Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari



Yüklə 219,14 Kb.
səhifə15/28
tarix07.04.2023
ölçüsü219,14 Kb.
#104486
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari

2-jadval
2008-2014 yillardainvestitsiyalar tarkibining o`zgarishi, foizda



Moliyalashtirish manbalari

2008 y.

2009 y.

2010 y.

2011 y.

2012y.

2013 y.

2014 y.

Davlat byudjeti

12,7

10,7

9,0

9,0

8,1

7,4

5,1

CHet el investitsiyalari

19,2

19,0

22,8

25,8

32,4

28,8

25,3

Korxonalar va aholi mablaq’lari

60,3

60,0

59,0

53,9

46,9

47,3

49,0

Boshqa manbalar

7,8

10,3

9,2

11,3

12,6

16,5

20,6

Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta`siridan himoya kuchli to`siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi7.


Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to`q’ridan-to`q’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o`rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta`minlash maqsadida respublika byudjetidan katta miqdorda mablaq’lar ajratilmoqda.
YAngitdan tashkil etilgan “Navoiy” va “Angren” erkin industrial-iqtisodiy zonalari bugungi kunda mamlakatimizning ishlab chiqarish salohiyatini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda alohida o`rin egallamoqda.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon bu erda 12 ta korxona qurilib, foydalanishga topshirildi. 2013 yilda ular tomonidan qariyb 80 milliard so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Akkumulyator simlari, avtomobil’ gaz ballonlari, mobil’ va statsionar telefonlar, modemlar va internet uchun qo`shimcha moslamalar ishlab chiqarish bo`yicha korxonalar tashkil etish kabi yuqori texnologiyalar asosidagi yana ettita loyiha amalga oshirish bosqichida turibdi.
SHu borada to`plangan tajribani va Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan foydalanish, Farq’ona vodiysidagi korxonalar bilan barqaror iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yishning kelajakda muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olgan holda, “Angren” maxsus industrial zonasini tashkil etish to`q’risida qaror qabul qilingan edi.
Mazkur industrial zonada faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarga, kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, 3 yildan 7 yilgacha bo`lgan muddatga keng ko`lamli soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferentsiyalar berildi, ularning infratuzilma ob`ektlari va kommunikatsiyalarga kafolatli ravishda ulanishi ta`minlanmoqda.
Hozirgi kunda “Angren” maxsus industrial zonasi hududida qiymati 186,0 million dollarlik 8 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. SHular qatorida zarurat va ehtiyoj baland bo`lgan turli tayyor mahsulotlarni va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish, shuningdek, yangi shakar zavodini qurish, tayyor charm buyumlar ishlab chiqaradigan kompleksni barpo etish alohida o`rin tutadi.
Umumiy qiymati 245 million dollarlik yana 22 ta rentabelli loyihani amalga oshirish masalalari ko`rib chiqilmoqda va buning uchun zarur hujjatlar tayyorlanmoqda.
Qo`lga kiritgan tajribamiz shuni tasdiqlab bermoqdaki, mamlakatimizning boshqa mintaqalarida ham Navoiy va Angren kabi maxsus industrial zonalarni, zamonaviy logistika tizimlari va transport infratuzilmalarini yaratish bo`yicha ishlar davom ettirilmoqda.
2015 yil va yaqin kelajakka mo`ljallangan dasturlarni amalga oshirishda iqtisodiyotimiz va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko`lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o`rin tutishi darkor.
Bu borada 2014 yil uchun ishlab chiqilgan va 370 dan ortiq strategik muhim loyihani amalga oshirishni ko`zda tutadigan Investitsiya dasturi q’oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqsadlar uchun ajratilayotgan 13 milliard dollarning 75 foizini ichki manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan mablaq’lar, qolgan qismini jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar tashkil etadi.
Ishlab chiqarish qurilishi uchun mo`ljallanayotgan jami investitsiyalarning qariyb to`rtdan uch qismini yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish uchun yo`naltirishga to`q’ri kelmoqda.
Investitsiya dasturini amalga oshirishda O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamq’armasi tobora muhim o`rin tutmoqda. 2014 yilda faqat Jamq’arma mablaq’lari hisobidan qiymati 780 million dollarlik 34 tadan ortiq muhim loyiha, birinchi navbatda, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda barpo etilayotgan ob`ektlarni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.
2014 yilda asosiy maqsadimiz – qurilishi boshlangan va mamlakatimizning sanoat ishlab chiqarish tarkibini tubdan o`zgartirishga xizmat qiladigan ob`ektlarni barpo etish sur`atlarining pasayishiga yo`l qo`ymaslik printsipial ahamiyatga ega. Joriy yilda 115 ta muhim ob`ektni ishga tushirish ko`zda tutilmoqda.
SHular qatorida Qo`nq’irot soda zavodining ikkinchi navbatini, “Rezinotexnika” ochiq aktsiyadorlik jamiyati negizida avtomobil’ shinalari ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, bir qancha qo`shma korxonalarning quvvatini oshirish lozim.
2014 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish ko`lamini yanada kengaytirish alohida o`rin tutishi zarur.
Qishloqlarda takomillashtirilgan zamonaviy loyihalar asosida yangi uy-joylar qurish va qishloq aholi punktlarini kompleks ravishda rivojlantirish – bu, avvalo,
odamlarimizning turmush tarzi va mentalitetini tubdan o`zgartirish bo`yicha



Yüklə 219,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə