Kredit shartnoma № (Milliy va xorijiy valyutada)


Kreditorning majburiyatlari



Yüklə 301,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix19.12.2023
ölçüsü301,78 Kb.
#152191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kredit shartnomasi shakli 2023

Kreditorning majburiyatlari: 
7.2.1
qarz oluvchi tomonidan shartnomaga asosan kredit (qarz) boʻyicha qarzdorlik 
summasini toʻlash majburiyati toʻliq bajarilgan sanadan boshlab uch ish kunidan 
kechiktirmagan holda mazkur qarz boʻyicha garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish va 
garov sifatida boʻlgan mol-mulkka nisbatan kreditorning huquqlari toʻgʻrisidagi yozuvni 
garov reestridan chiqarish; 
7.2.2
qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay 
yoki qisman bosh tortgan taqdirda, ushbu kredit boʻyicha mablagʻlar berishni toʻxtatib 
qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan 
kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit berish toʻxtatilganligi va uning sabablari 
yuzasidan yozma xabarnoma yuborish; 
7.2.3
kredit shartnomasi buyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga 
kelganda, qarz oluvchi zimmasidagi qarz yuki yanada oshib ketishining oldini olish 
maqsadida muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan boshlab 7 
(yetti) kalendar kuni davomida qarz oluvchi bilan shartnomada kelishilgan har qanday 
aloqa bogʻlash usullaridan, shu jumladan, elektron aloqa vositalaridan yoki qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullardan foydalanib, qarz oluvchiga muddati 
oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida (taqdim etilgan soʻndirish 
jadvalidan kelib chiqqan holda) xabar berish. 
8.
 
Taraflarning javobgarligi.
8.1
Kreditor kreditni asossiz ravishda oʻz vaqtida ajratmagan taqdirda toʻlov kechiktirilgan har 
bir kun uchun qarz oluvchiga kreditning kechiktirilgan summasidan 0,2 foiz hajmida penya 
toʻlash. Hisoblangan jami penya miqdori bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan 
majburiyatning 50 foizidan oshib ketmasligi lozim
8.2
Shartnoma doirasida kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarilishini taʼminlash uchun qarz 
oluvchi mazkur shartnomaning 2.7-bandida qayd etilgan taʼminotlarni taqdim etadi yoki taqdim 
etilishi yuzasidan shartnomalar tuzilishini taʼminlaydi.
8.3
Kredit mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanganligi aniqlansa, maqsadsiz ishlatilgan kredit 
mablagʻi summasiga nisbatan 25 foiz miqdorida bir marotabalik jarima toʻlaydi.
8.4
Qarz oluvchi tomonidan olingan kredit qaytarish jadvalida belgilangan muddatlarda 
toʻlanmagan taqdirda, toʻlov muddati oʻtgan kundan boshlab, muddati oʻtgan kredit summaga 
nisbatan belgilangan foiz stavkasi 1,5 (bir butun oʻndan besh) barobarga oshirilgan holda 
hisoblab undiriladi. 
Qarz oluvchi kredit toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamagan hamda ular yuzasidan muddati oʻtgan 
qarzlar yuzaga kelgan hollarda toʻlov kechiktirilgan har bir kun uchun bankka muddati oʻtgan 
kredit qarzdorligiga nisbatan 0,2 foiz, muddati oʻtgan foiz toʻlovlariga nisbatan 0,2 foiz 
miqdorida penya toʻlaydi.
Penya qarz oluvchi tomonidan muddati oʻtkazib yuborilgan summadan toʻlov amalga 
oshirilishi kerak boʻlgan kundan qarz oluvchi tomonidan muddati oʻtgan majburiyat 
bajarilgunga qadar hisoblanadi. Hisoblangan jami penya miqdori bajarilmagan yoki lozim 
darajada bajarilmagan majburiyatning 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. 


_________________ _________________

8.5
Neustoykalarni toʻlash talabi boʻyicha kreditor unga zarar yetkazilganini isbotlashi shart 
emas. 
8.6
Kreditor shartnomada koʻzda tutilgan neustoykalar va boshqa toʻlovlarni undirishni qarz 
oluvchining kreditorda va boshqa kredit tashkilotlarida ochilgan har qanday hisobvaragʻiga 
toʻlov talabnomasini qoʻyish asosida pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish orqali amalga 
oshirishga haqli. Qoʻyilgan talabnoma mazkur shartnomaga asosan qarz oluvchi tomonidan 
akseptlangan hisoblanadi. 

Yüklə 301,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə