashni yo‘lga qo‘yish kerakligi qayd etildi.

  • Bu choralar mamlakatda qurilishga ruxsat berish jarayonini 254 kundan 84 kunga qisqartirish, ushbu jarayonlardagi tartib-taomillarni 17 tadan 5 taga kamaytirish, tadbirkorlar va fuqarolarning bu ishlarga sarflanadigan vaqtini 67 foizgacha qisqartirish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. 2012 yil.

  • Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar (Oliy ta‘lim muassasalariuchun qo’llanma) T. 2001 yil.

  • “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o’rganish” kursi o’quv qo’llanma. T. 2001 yil.

  • S. Otamurodov va boshqalar “Politologiya” o’quv qo’llanma. T. 1999 yil.

  • O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda. T. 2001 yil.

  • Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’at. T. 1998 yil.


http://fayllar.org
Yüklə 10,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə