Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/37
tarix03.02.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#83392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Korxona iqtisodiyoti

Xo‘jalik assotsiatsiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro hamkorlik yuritish maqsadida ko‘ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda birlashuvga kiruvchi sub'ektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar.
Korporatsiyalar umumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda faoliyat yuritish maqsadida birlashib, mustaqil huquqiy sub'ekt - huquqiy shaxsni tashkil qiluvchi shaxslar yig‘indisini tavsiflaydi. Ko‘pincha ular aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi.
Korxonalarning konsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va moliya-sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi.
Sindikat – tijorat faoliyatini (ta'minot, sotish, narxning paydo bo‘lishi) hamkorlikda tashkil qilishga asolangan birlashmadir. Sindikat tarkibiga kiruvchi korxonalar huquqiy hamda xo‘jalik yuritish mustaqilliklarini saqlab qoladilar.
Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini yo‘qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi.
Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini ifodalaydi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə