Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/31
tarix05.07.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#119284
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
8 kapitalni boshqarish

Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kreditlar
qisqa muddatli hisoblanadi va 
odatda ularni olish xalqaro amaliyotda ikki haftagacha boʻlgan muddat talab qiladi. 
Aksariyat holatlarda banklar tomonidan bunday kreditlar taqdim etishda asosiy vosita 
koʻrinishidagi garov ta’minoti talab qilinmaydi. Bunda korxonaning kelgusidagi 
tushumlari yoki likvidli tovar zaxiralari ta’minot vositasi boʻlib xizmat qiladi. Lekin 
tijorat banklari tomonidan tovar zahiralarini nazorat qilish imkoniyati cheklanganligi 
qoʻshimcha talab qoʻyishga sabab boʻlishi mumkin. Qoʻshimcha sifatida keltirish 
mumkinki, yuqori nufuzga ega va moliyaviy holati barqaror boʻlgan korxonalarning 
aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kedit olishlari bir muncha yyengil hisoblanadi. 
Milliy va xalqaro amaliyotda bank mijozi hisoblangan yirik korxonalar aylanma 
kapitalini kreditlar orqali moliyalashtirish boʻyicha alohida dasturlar har bir bankda 
amal qiladi.
Kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish – 
murakkab jarayon boʻlib, odatda katta 
miqdordagi mablagʻlarni talab qiladi va kreditlash muddati bir yildan ortiqni tashkil 
etadi. Bunda korxonaning moliyaviy koʻrsatkichlari, nufuzi, faoliyat koʻlamidan 
qat’iy nazar tijorat banklariga garov ta’minoti taqdim etiladi. Investitsion loyihalarni 
moliyalashtirish uchun bank kreditlaridan foydalanishni alohida yoʻnalish sifatida 
belgilash mumkin. 
Ilgari jalb qilingan qarz mablagʻlarini
qayta moliyalashtirish – 
shartlari 
nisbatan foydali boʻlgan yangi kredit olish va uning yordamida oldingi qarz 
mablagʻini qoplashni anglatadi. Qayta moliyalashtirish boʻyicha bunday operatsiyalar 
bir tomondan foiz stavkalardagi farq sabab ob’ektiv asosga ega hisoblanadi, lekin 
boshqa tomondan, muddat va talab qilinadigan xarajatlar tufayli operatsiya 
samaradorligi past hisoblanadi. 
Qarz mablagʻlaridan foydalangan holda 
birlashish va ajralib chiqish boʻyicha 
bitimlarni moliyalashtirish –
yuqori darajada riskli operatsiyalar sifatida tavsiflanadi. 
Bunday maqsadlar uchun kreditlar taqdim etishda tijorat banklari oʻz risklarini 
pasaytirishni ta’minlash uchun yuqori darajada garov ta’minoti va yuqori foiz 
stavkalarini belgilashga intiladi. 
 
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishda kredit va kredit liniyasini oʻzaro 
farqlash lozim. Kreditni taqdim etish natijasida mijoz hisobraqamida berilgan kredit 
summasi toʻliq aks etadi va bu summaga nisbatan kredit shartnomasiga muvofiq foiz 
hisoblanadi. Bunda qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi imzolanadi. Kredit taqdim 
etish mijozning hisob-kitob yoki valyuta hisobraqamiga kredit summasini bir marta 
yoki koʻrsatilgan hisobraqamga kelishilgan grafik boʻyicha aniq sanalarda oʻtkazib 
berish orqali amalga oshiriladi. 
Kredit liniyalarini taqdim etish holatida qarz oluvchi tomonidan haqiqatda 
foydalanilgan qarz mablagʻini oʻzida ifodalab, aynan shu qiymat boʻyicha foiz 
hisoblanadi. Bunda qarz oluvchi foydalanishi mumkin boʻlgan doirada kredit 
resurslari boʻyicha chegara belgilanadi.
Moliyaviy amaliyotda kreditlarning turli shakllari qoʻllaniladi. Eng keng 
tarqalgan kredit shakli 
muddatli yoki oddiy kredit
deb nomlanadi va bank tomonidan 
qat’iy belgilangan muddatda aniq foiz asosida maqsadli foydalanish uchun taqdim 
etiladi. 


144 
Overdraft
– ta’minot rasmiylashtiruvisiz mijoz hisobraqami boʻyicha 
mablagʻlarning belgilangan limit koʻrsatkichidan yuqori boʻlishini ta’minlashga 
qaratilgan kredit shaklidir. Bu amaliyot mijozning kredit tarixi, bankdagi oʻrtacha 
oylik oboroti barqarorligi va boshqa omillarni hisobga olgan holda oddiy ta’minotga 
ega kreditlarga nisbatan yuqori foizda amalga oshiriladi.
Investitsion kredit
– bu faoliyat yuritayotgan korxonalarda loyihalar yoki 
dasturlarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kredit (kredit liniyasi) 
shaklidir. Bunda qarz oluvchiga nisbatan kredit berish boʻyicha talablar oddiy 
kreditlar kabi amal qiladi. Mazkur amaliyotda tijorat banklari tomonidan amalga 
oshirish uchun mablagʻ soʻralayotgan loyiha (dastur) boʻyicha bines-reja yoki texnik-
iqtisodiy asosnoma diqqat bilan oʻrganib chiqiladi. 
Sindikatsiyalashgan kredit
bitta qarz oluvchining keng koʻlamli xoʻjalik 
dasturlari yoki yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish 
maqsadida kreditorlar tomonidan oʻzaro birlashgan holda taqdim etiladigan uzoq 
muddatli kredit hisoblanadi. Bunday kreditlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 
- umumiy javobgarlik – qarz oluvchi bilan munosabatlarda kreditorlar bitta 
tomon sifatida ishtirok etadi, ya’ni barcha kreditorlar qarz oluvchi oldida umumiy 
javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi; 
- kreditorlarning teng huquqliligi – banklardan birortasi ham qarzni undirish 
boʻyicha alohida ustunlikka egalik qila olmaydi; 
- kreditni qoplash boʻyicha tushgan barcha mablagʻlar taqdim etilgan summaga 
proporsional tartibda ishtirokchilar oʻrtasida teng taqsimlanadi
- hujjatlashtirishning yagonaligi – barcha shartnomalar koʻp tomonlama 
imzolanadi; 
- bitimning barcha ishtirokchilari uchun axborotning yagonaligi amal qiladi. 
Kredit olish shakllari va shartlarining xilma-xilligi korxonalarda bu jarayonni 
boshqarishning aniq siyosatini ishlab chiqish zaruratini belgilaydi. Kredit olish 
jarayonini shartli ravishda toʻrtta bosqichga boʻlish mumkin. Har bir bosqich 
xususida batafsil toʻxtalamiz. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə