Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari


Investitsiyada qatnashish tasnifiga ko’ra



Yüklə 219,14 Kb.
səhifə18/28
tarix07.04.2023
ölçüsü219,14 Kb.
#104486
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari

Investitsiyada qatnashish tasnifiga ko’ra:
a) to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar - asosan ob’ekt aniq ma’lum maqsadni amalga oshirishreal bo’lgan taqdirda yo’naltirilgan mablag’dir.
b) boshqa investitsiyalar – bular vositachilar orqali ob’ektlarga sarflanadi va olingan daromadmijozlar o’rtasida taqsimlanadi.
Investitsiyalash davriga qarab qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalarga bo’linadi:
qisqa muddatli investitsiyalar bir yilgacha bo’lgan omonat sertifikatlari va boshqa qimmatliqog’ozlardir; uzoq muddatli investitsiyalar bu bir yildan ortiq muddatlarga qo’yilgan kapital bo’lib, 2 yilga, 2-3 yil va 5 yildan ortiq muddatlarga ham qo’yilishi mumkin.
Hududiy belgilari bo’ytcha investitsiyalar quyidagicha bo’linadi:
A) mamlakat ichkarisi va hududlarga qo’yiladigan investitsiyalar;
B) xorijga investitsiyalar qo’yish, xorij investitsiyalarining kirib kelishi yoki aktsiya, obligatsiyalar shaklida ham bo’lishi mumkin;
V) xorij investitsiyalari deganda chet el fuqarolari, yuridik shaxslar va davlatlar tomonidanqo’yilgan investitsiyalar tushuniladi;
G) hamkorlikdagi investitsiyalarga mazkur mamlakat va xorij mamlakatlarining birgalikdaqo’yadigan investitsiyalari kiradi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tajribasidanma’lumki, investitsion kompleks bir necha elementlardan iborat, ularning asosiylari quyidagilardir:
investitsiya siyosati, investitsiya iqlim va muhiti, investitsion faoliyati, kapital qo’yilmalari, investitsiya bosqichlari va boshqalar. Ushbu elementlarning har biri bozor iqtisodiyoti sharoitlaridao’ziga xos yo’nalishga egadir.
Investitsiya siyosati investorlarning haq-huquqlari, imtiyozlarini ta’minlash bilan bir qatordaiqtisodiyot tarmoqlariga tegishli asosiy fondlarni kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishgayo’naltirish, muqim soliqqa tortish mexanizmi va moliya-kredit siyosatini ta’minlash bilan bog’liqbo’lgan tadbirlar yig’indisidan iborat.
Investitsiya muhiti yoki iqlimi juda keng ma’noli bo’lib iqtisodiyot holatini ijtimoiy-iqtisodiybarqarorligini, tadbirkorlik faoliyati qay darajada rivojlanganligi, ularning samarali faoliyatko’rsatishlari uchun chiqarilgan qonun va qarorlarni, madaniyatini, ma’naviyatini investorlar o’zmablag’larini yo’naltirish uchun e’tiborga oladigan hamda ulardan xulosa chiqaradigan boshqaomillarni o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy siyosatni olib borish davlat boshqarish organlarini investitsion jarayonlarni tartibgasolish, iqtisodiyotda davlat aralashuvi, xalkaro bitimlarda ishtirok etish va chet el investitsiyalarinijalb qilish investitsion muhitga katta ta’sir ko’rsatadi. Qonuniy, iqtisodiy va siyosiy nobarqarorlik, soliq tizimlarining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi, bozor infrastrukturasini rivojlanmaganligi,tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan sub’ektlar orasidagi munosabatlarni tartibga solibturadigan qonuniy mexanizmlarning yo’qligi, informatsiya darajasiga to’g’ri kelmaydigan milliyvalyuta kursi, chet el investitsiyalarini sug’urta qilish bilan himoya qilish mexanizmlarining yaxshiishlab chiqilmaganligi, korxonalar va investitsion loyihalar haqida aniq va to’liq ma’lumotlarniyo’qligi va qimmatbaho qog’ozlar bozorining investitsion muhitiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Yana bir investitsion muhit holatini aniqlaydigan omil bulib investitsion tushkunlikhisoblanadi.Bundan tashqari jamg’arma taqchilligi % stavkalarining yuqoriligi bilan hambog’liqdir. Bu esa kichik va o’rta tadbirkorlikni bank kreditlaridan foydalanishlarini qiyinlashtiradi.
Inflyatsiya sababi, beriladigan kreditlarning katta qismi qisqa muddatli bo’lib bu ulardan ishlabchiqarishda foydalanishni cheklab qo’yadi.
Korxonalar bir-birlariga bo’lgan qarzlarini to’lay olmaslik holatining kuchayishi haminvestitsion muhitga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Qimmatbaho qog’ozlar bozori ham investitsion muhitga ta’sir etadigan faktlar bo’lib xizmatqiladi. O’zbekiston iqtisodiyotidagi mulk shakllarini ko’payishiga va bozor munosabatlariningmustahkamlanishiga olib keladi.
Respublikamizda kechayotgan mana shu siyosiy va iqtisodiy barqarorlik tufayli qisqa vaqtichida ko’pgina aniqrog’i 3200 dan oshiq qo’shma korxonalar tashkil etildi Bugun O’zbekistondaqo’shma korxonalar uchun soliq imtiyozlari ham berilgan. Bularning barchasi investitsion muhitniyaxshilamoqda.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatining samaradorligini aniqlash, nafaqat, xo’jalik sub’ektlarining o’ziga, shuningdek kreditorlar va investorlar uchun ham o’tamuhim ahamiyatiga ega bo’lib, ular faoliyati samaradorligini tahlil etish korxona faoliyatiko’rsatkichlarini barcha qiziquvchilar uchun ochib beruvchi vazifani bajaradi.
Bunday tahlil etishdakorxona faoliyatini moliyaviy tahlil etishning alohida o’rin tutishini ta’kidlab o’tmoq zarur.Moliyaviy tahlil korxonaning moliyaviy ahvolinigina oydinlashtirib bermasdan, balki uning harjihatli faoliyati va istiqbollarini ham ko’rsatib bera oladi.Korxona to’g’risida barcha muhimiqtisodiy-tahliliy ma’lumotlarga ular faoliyatini moliyaviy tahlil qilish orqali ega bo’lish mumkin.
Korxona faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanuvchilar bo’lib, korxona menejeri,aktsiyadorlar, kredotorlar, investorlar, hamkorlar yoki sheriklar hisoblanadi. Ushbufoydalanuvchilar korxona moliyaviy holatini baholashdao’z maqsadlaridan kelib chiqadilar va o’zmezonlariga asoslanadilar. Qarz oluvchi faoliyatini moliyaviy tahlil etishda kreditorlarniinvestitsiya mablag’larining qaytarilishi to’g’risidagi bashoratlarni baholash qiziqtiradi.Umuman, qarz oluvchi faoliyatining moliyaviy tahlili quyidagi savollarga javob berishuchun bir qator hisoblashlarni taklif etadi:
Korxona uning barcha qarzdorlik majburiyatlari xizmati uchun (bank oldida, byudjet,mol etkazib beruvchilar va boshqa kreditorlar oldida) etarlicha daromad bera oladimi?
1. Korxona uning barcha qarzdorlik majburiyatlari xizmati uchun (bank oldida, byudjet, moletkazib beruvchilar va boshqa kreditorlar oldida) etarlicha daromad bera oladimi?
2. Xususiy (o’z) kapital, shuningdek qarz kapitali samarali ishlatayaptimi?
3. Kelgusida ishlab chiqarish samaradorligining o’sishi va ishlab chiqarish faoliyatinikengaytirish uchun zaxiralar bormi?
4. Korxona kelgusida o’z faoliyatini rivojlantirish uchun qanday strategiyaga ega va uningamalga oshirilish holati(tanlangan strategiyasidan og’ishish) qanday?
Shu bilan birga korxonalarning rentabelligini, samaradorligini, likvidligini, kreditgalayoqatliligini baholash uchun bir qator moliyaviy koeffitsientlar ham qo’llaniladi.
Mazkur qismda aytilishi mumkin bo’lgan fikrni eng muhim shaklda qisqacha qilib quyidagicha ifodalash mumkin – agar olinadigan daromadlarning umumiy summasi qilinadigan xarajatlarning umumiy summasidan ortiq bo’ladigan bo’lsa investitsion qarorlarning bir necha muqobil variantlaridan eng yuqori rentabelligini(samaradorligini) tanlash zarur. Albatta, shu qoidaga amal qilib investitsion qarorlar qabul qilinayotgan paytda yana quyidagi jihatlarga ham e’tibor berish kerak. Qoplash muddatini, risk darajasini, kutilayotgan inflyatsiya sur’atlarini va soliqqa tortish istiqbollarini hisobga olgan holda investitsiyalarning samaradorligini aniqlash, ya’ni mablag’lar sarfini bundan yaxshiroq yoki foydaliroq yo’lini topish.

Yüklə 219,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə