Kredit modul va uning afzalliklari



Yüklə 110 Kb.
səhifə3/4
tarix14.03.2023
ölçüsü110 Kb.
#102507
1   2   3   4
Kredit modul va uning afzalliklari

Talabaning mustaqil ish turlari. Amaldagi ta’lim tizimida asosan auditoriyadagi darslarga ko‘proq e’tibor beriladi, talabaning mustaqil ishiga esa jiddiy e’tibor qaratilmaydi, chunki bu faoliyat turi chuqur o‘rganilmagan.

Kredit-modul tizimida esa fan moduli tarkibidagi “O‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi” va o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lmagan “Mustaqil ta’lim” muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishiga: keyslar, topshiriqlar, intervyu, krossvord, viktorina, esse, dayjest, taqdimot, hisob ishi, hisob-chizma ishi, kurs loyihasi, kurs ishi, ilmiy izlanishlar, fan to‘garaklarida qatnashish va h.k.larni misol qilib keltirish mumkin. Bunday faoliyat turlariga rahbarlik qilish uchun alohida o‘quv yuklamalari joriy etilishi maqsadga muvofiq. 4
Mustaqil ta’limga esa vodkastlar, o‘rgatuvchi testlar, virtual trenajyorlar, FAQ, forumlarni misol qilib keltirish mumkin. O‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi va mustaqil ta’lim turlari ro‘yxatini, glossariylarni, ularni qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni zarur darajada shakllantirishimiz mumkin, lekin eng asosiy masala – har bir fan bo‘yicha o‘ziga xos o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi va mustaqil ta’lim turlarini ishlab chiqishdir. Ayniqsa, ushbu mustaqil ish turlarini masofaviy ta’lim platformalarida shakllantirish shu kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Bu jarayonlarni ilg‘or pedagoglarning tajribalarini ommalashtirish orqali jadallashtirish mumkin.

  1. O‘quv rejalarining mosligi. Hozirgi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida bir xil yo‘nalishdagi o‘quv rejalarning turdosh OTMlarda o‘zaro farq qilishini kuzatish mumkin. Kredit-modul tizimi joriy qilinishi bilan esa o‘quv rejalar Bolonya jarayoni ishtirokchi davlatlaridagi o‘quv rejalarga to‘liq mos bo‘ladi va diplomlarning o‘zaro tan olinishiga sharoit yaratiladi. Buning uchun birinchi nav-batda o‘quv rejalarimizning xorijiy o‘quv rejalarga mosligini tahlil qilishimiz zarur.

  2. Ta’lim natijalari. Kredit-modul tizimida ta’lim mazmuni “ta’lim natijalari” asosida rejalashtiriladi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, talabalarga o‘qitiladigan fanlar va ularning mazmuni kelgusidagi kasbiy faoliyat turi uchun qanchalik zarurligidan kelib chiqib shakllantiriladi. Ochig‘i, hozirgi kunda biz bu borada maqtana olmaymiz, chunki o‘quv rejalariga ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra har xil fanlar kirib qolgan. Bu muammoni hozirgi kunda ikki xil usulda yechish mumkin.

Birinchidan – bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha kompetensiyalar jadvalini shakllantirish, professiogrammalarni tuzish zarur. Bu juda aniq, lekin katta hajmdagi ish hisoblanadi.
Ikkinchidan – o‘quv rejalarini xorijiy tahlil qilish zarur. Bunda yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejalari va sillabuslari mazmuniga mo‘ljal olinadigan bo‘lsa kamroq xatoga yo‘l qo‘yiladi va bu ishni mutaxassislik kafedralarining mas’ul o‘qituvchilarining imkoniyatlari darajasida hal qilish mumkin.
O‘quv rejalarini shakllantirib bo‘lganimizdan so‘ng “tanlov fanlari katalogi”ni tuzib, ularni talabalar tanloviga taqdim qilishimiz zarur. Shu orqali o‘quv rejalaridagi fanlar talabalarning qiziqishlariga, kadrlar iste’molchilarining talablariga qay darajada mos kelishini bilib olish mumkin.

  1. Registrator Ofisi. Amaldagi ta’lim tizimida talabalar kontingenti bilan dekanatlar, o‘quv bo‘limi, kadrlar bo‘limi, qabul bo‘limi kabi ko‘plab bo‘linmalar shug‘ullanishadi. Talabalar kontingenti bilan shug‘ullanadigan markazlashgan bo‘linma esa mavjud emas.

Kredit-modul tizimida talabalar kontingenti bilan markazlashtirilgan bo‘linma – Registrator Ofisi shug‘ullanadi. Uning vazifasi - akademik taqvim tuzish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish, qabul komissiyasining ishini tashkil qilish, fanlarga yozilishni tashkil qilish (Enrollment), akademik guruhlarni shakllantirish, kirishda bilimlarini aniqlashni tashkil qilish va uni nazorat qilish, yakuniy nazorat va oraliq attestatsiyalarni tashkil qilish va o‘tkazish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o‘tkazishni nazorat qilish, talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash, transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish, tantanali marosimlarni tashkil qilish va o‘tkazish (bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va tantanali ravishda taqdim etish), talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish kabi vazifalardan iborat bo‘ladi.5
Bu tuzilma kredit-modul tizimida talabaga qaratilgan bo‘linma bo‘lib, uni kredit-modul tizimiga to‘liq o‘tilgunga qadar vaqtincha dekanat va bo‘limlardan xodimlarni jalb qilish orqali tashkil qilish mumkin.

  1. Modulli o‘qitish. Kredit-modul tizimining amaldagi ta’lim tizimidan farq qiluvchi jihatlaridan yana biri shundaki, bunda fanlar modulli asosda tashkil qilinadi va o‘qitiladi. Ya’ni har bir modul (fan va uning bo‘limi) kirish nazorati, nazariy materiallar, amaliy va laboratoriya ishlari materiallari, mustaqil ish topshiriqlari, keyslar, nazorat materiallari, testlar, tarqatma materiallar, glossariy, adabiyotlar, chiqish nazoratlari va h.k. qismlardan tashkil topgan bo‘ladi.

  2. Talabaning shaxsiy traektoriyasi. Kredit-modul tizimida talabalarni hayotda mustaqil bo‘lishga ko‘niktirish amaliyoti qo‘llaniladi. Ya’ni, talabaga o‘z shaxsiy traektoriyasini tuzish va har semestrda boshqa akademik guruhda o‘qish imkoni beriladi.

Shuningdek, talabalarni tabaqalab o‘qitishga jiddiy e’tibor qaratiladi, bunda ilg‘or talabalarni alohida o‘qitish orqali ta’lim samarasi oshirish, ularning akademik yutuqlariga zamin yaratish mumkin.

  1. Yozgi semestr va ekstern imtihonlar. Sust o‘qiydigan talabalarning fanlarni qayta-qayta topshirishlariga chek qo‘yiladi. Fanni birinchi qayta topshirishdan o‘ta olmagan talabaga yozgi semestrda fanni qayta o‘qishga imkon beriladi.

Ilg‘or talabalarga esa semestr boshida ekstern imtihon topshirish orqali kreditlarni oldindan olish imkoni ham taqdim etilishi mumkin.

  1. Baholash tizimining shaffofligi. Amaldagi ta’lim tizimida haligacha “o‘qituvchining o‘zi o‘qitib - o‘zi baholash” amaliyotini kuzatish mumkin.

Xulosa
Kredit-modul tizimida esa o‘qituvchi asosan o‘qitish bilan shug‘ullanadi. Baholashni esa komissiya amalga oshiradi. Ya’ni, pedagoglar “lektor” va “tyutor” larga ajratiladi. Lektor – nazariy bilim beradi, tyutor – nazariy bilimlar asosida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantiradi, oddiy qilib aytganda talabalarni imtihonga tayyorlaydi. Imtihonni esa komissiya qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-iyundagi PQ3775-sonli Qarorida muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtiroki istisno etildi va talabaning o‘zlashtirish darajasi – professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni etib belgilandi. Ya’ni, endilikda “o‘qituvchining o‘zi o‘qitib-o‘zi baholash” usuli kun tartibidan olib tashlandi.



Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə