Kredit shartnoma № (Milliy va xorijiy valyutada)


Qarz oluvchining majburiyatlari



Yüklə 301,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix19.12.2023
ölçüsü301,78 Kb.
#152191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kredit shartnomasi shakli 2023

Qarz oluvchining majburiyatlari: 

6.2.1
ajratilgan kredit va unga hisoblangan foizlarni mazkur shartnomaning ajralmas 


qismi sifatida ilova qilingan qaytarish jadvalida belgilangan muddatda toʻlash; 
6.2.2
kreditor tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish;
6.2.3
kreditni olishga va undan foydalanishga bevosita aloqador boʻlgan moliyaviy 
hisobotlar, shartnomalar va boshqa hujjatlar bilan kreditorning toʻsiqsiz tanishishiga 
imkon berish; 
6.2.4
kreditorga toʻlov muddati kelganda qarz oluvchining barcha (har qanday) 
hisobvaraqlaridan oldindan berilgan aksept bilan toʻlov hujjati (toʻlov talabnomasi yoki 
memorial order) orqali shartnomadan kelib chiqadigan har qanday majburiyatlarni toʻlash 
uchun pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish huquqini berish (neustoyka ham shular 
jumlasidan). Qoʻyilgan talabnoma mazkur shartnomaga asosan qarz oluvchi tomonidan 
akseptlangan hisoblanadi. 
6.2.5
oʻzining mulkchilik yoki egalik (tashkiliy-huquqiy shaklining oʻzgarishi, 
taʼsischilar, boshqaruv organlaridagi tarkibiy oʻzgartirishlar va boshqalar) shakli 
oʻzgarishi, qayta tashkil etilishi yoki faoliyatining toʻxtatilishi, shuningdek, joylashgan 
manzilining oʻzgarishi, faoliyat yuritishi uchun taʼsir etuvchi litsenziya va boshqa ruxsat 
beruvchi hujjatlarining bekor qilinganligi, amal qilish muddatlari tugaganligi, 
toʻxtatilganligi, qarz oluvchi bilan aloqa oʻrnatishda foydalanadigan aloqa maʼlumotlari 
hamda aloqa usullarining oʻzgarishi haqida kreditorni 10 kun avval yozma ravishda 
xabardor qilish 
6.2.6
oʻzining moliyaviy yoki mol-mulkiga oid holatini yomonlashtiradigan, uning toʻlov 
qobiliyatiga taʼsir koʻrsatadigan faktlar, shuningdek, koʻrsatilgan holatlarni bartaraf etish 
uchun koʻrilayotgan choralar haqida kreditorga yozma shaklda zudlik bilan xabar berish; 
6.2.7
begonalashtirilayotgan mol-mulk qiymati qarz oluvchi aktivlari balans qiymatining 
25 % dan ortiq boʻlgan va qarz oluvchiga egalik huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulk 
boshqa shaxsning ixtiyoriga oʻtayotgani haqida kreditorni oldindan yozma shaklda 
xabardor qilish; 
6.2.8
kreditorni qarz oluvchi tomonidan ochiladigan barcha hisobvaraqlari va boshqa 
kredit tashkilotlaridan jalb qilinayotgan kreditlari haqida tegishli holat roʻy berishidan 
va/yoki tegishli harakat amalga oshirilishidan 5 ish kuni davomida xabardor qilish; 
6.2.9
hisobotlar uchun qonunchilik tomonidan oʻrnatilgan muddatda kreditorga balans 
manbalari koʻrsatilgan va tegishli maʼlumotnomalar bilan birga moliyaviy va statistik 
hisobotlarni taqdim etish. Kreditorning soʻroviga koʻra, kreditor qarz oluvchining 
moliyaviy holatidan kelib chiqib talab qilishi mumkin boʻlgan barcha zarur maʼlumot va 
hujjatlarni, kredit mablagʻlarini maqsadli ishlatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni 
(shartnoma, hisobvaraq faktura, yuk xati, bojxona yuk deklaratsiyasi va boshqalar) 
belgilangan muddatlarda kreditorga taqdim etilishini taʼminlash, shuningdek, 5 ish kuni 
davomida kredit va unga hisoblangan foizni vaqtida va toʻlaligicha toʻlashga taʼsir 
koʻrsatadigan boshqa holatlar haqida kreditorni xabardor qilish; 
6.2.10
shartnoma imzolangan sanadan 5 ish kunidan kechikmasdan {
keraksizi istisno 
qilinsin
}:
a)
kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish uchun 
{koʻchar yoki koʻchmas mulk}ka
tegishli zarur hujjatlarni kreditorga taqdim etish yoki ularni uchinchi shaxslar 
tomonidan taqdim etilishini taʼminlash; 


_________________ _________________

b)
shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash uchun 
garov/ipoteka haqida shartnoma tuzish yoki shartnoma tuzishni taʼminlash;
c)
shartnomaga asosan kredit taʼminotiga oid barcha talablarni bajarish, jumladan, 
kredit taʼminoti sifatida taqdim qilinayotgan mol-mulklarni (yoki mulkiy huquqlarni) 
kredit muddatiga sugʻurta qilish, garov shartnomalarini qonunchilikda belgilangan 
tartibda rasmiylashtirish, vakolatli organlarda roʻyxatdan oʻtkazish hamda ta`qiq 
qoʻyish yoki taʼminot sifatida kafillik taqdim qilinayotgan boʻlsa, kafillik 
shartnomalarini qonuniy tartibda rasmiylashtirish;
d)
ipoteka shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha barcha harakatlarni 
amalga oshirishda kreditorga barcha zaruriy yordamni koʻrsatish (barcha zarur 
hujjatlarni taqdim etish ham shu jumladan). 
6.2.11
milliy valyutada ajratilgan kreditlar uchun 125 foizdan, xorijiy valyutada ajratilgan 
kreditlar uchun 130 foizdan kam boʻlmagan qiymatdagi likvidli boʻlgan taʼminot turlarini 
taqdim qiladi. Kreditor tomonidan monitoring, undiruv davomida yoki boshqa sabablarga 
koʻra qarz oluvchi tomonidan taqdim qilingan taʼminot kredit majburiyatlarini qoplashga 
yetarli emas, deb topilgan taqdirda, yetarlicha miqdorda qoʻshimcha taʼminot taqdim 
qiladi hamda uni tegishli tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlaydi; 
6.2.12
mazkur shartnoma asosida xorijiy kredit liniyalari hisobidan kredit mablagʻlari 
ajratilgan taqdirda, ushbu kredit mablagʻlari hisobiga asosiy kapitalga kiritilgan 
investitsiyalarning oʻzlashtirilishi haqidagi maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kredit 
sifatida toʻliq hajmda amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda davlat statistika hisoboti 
shakllarida qatʼiy tartibda aks ettiradi; 
6.2.13
kreditlanayotgan faoliyatni amalga oshirilishi jarayonida bankning ekologik va 
ijtimoiy menejment tizimi toʻgʻrisidagi Nizom hamda qarz oluvchi tomonidan taqdim 
etilgan hollarda atrof-muhit va ijtimoiy xatarlarni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar 
talablariga ham amal qilish majburiyatini oladi; 
6.2.14
kreditlanayotgan faoliyatni amalga oshirilishi jarayonida Oʻzbekiston 
Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilish 
majburiyatini oladi, shu jumladan: 
a)
ish joyidagi xavfsizlik normalari; 
b)
bolalar mehnatining yoʻqligi; 
c)
ishchilar bandligiga oid kamsitishlarning yoʻqligi; 
d)
majburiy mehnatning yoʻqligi. 
6.2.15
kreditor tomonidan monitoring, undiruv davomida yoki boshqa sabablarga koʻra 
qarz oluvchi tomonidan taqdim qilingan taʼminot kredit majburiyatlarini qoplashga yetarli 
emas, deb topilgan taqdirda, yetarlicha miqdorda qoʻshimcha taʼminot taqdim qiladi 
hamda uni tegishli tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlaydi; 
6.2.16
kredit mablagʻi hisobiga sotib olingan asosiy vosita, agar kredit shartnomasida 
kredit taʼminoti sifatida taqdim etish nazarda tutilgan boʻlsa, qarz oluvchi nomiga 
rasmiylashtirilgandan soʻng 10 bank ish kuni davomida ajratilgan kredit taʼminoti sifatida 
garovga qoʻyilishini taʼminlaydi; 
6.2.17
qarz oluvchi xorijiy liniya mablagʻlari hisobidan ajratilgan kredit mablagʻini 
muddatidan oldin qaytarish uchun kreditorni 15 kun oldin xabardor qiladi, shuningdek, 
kreditor tomonidan jalb qilingan mablagʻni muddatidan oldin qaytarish boʻyicha xorijiy 
xamkor tomonidan komission toʻlov belgilangan taqdirda, qarz oluvchi ushbu komission 
toʻlovni toʻliq qoplanishini taʼminlaydi (kichik tadbirkorlik subyektlari bundan 
mustasno); 
6.2.18
Kredit shartnomasi muddati mobaynida boshqa banklarda hisob varaq ochishda 
kreditor bilan kelishish; 


_________________ _________________

6.2.19
Bank hisob varaqlariga xizmat koʻrsatish shartnomasi shartlariga ushbu kredit 
shartnomasi muddati davomida oʻzgartirish kiritmaslik. 

Yüklə 301,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə