Kredit modul va uning afzalliklari



Yüklə 110 Kb.
səhifə1/4
tarix14.03.2023
ölçüsü110 Kb.
#102507
  1   2   3   4
Kredit modul va uning afzalliklari



Kredit modul va uning afzalliklari
Farmonova Fayyoza Farhod qizi
Nordic international university
fayyozafarmonova@gmail.com
998 (88)8051906
Annotatsiya: Ushbu tezisda Kredit-modul tizimi dunyoning ilg‘or mamlakatlari oliy ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan tizimlari haqida fikr yuritilgan. Ushbu ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri o‘quv jarayonida asosiy e’tibor talabalarning mustaqil ishlashiga qaratilganligidir. Ushbu maqolada kredit-modul tizimi va uning O‘zbekiston ta’lim tizimida joriy etilishi, ahamiyati, dunyo mamlakatlarining ta’lim tizimida kredit-modul tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari va afzalliklari haqidagi fikrlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar: kredit, modul, kredit-modul tizimi, kredit-soat, Bolonya shartnomasi, Bolonya jarayoni, ECTS tizimi, kredit-modul tizimi imkoniyati, kredit-modul tizimi ahamiyati.
Kirish
Hozirgi davrda mamlakatimizda turli sohalarda, jumladan oliy ta’lim tizimida ham, mamlakatning kelajagi uchun mustahkam poydevor qurish va rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishish uchun ko‘plab islohotlar va ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoniga ko‘ra 2017-2021 yillarda oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida O‘zbekistonning Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilishiga shartsharoitlar yaratildi va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasining Bolonya jarayoniga qo‘shilishining zarurati zamon talabidan kelib chiqib, bir qancha ijtimoiy-siyosiy faktorlarga va ta’lim sohasida ro‘y berayotgan ob’ektiv voqeliklar bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi suveren mamlakat sifatida jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda, demak u hozirgi xalqaro taraqqiyot tendensiyalaridan chetda tura olmaydi. O‘zbekiston Respublikasining Bolonya jarayoni ta’lim tizimiga qo‘shilishi unga dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishni ta’minlaydi va mamlakatimiz ta’lim tizimining xalqaro miqyosidagi reytingini oshishiga olib keladi.
Bolonya jarayoni - bu Yevropa mamlakatlari orasida oliy ta’limni uyg‘unlashtirish jarayonidir. U tushunish oson bo‘lgan va o‘xshash oliy ta’lim darajalar tizimini yaratishni, ta’limda kredit-modul tizimiga o‘tishni, ta’lim sifatini ta’minlashda erkin akademik harakatlanishni va Yevropadagi ta’lim hamkorligini o‘z ichiga oladi. Qisqa qilib aytganda, bu Yevropa mamlakatlarining oliy ta’lim tizimlarini uyg‘unlashtirish, har bir kishi uchun teng ravishda ta’limni ta’minlash, intellektual, madaniy, ijtimoiy, ilmiy va texnologik salohiyatni shakllantirish va mustahkamlash, ta’lim sifatini takomillashtirish jarayonidir.

Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə