Кўп ҳужайралилар



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/31
tarix11.05.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#86581
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Кўп ужайралилар

7-rasm. 

 

Ularning  mineral  skeleti  ninaga  o`xshash  mikroskopik  tanachalar  - 



spikulalardan  tashkil  topgan.  Spikulalar  esa  skleroblast  hujayralaridan  hosil 

bo`ladi.  Skeletlar  shakli  turlicha    va  ular  bir  o`qli,  uch  o`qli,  to’rt    o`qli  va  ko`p 

o`qli  bo`lishi  mumkin.  Bulutlarning  ko`pchiligi  germafrodit,  qolganlari  ayrim 

jinsli  organizmlar.  Ular  jinssiz  va  jinsiy  yo`llar  bilan  ko`payadi.  Jinssiz  ko`payishi 

tashqi  va  ichki  kurtaklanish  yo`li  bilan  boradi.  Kurtaklar  ko`pincha  ona 

organizmidan  ajralib  ketmasdan koloniya  (to`da) hosil qiladi. 




 

Jinsiy  ko`payish  bulutlar  tanasida  amyobatsitlardan  tuxum  hujayrasi  va 

spermatozoidlar  hosil  bo`lishi  orqali  boradi.  Germafrodit  turlarda  ularning 

ikkalasi  ham  har  bir  individning  mezogleyasida  hosil  bo`lsa,  ayrim  jinslilarda  esa 

tuxum  hujayralar  va  spermatozoidlar  har  xil  individlarda  rivojlanadi.  Otalanish 

ona  organizmida  spermatozoidlarning  suv  oqimi  orqali  kirishi  natijasida  ro `y 

beradi.  Zigotadan  kiprikli  ko`p  hujayrali  lichinka  paydo  bo`ladi.  Lichinkalar  ona 

organizmidan  tashqariga  chiqib,  biror  suv  substratiga  yopishib,  voyaga  yetgan 

bulutga  aylanadi.  Bulutlarda  nafas  olish  va  ayirish  jarayonlari  tana  yuzasi  orqali 

kechadi. 

 

Bulutlarning  5000  dan  ortiq  turlari  ma`lum.  Ularning  juda  ko`pchiligi  dengiz 



hayvonlari.  Chuchuk  suv  havzalarida  faqat  badyaga  oilasiga  mansub  bulutlar 

uchraydi. 

 

Bulutlarning  amaliy  ahamiyati  quyidagicha:  barcha  bulutlar  biofiltratorlar 



bo`lsa,  chuchuk  suv  badyagalari  tibbiyotda  revmatizmni  (bod  kasalini) 

davolashda  qo`llaniladi.  Ayrim  janubiy  mamlakatlarda  yumshoq  organik  skeletli 

bulutlar  yuvish va yuvinish  uchun ishlatiladi. 

 

Xoanotsitlarning 



joylashish 

tartibiga, 

g`ovaklarning 

tuzilishiga 

va 

mezogleyaning  rivojlanishiga  ko`ra  barcha  bulutlar  uchta  morfologik  -  askon, 



sikon  va  leykon  guruhlarga  ajratiladi.  Ular  ichida  eng  soddasi  askon  tipda 

tuzilgan  bulutlar  bo`lsa,  leykon  guruhiga  kiruvchilari  esa  murakkab  tuzilishga 

ega. 


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə