Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari


O`zbekiston Respublikasining 2014 yildagi Investitsiya dasturida ko`zda tutilgan kapital qo`yilmalarning asosiy parametrlari8



Yüklə 219,14 Kb.
səhifə16/28
tarix07.04.2023
ölçüsü219,14 Kb.
#104486
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari

3-Jadval


O`zbekiston Respublikasining 2014 yildagi Investitsiya dasturida ko`zda tutilgan kapital qo`yilmalarning asosiy parametrlari8





Moliyalashtirish manbalarining nomlanishi

Ajratiladigan mablaq’lar, million so`m




Jami kapital qo`yilmalar, shundan:

20 721 845

1.

Markazlashgan investitsiyalar:

4 969 491

1.1.

Byudjet mablaq’lari

950 000

1.2.

Suq’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamq’armasi

105 000


1.3.

Byudjetdan tashqari fonlardan, jumladan,

  • Respublika yo`l jamq’armasi

  • Bolalar sportini rivojlantirish jamq’armasi

  • Ta`lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta`mirlash va jihozlash jamq’armasi

911 834
609800
139930

162104


1.4.

Tiklanish va taraqqiyot jamq’armasi (so`m ekvivalentida)

1 353 527

1.5.

Davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar (so`m ekvivalentida), shundan:
qishloq joylarda uy-joylar qurish (so`m ekvivalentida)

1 376 130



171 750

2.

Markazlashmagan investitsiyalar:

16 025 354

2.1.

Korxona mablaq’lari

7 536 261

2.2.

Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablaq’lari, shu jumladan:
ATB “Qishloq qurilish banki”ning qishloq joylarda uy-joylar qurish uchun imtiyozli kreditlari

2 069 185

196 289


2.3.

To`q’ridan-to`q’ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar (so`m ekvivalentida)

3 835 109



2.4.

Aholi mablaq’lari

2 584 800

ezgu maqsadlarni ko`zlaydigan qishloq aholisi hayotini sifatli tashkil etish va yaxshilashga doir uzoq muddatli davlat dasturining asosiy ma`no-mazmunini tashkil etadi.


Zamonaviy muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo`lgan yangi va ko`rkam uy-joy massivlarini barpo etish – mamlakatimiz qiyofasini har tomonlama obod qilishga qaratilgan, istiqbolga mo`ljallangan muhim vazifadir.
Ana shu istiqbol rejalaridan kelib chiqqan holda, 2014 yilda qishloq joylarda yakka tartibdagi yangi uy-joylar qurishni 8,5 mingtadan 10 mingtaga etkazish ko`zda tutilmoqda. 2014 yilda bu maqsadlar uchun 1 trillion 400 milliard so`m, ya`ni o`tgan yilga nisbatan 54 foiz ko`p mablaq’ yo`naltirish mo`ljallangan.
Mazkur maqsadlar uchun tuzilayotgan pudratchi qurilish-montaj tashkilotlari, barcha hududlarda shakllantirilayotgan ularning kuchli moddiy-ishlab chiqarish bazasi nafaqat uy-joylar, balki sanoat va xizmat ko`rsatish ob`ektlarini qurishga ham jalb etiladi.
2014 yil va undan keyingi yillarda dasturiy vazifalarni amalga oshirishda yo`l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Bugun mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatidan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish bo`yicha barcha rejalarimizning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi infratuzilma tarmoqlarini yuksak sur`atlar bilan rivojlantirishga uzviy boq’liq .
Infratuzilmani rivojlantirish bo`yicha qabul qilingan dasturlarda yaqin istiqbolda yangi energetika quvvatlarini, elektr energiyasini uzatish tarmoqlarini barpo etish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilish bo`yicha 26 tadan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirish ko`zda tutilgan.
Bular, avvalambor, Tallimarjon issiqlik elektr stantsiyasida umumiy quvvati 900 megavol’t bo`lgan ikkita buq’-gaz qurilmasini, Toshkent issiqlik elektr stantsiyasida quvvati 370 megavol’tni tashkil etadigan buq’-gaz qurilmasini, Angren issiqlik elektr stantsiyasida quvvati 130-150 megavol’tdan iborat energoblokni, Farq’ona vodiysida yangi energetika quvvatlarini barpo etish, Sirdaryo va YAngi Angren issiqlik elektr stantsiyalarini bir-biri bilan boq’laydigan yuqori vol’tli elektr uzatish tarmoq’ini qurish, Ustyurt gaz-kimyo majmuasining tashqi energiya ta`minotini tashkil etish kabi muhim strategik loyihalardir.
Mazkur ob`ektlar qurilishining yakunlanishi va ishga tushirilishi mamlakatimiz butun energiya tizimini, avvalambor, texnik jihatdan tubdan qayta jihozlash, o`z energiya resurslarimiz hisobidan mamlakatimizning barcha hududlarini ishonchli ta`minlash imkonini beradi. SHu bilan birga, mazkur tizim faoliyati samaradorligini oshirish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatish jarayonida sarf-xarajatlar va texnik yo`qotishlarni sezilarli darajada qisqartirish, energetika resurslari tarkibini optimallashtirishga xizmat qiladi.
“O`zbekenergo” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi buq’-gaz elektr stantsiyalarini qurish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, elektr energiyasi iste`moli hisobini yuritish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uni transportirovka qilishda texnologik yo`qotishlarni qisqartirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha choralarni ko`rishi darkor.
2014 yilda xalqaro standartlarga javob beradigan 526 kilometrlik avtomobil’ yo`llarini qurish va rekonstruktsiya qilish, Qamchiq dovonida 71 kilometrlik avtomobil’ yo`li uchastkasida rekonstruktsiya ishlarini yakunlash, shuningdek, qator ko`prik va yo`lo`tkazgichlarni barpo etish rejalashtirilmoqda.Ushbu maqsadlar uchun 1 trillion 200 milliard so`m, shu jumladan, Respublika yo`l jamq’armasi mablaq’lari hisobidan 870 milliard so`mdan ortiq hamda xalqaro moliya institutlari – Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Arab Muvofiqlashtirish guruhining qariyb 120 million dollarga teng mablaq’larini yo`naltirish ko`zda tutilmoqda.
“O`zavtoyo`l” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi, Respublika yo`l jamq’armasi, Qoraqalpoq’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari avtomobil’ yo`llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta`mirlash hamda yo`llar bo`yida tegishli infratuzilmani rivojlantirishga doir belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan amaliy choralar ko`rilmoqda.
Temir yo`l kommunikatsiyalari tizimini jadal rivojlantirishga, yuk tashish hajmining asosiy qismini ta`minlaydigan kommunikatsiya tarmoqlari bilan mamlakatimizning barcha hududlarini ishonchli tarzda boq’lashga biz alohida e`tibor qaratmoqdamiz. 2014 yilda bu borada 16 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko`zda tutilmoqda.
Birinchi navbatda, 140 kilometrlik “Maroqand – Qarshi”, 325 kilometrlik “Qarshi – Termiz” temir yo`l uchastkalarini elektrlashtirishni tugatish, shuningdek, harakatlanadigan tarkibni modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
“O`zbekiston temir yo`llari” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi ushbu loyihalarni amalga oshirishning borishini ta`minlanmoqda.
Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo`yicha tub va ijobiy ma`nodagi portlash effektini beradigan o`zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarga erishish qiyin. Qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko`rsatishning ko`plab turlari bo`yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilq’or mamlakatlar safiga qo`shilish lozim.
2014 yilda Jizzax, Toshkent, Farq’ona va Xorazm viloyatlarida beshta raqamli televizion uzatgich o`rnatish yo`li bilan raqamli televidenieni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish va mamlakatimiz aholisini raqamli televidenie bilan qamrab olish darajasini 42 foizdan 45 foizga etkazishni ta`minlash yo`lga qo`yiladi..
Zamonaviy texnologiyalar asosida videotelefonlar, internet-televidenie, yuqori tezlikdagi internet, HDTV kanallarini namoyish qilish va boshqa xizmatlar ko`rsatish imkonini beradigan 2 ming kilometr uzunlikdagi keng polosali optik tolali aloqa tarmoq’i qurilishini yakuniga etkazilmoqda.
Faol investitsiya siyosati mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning eng muhim sharti va manbai bo`lmoq’i kerak. O`zbekistonda so`nggi besh yil mobaynida investitsiyalarning yillik o`sish sur`ati 9 foizdan ziyodni tashkil etmoqda va bu dunyodagi yuqori, barqaror ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi. Jahon miqyosida global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotganini inobatga oladigan bo`lsak, bugungi murakkab sharoitda iqtisodiyotda erishgan bu natijaning ahamiyati va mohiyati yanada yaqqol ayon bo`ladi.
Keyingi 10 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3,2 barobar oshgan bo`lsa, shu davrda to`q’ridan-to`q’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 20 barobardan ziyod o`sdi.
Strategik xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida mamlakatimizda investorlarning o`zi uchun ham, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun ham noyob kafolatlar tizimi yaratildi.
Avvalo, davlat tomonidan xorijiy investorlarning barcha huquqlari ta`minlanmoqda, ularning sarmoyalari, mamlakatimiz hududida ular tomonidan yaratilgan mulkning daxlsizligi kafolatlanmoqda, yaratilayotgan imtiyoz va preferentsiyalarni kengaytirish va liberallashtirish bo`yicha olib borilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
“CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`q’risida”gi qonunga ko`ra, qonunchilik normalarining o`zgartirilishi investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirishga olib kelgan taqdirda chet ellik investorlarga nisbatan o`n yil mobaynida investitsiya kiritilgan sanada amal qilgan qonunchilik qo`llanadi.
O`zbekistonda 2014 yilda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada yaxshilashga yo`naltirilgan bir qator qo`shimcha muhim qonun hujjatlari va huquqiy normalar qabul qilindi.
Mamlakatda xorijiy investorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo`lida zarur bo`lgan barcha ishlab chiqarish infratuzilmalarini davlat mablaq’lari hisobidan ta`minlash printsipi qabul qilindi.
Qiymati 50 million dollardan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo`lgan aniq loyihalarning o`z muddatida amalga oshirilishini ta`minlaydigan infratuzilmani loyiha hujjatlari asosida o`z vaqtida qurish majburiyatita`minlangan. Surq’il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish bo`yicha amalga oshirilayotgan loyiha buning yaqqol dalilidir. Bu erda umumiy qiymati 212 million dollarni tashkil etadigan tashqi muhandislik infratuzilmasini barpo etishni davlat o`z zimmasiga olgan. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va “Angren” maxsus industrial zonasida yaratilgan sharoitlar ham bunga misol bo`lishi mumkin.
Mamlakatimizda yaratilgan ishbilarmonlik muhiti qulay investitsiyaviy jozibadorlikning muhim tarkibiy qismi va omilidir. O`zbekistonda Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan metodologiyaga mos va mamlakatimizda biznesni yuritish bilan boq’liq barcha jarayonlarni yanada liberallashtirish, soddalashtirish, arzonlashtirish va ularning ochiqligini ta`minlashga yo`naltirilgan kompleks dastur qabul qilindi.
2014 yil davomida mazkur dastur doirasida oltita muhim qonun, jumladan, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to`q’risida”gi, yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`q’risida”gi qonunlar, shuningdek, ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, soliq va statistik hisobotlarni qisqartirishga qaratilgan qonun hujjatlari va normativ aktlar majmuasi qabul qilindi.
Yurtimizda ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar o`zining ilk natijalarini ko`rsatayotganini ta`kidlash joiz. Jahon banki hisob-kitoblariga ko`ra, 2014 yilda O`zbekiston biznesni yuritish bo`yicha reytingda 14 o`rin yuqoriga ko`tarildi.



Yüklə 219,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə