Kredit shartnoma № (Milliy va xorijiy valyutada)



Yüklə 301,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix19.12.2023
ölçüsü301,78 Kb.
#152191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kredit shartnomasi shakli 2023

7.
 
Kreditorning huquq va majburiyatlari
7.1
Kreditor quyidagi huquqlarga ega:
7.1.1
kreditlash jarayonida kreditor qarz oluvchining moliyaviy-xoʻjalik holatini 
tekshirishga va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishni taʼminlash uchun qabul 
qilingan garov predmetining haqiqiy holatini tekshirish; 
7.1.2
qarz oluvchini lozim darajada tekshirish bilan bogʻliq boʻlgan toʻliq yoki qisman 
xorijiy tilda tuzilgan hujjatlar davlat tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan talab kilish, 
kreditni soʻndirish jarayonida gumonli va (yoki) shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud 
operatsiyalar bajarilganda operatsiya haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni, jumladan, pul 
mablaglari manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish yuzasidan mijozga murojaat qilish 
hamda taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligiga gumon yoki boshqa zarurat 
paydo boʻlgan taqdirda, tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim qilinishini talab 
qilish; 
7.1.3
qarz oluvchi tomonidan atayin notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki 
qonun hujjatlariga muvofiq soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda, qarz oluvchi 
joylashgan yeri (pochta manzili) boʻyicha oʻrganish, yuridik shaxs mijozning boshqaruv 
organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatish huquqiga ega 
boʻlgan shaxs oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida 
hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 
moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda kredit ajratishni toʻxtatib 
qoʻyish; 
7.1.4
kreditor shartnomada koʻrsatilgan holatlarga oydinlik kiritish uchun qarz 
oluvchidan har qanday maʼlumotni soʻrash, tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishini talab 
qilish, shuningdek, boshqa harakatlarni amalga oshirish; 
7.1.5
kredit taʼminotiga oid barcha talablar bajarilgach, kredit summasini ajratish; 
7.1.6
tegishli toʻlov muddatlari buzilganda, kreditor shartnoma boʻyicha kredit tani, 
kreditdan foydalanganlik uchun foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlov hujjatlari (toʻlov 
talabnomasi, memorial order) orqali undirib olish; 
7.1.7
kreditor shartnoma boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun qarz oluvchining 
hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini, shu jumladan, qarz oluvchi tomonidan 
(oldindan berilgan aksept) bankka berilgan vakolat asosida hisobdan chiqarilgan, 
shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan, shu jumladan, kafillar tomonidan oʻtkazib 
berilgan va toʻlov hujjatida koʻrsatilgan toʻlovning maqsadidan qatʼiy nazar quyidagi 
navbatda yoʻnaltirishga haqli: 
a)
birinchi navbatda – kreditorning majburiyatlarni bajarishga sarflangan xarajatlarini 
shu jumladan, undiruv xarajatlarini qoplash; 
b)
ikkinchi navbatda – neustoykalar (jarima, penya); 
c)
uchinchi navbatda – kreditdan foydalanganlik uchun foizlar;
d)
toʻrtinchi navbatda – asosiy qarz. 
7.1.8
agar ochiq liniya doirasida kredit ajratilgan boʻlsa, kreditor quyidagi holatlardan biri 
yuz bergan taqdirda, liniya doirasida kredit taqdim qilishni toʻxtadi: 
a)
qarz oluvchi mazkur shartnoma hamda alohida shartnomalar boʻyicha oʻz 
zimmasiga olgan majburiyatlarni toʻliq oʻz vaqtida yoki lozim darajada 
bajarilmaganida; 


_________________ _________________

b)
qarz oluvchining faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatuvchi muddati oʻtgan debitorlik 
qarzdorliklari mavjud boʻlganda; 
c)
muddati oʻtkazib yuborilgan kreditorlik qarzlari mavjud boʻlganda; 
d)
taʼminotning bozor bahosi majburiyatlarni kamida 125 foiz qoplashi uchun yetarli 
boʻlmaganda; 
e)
kreditning maqsadsiz ishlatilganligi aniqlansa (bunda kreditor tomonidan ajratilgan 
kredit mablagʻining maqsadsiz ishlatilgan qismi muddatidan oldin qaytariladi); 
f)
taqdim qilingan biznes reja boʻyicha koʻrsatkichlarning bajarilmasligi, belgilangan 
pul tushumlarining biznes reja koʻrsatkichlariga muvofiq emasligi; 
g)
qarz oluvchi yoki kafilning moliyaviy holati yomonlashganligi; 
h)
bank roziligisiz uchinchi shaxslarga kafillik berilishi; 
i)
bank roziligisiz boshqa bank yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlardan qarz va boshqa 
majburiyatlarning olinishi
j)
taʼminot holatining yomonlashishi, uning oʻgʻrilanishi, talon-toroj qilinishi, 
likvidliligining pasayishi, bozor konyukturasi narxlarining kamida 25 foizga pasayib 
ketishi yoki boshqacha holatlar natijasida kredit taʼminlanmay qolish xavfining 
vujudga kelishi, basharti taʼminotni oʻzgartirish yoki qoʻshimcha taʼminot taqdim etish 
boʻyicha bank talabining bajarilmasligi; 
k)
kredit monitoringidan boʻyin tovlashlik yoki bank xodimlari (jalb qilingan 
mutaxassislar)ni monitoring oʻtkazishiga har qanday usullar bilan toʻsqinlik qilishi; 
l)
bankka ushbu shartnomada nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etmasligi yoki 
haqqoniy boʻlmagan hujjatlar va maʼlumotlarning taqdim etilishi
m)
kredit va unga hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan muddatdan 30 kun va 
undan ortiq muddatga kechiktirilishi; 
n)
kredit va unga hisoblangan foizlarni muntazam ravishda kechiktirib toʻlanishi, 
yaʼni, oʻn ikki oy davomida mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 
qaytarish jadvalida qayd etilgan toʻlov muddatini uch va undan ortiq marotaba 
buzilishi; 
o)
kreditlanayotgan faoliyatni amalga oshirilishi jarayonida shartnomaning 6.2.13 
bandi talablarining buzilganligi; 
p)
kredit mablagʻi hisobiga sotib olingan asosiy vosita, agar kredit shartnomasida 
kredit taʼminoti sifatida taqdim etish nazarda tutilgan boʻlsa, qarz oluvchi nomiga 
rasmiylashtirilgandan soʻng 10 bank ish kuni davomida ajratilgan kredit mablagʻi 
taʼminoti sifatida garov shartnomasi asosida garovga qoʻyilmasligi; 
q)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki sud tomonidan bank litsenziyasi 
chaqirib olinganda, ayrim bank operatsiyalari toʻxtatilganda, litsenziya amal qilishi 
vaqtincha toʻxtatilishi oqibatida, vaziyatning jiddiy oʻzgarishi natijasida. 
7.1.9
qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnomaning 12.4-bandida koʻrsatilgan 
shartnomani jiddiy buzish holatlari sodir qilinganligi aniqlagan taqdirda, kreditor 
shartnomani muddatidan oldin bir tomonlama yoki sud tartibida bekor qilib, kredit 
qarzdorliklarini qoplash uchun undiruvni kredit taʼminotiga qaratishga xaqli; 
7.1.10
qarz oluvchi shartnomada belgilangan muddatda qarz summasini muddatida 
qaytarishga qodir emasligidan aniq-ravshan dalolat beruvchi holatlar aniqlanganda, 
kreditor kreditni taqdim etish majburiyatidan voz kechish; 
7.1.11
qarz oluvchi kredit shartnomasi boʻyicha qarzning asosiy summasini qaytarish va 
(yoki) foizlarni toʻlash muddatlarini buzganda, kreditor kredit shartnomasida nazarda 
tutilgan usulda nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan oʻz talabnomasini isteʼmolchiga 
yetkazishga haqli; 


_________________ _________________

7.1.12
qarz oluvchi – yakka tartibdagi tadbirkorning oʻlimida yoki qarz oluvchi – yuridik 
shaxsning qayta tuzilishida kreditor qarz oluvchining huquqiy vorisidan kredit summasini 
muddatidan oldin qaytarish va hisoblangan foizlarni toʻlash hamda mazkur shartnoma 
boʻyicha kelib chiqadigan boshqa toʻlovlarni amalga oshirishni talab qilishga haqli. 
7.2

Yüklə 301,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə