Кўп ҳужайралилар



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/31
tarix11.05.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#86581
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Кўп ужайралилар

embrion  varaqchalari

  har  xil  to`qima va 

organlarni  yuzaga  keltiradi.  Terining  tashqi  qatlami  (epidermis),  teri  bezlari,  yog` 

va  yog`  bezlari,  soch,  tishning  emal qatlami, shox moddadan tashkil topgan har xil 

tuzilmalar,  nerv  sistema,  ko`payish,  sezish  organlari  (qabul  qiluvchi  hujayrali) 

ektodermaning  mahsulotidir.  Bundan  tashqari  hayvonlarning  og`iz  bo`shlig`i, 

ichakning  orqa  chiqaruv  teshigi  bilan  qo`shilgan  qismi,  jabra  yoriqlari  ham 

ektoderma  bilan  qoplangan  (ayrim  hayvon  guruhlarida  oldingi  va  orqa  ichak 

umuman  ektodermali  bo`ladi).  Entodermadan  ovqat  hazm  qilish  organlari,  asosan 

o`rta  ichak,  hamda  jigar,  oshqozon  osti  bezi,  o`pka,  timus,  qalqonsimon  bezlar 

(baliqlarning  havo  pufakchalari)  hosil  bo`ladi.  Ko`pchilik  organlar:  qon  aylanish 

sistemasi,  ayirish  va  jinsiy  organlar  sistemalari,  barcha  muskullar,  qorin  pardasi, 

biriktiruvchi  to`qima  va  uning  unumlari  -  chin  teri  (kutis),  tog`ay  va  suyak 

skeletlari  mezodermaning  mahsulotidir. 




 

Embrion 


varaqlarining  hosil  bo`lishini  chuqur  o`rganish  natijasida 

A.O.Kovalevskiy  va  I.I.Mechnikovlar  embrion  varaqchalari      to`g`risida  maxsus 

nazariya  yaratishgan.  Ularning  fandagi  xizmatlari    butun  bor  umurtqasiz 

hayvonlarning 

embrional 

taraqqiyotini 

o`rganish 

asosida 


bulutlar 

va 


kovakichlilarda  embrion  varaqchalarini  ektoderma  va  entodermadan  nari 

o’tmasligini,  qolgan  umurtqasizlarda  esa  uchta  embrion  yaproqchasini  hosil 

bo`lishini  aniqlashdadir.  Ular  yaratgan  embrion  varaqchalari  to`g`risidagi 

ma`lumotlar  har bir varaqchalarning  hosilalarini  ham aniqlab  bergan. 

 


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə