Kredit modul va uning afzalliklari



Yüklə 110 Kb.
səhifə2/4
tarix14.03.2023
ölçüsü110 Kb.
#102507
1   2   3   4
Kredit modul va uning afzalliklari

Asosiy qism
“Kredit-modul tizimida o‘qitishning qanday afzalligi va biz amalda foydalanib kelayotgan ta’lim tizimidan qanday farqi va ustunliklari bor?”. Ushbu savollarga javob berish uchun dastlab kredit-modul tizimi haqida, kredit-modul tizimi va uning O‘zbekiston ta’lim tizimida joriy etilishining ahamiyati, dunyo mamlakatlarining ta’lim tizimida kredit-modul tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari va afzalliklari borasida izlanishlar olib borish muhim hisoblanadi.
O‘zbekistonda kredit ta’lim tizimiga asoslangan milliy modelni ishlab chiqishda, Yevropa ECTS krediti va Amerika kredit soatlari tizimlarining yutuqlarini inobatga olgan holda yuqori ta’lim sifatini va dunyo ta’lim jarayonlariga integratsiyalashish uchun ishonchli asosni tanlash maqsadga muvofiqdir1. ECTS kredit tizimi ko‘p millatli Yevropa an’analarini inobatga olgan holda turli ta’lim tizimlarini yaqinlashtiradi.
Kredit-modul tizimida ahamiyat beriladigan asosiy masalalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash;

  • talabalar bilimini reyting asosida baholash;

  • o‘qitishning modulli texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish;

  • talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlashini ta’minlash uchun fanning metodik ta’minotini yanada takomillashtirish.

Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:

  • o‘quv jarayonini modul asosida tashkil qilish;

  • bitta fan va kurs kesimida kreditning qiymatini aniqlash;

  • talabalar bilimini reyting asosida aniqlash va baholash;

  • talabalarning o‘z shaxsiy o‘quv rejalarini individual tarzda shakllantirishga imkoniyat yaratish;

  • ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish;

  • ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yiladigan talabdan kelib chiqib o‘zgarishlarni amalga oshirish;

  • talabalarning fanlar va professor-o‘qituvchilarni tanlashi uchun imkoniyatlar yaratish.

Kredit-modul tizimiga o‘tishda bir qator muammoli jihatlarga e’tiborimizni qaratishimiz va bu tizimning afzallik jihatlariga urg‘u berish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, talabaning umumiy yuklamasi auditoriya va mustaqil ta’lim yuklamalaridan iborat. Amaldagi ta’lim tizimida auditoriya yuklamalariga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda, lekin mustaqil ish turlari hali ommalashmagan. Kredit tizimida eng avvalo talabaning mustaqil ishiga jiddiy e’tibor qaratiladi2.
Kredit bu baho emas, balki ish hajmi hisoblanadi. Masalan, talaba 6 kreditlik fanni o‘zlashtirgan bo‘lsa, u 6 kredit hajmidagi ishni bajargan hisoblanadi, ya’ni u ushbu fanning ma’ruzalarida, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida qatnashgan, mustaqil ish topshiriqlarini bajargan hisoblanadi. Demak, bu fanni o‘zlashtirgan talaba uni qanday bahoga o‘zlashtirganidan qat’iy nazar u 6 kreditni qo‘lga kiritadi.
Kredit-modul tizimining mazmun-mohiyatini ochib berishda uni faqat “kredit” va “modul” atamalari orqali izohlash yetarli bo‘lmaydi. Bu atamalar uni ixcham nomlash uchun qo‘llanilgan. Kredit-modul tizimining mohiyatini boshqacha qo‘yidagi usulda ochib berish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni, asosiy tamoyillar, kredit-modul tizimining amaldagi ta’lim tizimidan farq qiluvchi jihatlari qo‘yidagicha3.
Avval ta’kidlab o‘tilganidek, kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari va elementlari qisman O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimiga tatbiq qilingan. Bu yerda kredit-modul tizimining faqat biz uchun yangi bo‘lgan va amaldagi ta’lim tizimida mavjud bo‘lmagan quyidagi muammoli jihati va afzalliklarini va uni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni keltirib o‘tamiz:

  1. Oliy ta’limning samaradorligi. Amaldagi ta’lim tizimida talabalar 1kursdan boshlab yo‘nalishlar va ular ichida tarmoqlar bo‘yicha ajratilib ixtisoslik fanlarini o‘qishni boshlashadi. Ya’ni, biz talabani hali abiturientlik paytidayoq tanlovdan mahrum qilib ixtisoslikka biriktirib qo‘yamiz. Kredit-modul tizimida esa eng avvalo talabaga tanlov imkoni beriladi. Tanlov fanlari semestrdan semestrga oshib boradi.

Ilg‘or xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bakalavriatni ikkita bosqichga ajratish orqali, 1-2 kurslarda tayanch fanlarni, 3-4 kurslarda esa tanlov asosida ixtisoslik fanlarini o‘qitish mumkin. Demak, endilikda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun 4 yil emas, 2 yil yetarli bo‘ladi. Bu esa oliy ta’limning ish unumini, samaradorligini 2 barobar oshiradi.

  1. Talaba-o‘qituvchi” nisbati. Hozirgi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida maxsus fanlarni past kurslardan boshlab rejalashtirish, o‘quv rejalardagi takrorlanadigan fanlarni har xil mutaxassisliklar bo‘yicha alohida o‘qitish, auditoriya soatlari hajmini oshirish kabi holatlar mavjud. Bunday jarayonlar o‘quv yuklamalarining keskin oshishiga sabab bo‘ladi.

Biroq, biz bilamizki oliy o‘quv yurtida bitta o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan yuklama hajmi oliy o‘quv yurti bo‘yicha umumiy o‘quv yuklamasi hajmini talabalar soni asosida hisoblangan o‘qituvchilar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Ya’ni, o‘qituvchilar shtati o‘quv yuklamalari asosida belgilanmaydi, balki talabao‘qituvchi nisbati orqali belgilanadi. Oliy o‘quv yurti bo‘yicha umumiy o‘qituvchilar soni aniqlangandan so‘ng, ushbu asosda kafedralar shtatini shakllantiriladi, bunda esa kafedra o‘quv yuklamalari hajmiga asoslaniladi.
Kredit-modul tizimida talaba-o‘qituvchi nisbati 16:1 va undan ham yuqori bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Bunga auditoriya yuklamalarini kamaytirish, talabaning mustaqil ishi hajmini oshirish, o‘quv rejalarni unifikatsiyalash, darslarni katta auditoriyada tashkil qilish orqali erishish mumkin.


  1. Yüklə 110 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə