Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/31
tarix05.07.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#119284
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
8 kapitalni boshqarish

Birinchi bosqich
da
 
qarz oluvchining kredit resurslariga talabini va qarz 
mablagʻi parametrlari (kredit shakli, miqdori, muddati, maqbul foiz stavkalari va 
boshqalar)ni aniqlash, shuningdek ulardan foydalanishni iqtisodiy asoslash amalga 
oshiriladi. 
Pul mablagʻlarini bir vaqtda yoki moliyalashtirilayotgan loyihaning aniq 
bosqichlariga mos ravishda davriy tartibda bosqichma-bosqich jalb qilish mumkin. 
Masalan, qurilishda kredit mablagʻlarini olish turli xil pudratchilarga ish (xizmat) 
haqlarini toʻlash muddatlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bunday holatda kreditni 
alohida transhlar koʻrinishida taqdim etish yoki olish maqsadga muvofiq.
Qarz mablagʻlariga talabning iqtisodiy asoslanishiga alohida e’tibor qaratilishi 
lozim. Aksariyat ekspertlar va tijorat banklari mutaxassislarining fikriga koʻra 
mahalliy korxonalar uchun qarz oluvchilarning sifatli biznes-reja yoki texnik-
iqtisodiy asosnoma taqdim etish qobiliyatiga ega emasligi dolzarb masala boʻlib 
turibdi. Iqtisodiy asoslash sifatining pastligi kredit foiz stavkasining oshishiga yoki 
bank tomonidan kredit taqdim etishning rad etilishiga sabab boʻlishi ham mumkin.


145 
Mazkur bosqichda garov ta’minoti predmeti boʻyicha dastlabki tanlov ham 
amalga oshirilishi lozim va bunda garov ta’minotiga asosiy talab uning bozor qiymati 
kredit miqdorining 125 foizini tashkil etishi lozim. 
Ikkinchi bosqich
– tijorat bankini tanlash va potensial kreditor bilan dastalbki 
konsultatsiyalarni oʻtkazish hisoblanadi. Mazkur bosqichda korxonalar kredit 
bitimlarining mavjud shartlarini aniqlash va korxona uchun qulay boʻlgan bankni 
tanlashi lozim. 
Bankni tanlash jarayonida banklar faoliyati boʻyicha majburiy iqtisodiy 
normativlar hisobga olinishi kerak. Banklarning likvidliligi va ishonchliligi, 
normativlar tahlili tijorat banki tomonidan taqdim etilishi mumkin boʻlgan maksimal 
kredit mablagʻi miqdorini aniqlash imkonini beradi.
Amalda banklarning kredit berishlari uchun majburiy shartlar sifatida qarz 
oluvchining oʻz majburiyatlarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarishini ta’minlash 
keltiriladi.
Mamlakatimizda kredit berish (olish) “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida 
kredit hujjatlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi va 
bu nizom banklar tomonidan beriladigan barcha kreditlarga va kredit liniyalariga 
nisbatan qoʻllaniladi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə