Kredit shartnoma № (Milliy va xorijiy valyutada)



Yüklə 301,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix19.12.2023
ölçüsü301,78 Kb.
#152191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kredit shartnomasi shakli 2023

 
2.6
Qarz oluvchi kreditor tomonidan taqdim etilgan kreditdan quyidagi maqsadlarda 
foydalanmaslik majburiyatini oʻz zimmasiga oladi:
 
a)
Qarz oluvchining muddati oʻtgan majburiyatlarini bevosita yoki bilvosita (shu jumladan, 
uchinchi shaxslar orqali) toʻlash,
b)
Uchinchi shaxslarga qarzlarni taqdim etish (nobank moliya-kredit tashkilotlari bundan 
mustasno) va uchinchi shaxslarning qarzlarini toʻlash; 
c)
Qimorxonalar tashkil etish; 


_________________ _________________

d)
Amaldagi qonun hujjatlari va bank kredit siyosatiga asosan ta`qiqlangan boshqa barcha 
maqsadlarga. 
2.7
Qarz oluvchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishni taʼminlash uchun 
qarz oluvchi va/yoki uchinchi shaxslar quyidagi taʼminotlarni taqdim etadi: {
keraksizi istisno 
qilinsin
}: 
a)
{
garov predmeti hisoblangan koʻchar mol-mulk
} garovga qoʻyish toʻgʻrisida garov 
shartnomasini tuzish; 
b)
{
ipoteka predmeti hisoblangan koʻchmas mulk
} garovga qoʻyish toʻgʻrisida ipoteka 
shartnomasini tuzish; 
c)
{
kafil/kafillar
} bilan qarz oluvchining kreditor oldidagi shartnoma yuzasidan 
majburiyatlarini bajarish boʻyicha kafillik shartnomasini rasmiylashtirish. 
3.
 
Tasdiqlash va kafolatlar berish
3.1
Qarz oluvchi yuridik shaxs–tadbirkorlik subyekti boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining 
qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan/roʻyxatdan oʻtkazilgan, oʻz faoliyatini amalga oshirish 
uchun zarur boʻlgan huquqiy layoqatga egaligini tasdiqlaydi. 
3.2
Qarz oluvchi kreditorga taqdim etgan kredit olish bilan bogʻliq boʻlgan zaruriy hujjatlar 
haqiqiyligi, maʼlumotlarning ishonchliligi va hujjatlarning nusxalari asliga toʻgʻriligini 
kafolatlaydi. 
3.3
Qarz oluvchi mazkur shartnoma tuzilayotgan sanaga qadar boʻlgan va kreditor tomonidan 
mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishiga taʼsir koʻrsatuvchi majburiyatlari 
haqidagi maʼlumotlarni kreditorga taqdim etadi. 
3.4
Qarz oluvchi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish imkonini bermaydigan va 
kreditorga maʼlum qilmagan sud ishlarida daʼvogar, javobgar yoki uchinchi shaxs sifatida 
ishtirok etmaydi. 
3.5
Shartnoma tuzayotgan qarz oluvchi xato fikrlar, yolgʻon, zoʻravonlik, tahdidlar, yomon 
niyatli kelishuv yoki ogʻir holatlarga toʻgʻri kelib qolishi taʼsirida emasligini tasdiqlaydi. 
3.6
Tasdiqlash va kafolatlar berishga qarz oluvchi toʻliq hajmda amal qilishi lozim. 
Shartnomada koʻzda tutilgan tasdiqlash va kafolatlar berishga amal qilinmagan yoki lozim 
darajada amal qilinmagan taqdirda kreditor qarz oluvchiga kredit taqdim etishdan bosh tortishga 
haqli. 
3.7
Qarz oluvchi bilan aloqa bogʻlash usuli: mazkur shartnomaning 16 bobida koʻrsatib oʻtilgan 
rekvizitlar, shu jumladan cheklanmagan holda mijozning yuridik manzili___________, telefon 
raqami:_____________ (vakilning uyali aloqa raqami).
3.8
Kreditor bilan aloqa bogʻlash usuli: mazkur shartnomaning 16 bobida koʻrsatib oʻtilgan 
rekvizitlar, shu jumladan cheklanmagan holda 0 800 1 200 200 hamda 1256 (pullik) raqamlar. 

Yüklə 301,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə