Кўп ҳужайралилар


morey   va  blastey



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/31
tarix11.05.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#86581
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Кўп ужайралилар

morey

  va 


blastey

  deb  ataluvchi  sodda  hayvonlarni 

eslatdi.  (Gekkel  nazariyasi).  Blasteyalar  hujayralari  bir  qatlamga  ega  bo`lib,  ular 

suvda  suzib  yuruvchi  hayvonlar  bo`lgan. Bu hujayralar orasida farq bo`lmagan va 

ular  harakat  qilish,  oziqa  ushlash  va  hokazo  kabi  muhim  hayotiy  funksiyalarni 

bajarishgan. 

 

Qaysi  yo`l  bilan  sharsimon  bir  qavatli  blasteydan  ko`p  hujayralilar  kelib 



chiqqan?  Bunga  aniq  javob  tuban  ko`p  hujayralilarning  (bulutlar)  embrional 

taraqqiyotini  o`rganish  natijasida  buyuk  rus  olimi  I.I.Mechnikov  tomonidan 

berilgan.  Uning  nazariyasi  bo`yicha  blasteyaning  ayrim  hujayralari  oziqani  ushlab 

vaqtincha  koloniyaning  ichiga  kirgan  va  bu  oziqalar  esa  u  yerda  hazm  bo`lgan 

(hujayralar  esa  keyinchalik  yana  tashqariga  chiqishgan).  Bu  xil  xulosaga  dalil 

bo`lib  bulutlarda  hujayralarning  bo`sh  holda  joylashganligi  va  ularda  o`rin 

almashish  hollari  ro`y berishi mumkinligi  hisoblanadi. 

 

Shunday  qilib  blasteyalarda  dastavval  hujayralar  ma`lum  bir  vazifani 



bajarishga  vaqtinchalik  ajralgan:  tashqi  hujayralar  harakat  vazifasini,  ichkilari  – 

oziqlanishni  amalga  oshiradi.  Lekin  bunday  bo`linish  yetarli  emas,  chunki 

koloniyani  harakatga  keltiruvchi  hujayralar  boshqa  tuzilishga  (mustahkam 

qobiqqa  va  xivchinga  ega  bo`lishi),  ovqat  hazm  qilishda  qatnashuvchilari 

bo`lakcha  tuzilishga  (yupqa  qobiqqa)  ega  bo`lishi  kerak.  Keyingi  evolyutsiyada 

shunday  hol  ro’y  bergan.  Shu  sababli  ham  tuban  darajadagi  ko`p  hujayralilarda 

parenximuladagi 

harakatni 

ta`minlovchi 

tashqi 


qavatdagi 

ixtisoslashgan 

hujayralarni  I.I.Mechnikov  kinoblast,  ichki  -  oziqani  hazm  qilishda  qatnashuvchi 

maxsus  hujayralarni  -  fagotsitoblast  deb  yuritgan  va  bulutlarni  shu  xil 

evolyutsiya,  ya`ni  parenximella  deb  ataluvchi,  ichakka  ega  bo`lmagan,  oddiy 

tuzilgan  hayvonlardan  kelib  chiqqanligini  isbotlab bergan. 




 

Gekkel  juda  ko`p  olimlarning  embriologiya  sohasidagi  ma`lumotlarini 

umumlashtirib  va  tartibga  solib,  (o`zi  maxsus  tajribalar  o`tkazmasdan)  1874  yilda 

"gastrey"  nazariyasini  yaratgan(5-rasm).  U  o`zining  bu  nazariyasiga  asoslanib 

ikki  qavatli  ko`p  hujayralilarning  kelib  chiqishini  quyidagicha  ta`riflagan: 

tuxumni  situya  deb  ataluvchi  ajdodga,  morulani  -  morey  deb  ataluvchi  ajdodga, 

blastulani  -  blastey,  gastrulani  esa  gastrey  deb  ataluvchi  ajdodga  o`xshatgan, 

gastrula  davrini  esa  invaginatsiya  yo`li  bilan  paydo  bo`lishini  (bir  qutbni  ikkinchi 

qutbga  botib  kirishi  natijasida)  ta`riflagan.  Gastrey  parenximellalarga  qaraganda 

murakkab  tuzilishga  ega  bo`lgan,  ya`ni  bu  hayvonlar  og`iz  teshigiga  va  ichak 

bo`shlig`iga  ega  bo`lgan.  Bunday  hayvonlarning  bo`lishi  barcha  ko`p  

hujayralilarda  gastrula  davrining  mavjudligi  va  uni  invaginatsiya  yo`li  bilan 

kechishini  isbotlaydi.  Shu  yo`l  bilan  kovakichlilar  kelib  chiqqan  bo`lishi  kerak. 

Shunday  qilib  Gekkelning  ta`rificha  gastrey  to`g`ridan-to`g`ri  blasteydan  kelib 

chiqqan  va  blasteyning  bir  qutbini  ikkinchi  qutbiga  botib  kirishi  (invaginatsiya) 

natijasida  ichak  bo`shlig`iga  ega  ikki  qavatli  organizm  paydo  bo`lgan.  Ammo, 

Gekkel  tuban  darajadagi  ko`p  hujayralilarda  (bulutlarda)  bo`shliqsiz  ikki  qavatli 

taraqqiyot  davrini  (parenximula)  bo`lishini  hisobga  olmagan.  Yuqoriroq  darajada 

rivojlangan  ko`p  hujayralilarda  embrional  taraqqiyotning  birmuncha  qisqarishi  va 

oddiylashishi  tufayli  invaginatsiya  ro`y  bergan,  tubanlarida  esa  ikki  qavatli 

organizm  parenximula  davri kechishi  orqali yuzaga  kelgan. 

 

Hozirgi  paytda  "gastrey"  va  "pareximula"  nazariyalaridan  tashqari  ko`p 



hujayralilarning  kelib  chiqishi  haqida  fanda  yuzdan  ortiq    nazariyalar 

yaratilgan(6-rasm).   

 

A.A.  Zaxvatkin  1949-yilda  ko’p  hujayralilarning  kelib  chiqishi  to’g’risida 



original,  ammo  munozarali  nazariya  yaratdi.  Ba’zi  kovakichlilarda  palintomik 

(takror)bo’linish  sodir  bo’ladi.  Bu  oddiy  bo’linish  emas,  palintomiya  natijasida 

bo’linish  zanjiri  hosil  bo’ladi,  ya’ni  bo’linish  tufayli paydo bo’lgan hujayralar bir-

biridan  ajralib  ketmaydi  va  hosil  bo’lgan  individlar  o’sishga  ulgurmaydi. 

Palintomiyaning  oraliq  mahsuloti  sporosista,  oxirgisi  zoospora  hisoblanadi. 

Zoospora  ko’p  bo’lishi  mumkin.  Hamma  ko’p  hujayralilarda  bir  hujayrali 

(tuxum)  va  ko’p  hujayrali  bosqichlari  bo’ladi.  Sodda  hayvonlarda  ko’p  hujayrali 



koloniya  bosqichi  palintomiya  yo’li  bilan  hosil  bo’ladi.  A.A.  Zaxvatkin  fikricha, 

sodda  hayvonlarda  palintomiya  yo’li  bilan  bo’linishni  ko’p  hujayralilardagi 

maydalanish  bilan  qiyoslash mumkin.   

 

Shunday  qilib,  A.A.Zaxvatkin  tuban  ko’p  hujayralilar  bilan  sodda 



hayvonlarning  hayotiy  sikli  o’rtasidagi  filogenetik  aloqani  aniqlashga  muvaffaq 

bo’ldi.  

 

I.  Xadji  (1944)  nazariyasiga  ko’ra,  ko’p  hujayralilar  bir  hujayralilarning  eng 



yuksak  darajada  tuzilgan  vakillari  –  infuzoriyalardan  kelib  chiqqan.  Infuzoriyada 

sitoplazma  ekto-  va  endoplazmadan  iborat,  ikki  xil  yadrosi  bor,  pellikulasida 

mionema  va  trixosisitlar  bor,  qisqaruvchi  va  ayiruv  vakuolalari, ovqat hazm qilish 

jarayonlari  murakkablashgan.   

 

Xadji  infuzoriyalar  bilan  bilan  turbellyariyalar  tashqi  tuzilishini  solishtirib, 



ular  o’rtasida  o’xshashliklar  borligini  aniqlagan.  Uning  fikricha,  infuzoriyada 

konyugatsiya  jarayoni  davrida  (makronukeus  hosil  bo’lguncha)  hayvonlarning 

ikkita  evolutsion  yo’nalishi  paydo  bo’lgan  :  biri  infuzoriyalar,  ikkinchisi 

turbellyariyalar.   

 

Bir  hujayralilar  yadrosining  ko’p  marta  (shizogoniya)  bo’linishi  tufayli 



yadroning  atrofini  sitoplazma  o’rab  olgan  va  hosil  bo’lgan  hujayralar  bir-biridan 

ajralib  ketmasdan  ko’p  hujayrali  organism  paydo  bo’lgan.  Masalan,  opalinalar, 

knidosporidiyalar,  microsporidiyalar,  infuzoriyalar,  sporalilar  ko’payishi  davrida 

shunday holat sodir bo’lgan bo’lishi mumkin.   

 

Xadjining  fikricha,  ko’p  hujayralilarning  tuban  vakillari  kovakichlilar  emas, 



balki  turbellyariyalar  bo’lib,  yassi  chuvalchanglarning  o’troq  holda  hayot 

kechiradigan  vakillaridan  kovakichlilar  kelib  chiqqan.  Chunki  kovakichlilar  2 

qavatli  emas,  balki  3  qavatli  hayvonlar  bo’lib,  mezogliya  qavatida  ayrim 

hujayralar  topilgan.  Infuoriyalar  va  turbellyariyalarning  gavdasi  kipriklar  bilan 

qoplanganligi  ularning  qon-qarindosh ekanligidan  dalolat beradi.  

 

Ammo  embriologik  tajribalar  va  boshqa  dalillar  Xadjining  bu  nazariyasini 



tasdiqlamadi. 

 

A.V.Ivanov 



(1968) 

fikricha, 

ko’p 

hujayralilar 



xivchinlilarning 

Protomonadalar  (Protomonadida)  turkumi  vakillaridan  kelib  chiqqan.  Ular  oldin 




sharsimon  bo’lib  yashagan.  Keyin  jinssiz,  somatic  va  jinsiy  yo’llar  bilan 

ko’paygan.  

 

V.N.Beklemishov  (1964)  ham  I.I.Mechnikov  nazariyasini  qo’llab 



quvvatlaydi.  Ammo  evolutsiyaning  borishi  masalasida  Mechnikov  fikrlaridan 

farq qiladigan  mulohazalarni  bildirgan.    

 

Ammo  ular  aniq  bir  dalillarga  asoslanmagan  va  ular  ko`p  hujayralilarni  to`da 



bo`lib  yashovchi  xivchinlilardan  kelib  chiqqanligiga  qarshi  qaratilgan.  Ko`p 

hujayralilarda  ikki  xil  tuzilishga  ega  yadrolar  bo`lmasligi  infuzoriyalarni  ularning 

ajdodlari  emasligidan  dalolat  beradi.  Sporalilar  esa  tamoman  parazitlikka  o`tgan, 

parazitizm 

 

organizmlarning 



tuzilishini 

murakkablashishga 

emas, 

balki 


soddalashishga  olib  keladi.  Yolg`onoyoqlilar  esa  juda  sust  harakat  qiluvchi 

organizmlar  va  ularning  evolyutsiyasi  himoya  moslamalarini  (chig`anoq)  paydo 

bo`lishidan  nariga  o`tmagan. 

 


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə