Kulochokli mexanizmlar Tezliklar diagrammasi Kulochok profilini chiqarish


Turtgich harakat diagrammalarini qurish



Yüklə 97,44 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü97,44 Kb.
#162262
1   2   3
amaliyot 6

Turtgich harakat diagrammalarini qurish
1. Sinusoida ko’rinishdagi qonun (9.2 - a shakl).
Yo’l diagrammasini (S= f ( ) yoki = f ( ) – turtgichning harakat xarakteriga qarab) qurish uchun ordinata o’qi bo’ylab h = 30…50 mm kesma tanlanadi. Bu oraliq turtgichning maksimal yo’liga mos keladi, unda masshtab koeffitsenti
(9.1)
bu yerda: smax - turtgichning maksimal yo’li
Abtsissa o’qi bo’yicha kulochokning buralish burchagini joylashtiramiz va unda u, ut va ya faza burchaklariga mos kesmalar ajratamiz. Bu kesma larning ham teng bo’laklarga ajratamiz (masalan, u va ya faza burchaklarini teng 8 ga).
Abtsissa o’qi bo’yida masshtab koeffitsienti
(9.2)
Yo’l diagrammasini qurish uchun koordinata boshidan
(9.3)
radiusda yarim aylana chizamiz va uni to’rtta teng yoyga ajratib olamiz.

a)

b)

v)










9.2 – shakl

Yoylarga ajratgan nuqtalarni ordinata o’qiga proektsiyalaymiz. Koordinata boshini 8* nuqta bilan tutashtiramiz. Ordinata o’qida hosil bo’lgan a,v, va d nuqtalardan 0 - 8* chiziqqa parallel nurlar o’tkazamiz. a nuqtadan o’tgan nur bilan 6 nuqtadan o’tkazilgan ordinata kesishga nuqtasi 6* nuqtani beradi. b nuqtadan o’tgan nur bilan 5 va 7 ordinatalar bilan kesishgan nuqtalar 5* va 7* nuqtalarni s nuqtadan o’tgan nurlarning 1 va 3 ordinata bilan kesishgan nuqtalari esa 1* va 3* nuqtalarni beradi. d nuqtadan o’tkazilgan nur bilan 2 ordinataning kesish nuqtasi 2* nuqtani beradi. Topilgan 1*,2*,….,8* nuqtalarni lekalo yordamida ravon egri chiziq bilan tutashtiramiz va uzoqlashish fazasida turtgichning yo’l diagrammasini hosil qilamiz. Yaqinlashish fazasida yo’l diagrammasini qurish 9.2 - a shaklda ko’rsatilgan.


Tezlik diagrammasini qurish uchun koordinata o’qlari o’tkaziladi
, (9.4)
va radiuslar bo’yicha yarim aylanalar koordinata bashi O nuqtadan va 17 nuqtadan o’tkaziladi. Bu ifodalarda φu va φya faza burchaklarining qiymatlari radianlarda hisoblanadi. Yarim aylanalarni to’rtta teng bo’laklarga ajratamiz. Bo’lish nuqtalaridan φ o’qqa parallel chiziqlar o’tkazib, ularni mos nuqtalardan o’tkazilgan ordinatalar bilan kesishguncha davom ettiramiz.
Kesishgan nuqtalarni birlashtirib axtarilayotgan diagrammani hosil qilamiz. Masshtab koeffitsienti
(9.5)
Tezlanishlar diagrammasini qurish uchun ham yana yangi koordinata o’qlari o’tkaziladi. Koordinata boshidan (0 nuqtadan) va abstsissa o’qi oxiri (17 – nuqtadan)
va (9.6)
radiuslar bo’yicha yarim aylanalar o’tkaziladi.
Yarim aylanalar to’rtta teng bo’laklarga ajratiladi. Bo’lish nuqtalaridan abstsissa o’qiga parallel nurlar o’tkazilib, ularni mos nuqtalardan o’tkazilgan ordinatalar bilan kesishguncha davom ettiriladi va sinusoida ko’rinishidagi harakat qonuni quriladi. Diagramma masshtabi
(9.7)
Kosinusoida ko’rinishidagi qonun (9.2- b shakl).
Yo’l diagrammasi yoki koordinata o’qlari o’tkaziladi. Ordinata o’qi bo’yicha turtgichning maksimal yo’liga mos keluvchi h = 30…50 mm kesma ajratiladi. Bunda masshtab koeffitsienti
yoki (9.8)

Abstsissa o’qi bo’yicha esa φu, φu.t va φya faza burchaklariga mos kesmalar ajratiladi va ular ham teng bo’laklarga ajratiladi (masalan, 8 tadan).


(7. 9)
radius bo’yicha yarim aylana chizib olinadi va uni ham 8 teng bo’lakka ajratiladi. Bo’lingan nuqtalardan abstsissa o’qicha parallel nurlar o’tkazamiz va ularni mos nuqtalardan o’tkazilgan ordinatalar bilan kesishguncha davom etiramiz. Hosil bo’lgan nuqtalarni tutashtirilsa axtarilayotgan diagramma yuzaga keladi. Masshtab koeffitsienti
(9.10)
Tezliklar diagrammasi. koordinata o’qlari o’tkaziladi. Koordinata boshidan
(9.11)
radius bo’yicha chorak aylana chizib olinib, uni to’rtta teng bo’lakka ajratiladi. Bo’lish nuqtalaridan abstsissa o’qicha parallel nurlar o’tkazamiz va bu nurlarni mos nuqtalardan o’tkazilgan ordinatalar bilan kesishguncha davom ettiramiz. Natijada uzoqlashish fazasida tezlik diagrammasini hosil qilanadi. yaqinlashish fazasida bu diagrammani chiqarish uchun 17 - nuqtadan
(9.12)
radius bo’yicha chorak aylana chiziladi va yuqoridagi jarayon bajariladi. Masshtab koeffitsienti
(9.13)
Tezlanishlar diagrammasi: koordinata o’qlarining boshidan va 17- nuqtasidan mos ravishda
(9.14)
radiuslar bo’yicha yarim aylanalar o’tkaziladi. Bu yarim aylanlarning har birini 8 ta teng bo’laklarga bo’linadi. Bo’lish nuqtalaridan abstsissa o’qiga parallel nurlar o’tkaziladi va ularni mos nuqtalar ordinatalari bilan kesishguncha davom ettiriladi. Topilgan nuqtalarni ravon egri chiziq bilan (lekalo yordamida) tutashtirilsa tezlanishlar diagrammasi hosil bo’ladi, masshtabi
(9.15)


Yüklə 97,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə