Kulochokli mexanizmlar Tezliklar diagrammasi Kulochok profilini chiqarish



Yüklə 97,44 Kb.
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü97,44 Kb.
#162262
1   2   3
amaliyot 6

Parabola ko’rinishidagi qonun (9.2- v shakl) .
Yo’l diagrammasi. yoki koordinata o’qlari o’tkaziladi va ordinata o’qi bo’yicha h = 30….50 mm kesma tanlanadi, bu turtgichning maksimal yo’liga mos keladi
(9.16)
Abstsissa o’qi bo’ylab esa, faza burchaklariga mos ravishda kesmalar ajratiladi. Bu kesmalarni teng bo’laklarga (masalan 8 ta) bo’linadi.
Uzoqlashish fazasining o’rtasidan ( ) = h ordinata o’tkaziladi, va uni 8 teng bo’lakka bo’linadi (9.2-v shakl). Belgilangan a, b, s nuqtalarni koordinata boshi bilan ye, f va d nuqtalarni esa 8* nuqta bilan tutashtiriladi a - 0, v - 0, … d - 8* to’g’ri chiziqlarni 1, 2, 3, … 7 nuqtalardan o’tkazilgan ordinatalar bilan kesish nuqtalarini belgilaymiz. Bu nuqtalar yo’l diagrammasini beradi. Yaqinlashish fazasi ham shu asosda qo’riladi.
Tezliklar diagrammasi: koordinata o’qlari o’tkazilib ( ) va ( ) ordinatalar belgilanadi:
(9.17)
CHizg’ich yordamida 9.2-v shaklda ko’rsatilgandek diagramma chizib olinadi.
Tezlanishlar diagrammasi: koordinata o’qlari o’tkaziladi va undi ( ) va ordinatalar belgilanadi

(9.18)
Bu holda ham diagramma 9.2-v shaklda ko’rsatilgandek chizib olinadi.
Endi kulochok profilini chiqarishga o’tamiz.
Turtgichi rolik bilan jihozlangan va ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi kulochokli mexanizmlarning minimal radiusini aniqlash.
Berilgan ma’lumotlar: yo’l, tezlik va tezlanish diagrammalari, bosim burchagi (9.2- a shakl)
(9.19)
yo’l diagrammasining kulochok buralish burchagi bo’yicha hosilasining funktsiyasi diagrammasi qo’riladi. Ya’ni, koordinata o’qlari o’tkazilib, vertikal - ordinata o’qini s abstsiyassa o’qini ds/dφ orqali ifodalaymiz. s o’qiga koordinata boshidan diagrammadagi (1 - 1*), (2 - 2*), …, (16 - 16*) ordinatalar keltirib qo’yiladi va 1, 2, 3,…,17 nuqtalar hosil qilinadi. Bu nuqtalaradan o’tkazilgan abstsissa o’qiga parallel chiziqlarda diagrammadan ordinatalar qo’yilib ular bilan kesish nuqtalari topiladi.
Topilgan nuqtalarni ravon egri chiziq bilan tutashtiramiz. SHu usulda turtgich yo’li s ning tezlik analogiga bog’liq bo’lgan diagrammasi qo’riladi.
Hosil qilingan yopiq egri chiziqning chetki tomonlaridan urunma chiziqlar o’tkaziladi. O’tkazilgan urunma chiziqlar urinish nuqtalariga taqaluvchi tezlik analoglari yo’nalishlari bilan γmin = 60o burchak hosil qilishi kerak.
Urunma chiziqlar o’zaro kesishgan nuqtani O1 bilan belgilab, kesishmaning pastki qismi shtrixlanadi. Ana shu sohaning istalgan nuqtasi kulochok aylanish markazining geometrik o’rni bo’la oladi, chunki shtrixlangan sohaning istalgan nuqtasidan tezlik analogi vektorlarining oxirini tutashtiruvchi chiziqlar o’tkazsak, qo’yidagi shart bajariladi:



9.3–shakl.

Agar ekstsentrisitet ye = 0 bo’lsa, kulochok aylanish markazi qilib os - chizig’i davomidagi shtrixlangan sohada yotuvchi istalgan nuqtani olish mumkin.


Kulochokning ixcham bo’lishiga erishish uchun kulochok minimal radiusining chizmadagi eng kam qiymatdan 3 - 4 mm kattaroq olish kifoyadir.
Agar ekstsentrisitet berilgan bo’lsa os o’qining o’ng tomonida ekstsentrisitetning chizma qiymati bo’lgan e masofada vertikal chiziq o’tkaziladi. Ana shu chiziqning shtrixlangan sohasidagi istalgan nuqtasi kulochok aylanish markazi bo’lishi mumkin.
Kulochok profilini chiqarish.
Turtgichi rolik bilan jihozlangan va ilgarilanma - qaytma harakatlanuvchi markaziy kulochokli mexanizmini (7.3 - a shakl) kinematik loyihalashda, harakat diagrammalari, faza burchaklari, rmin - kulochok nazariy profilining minimal radiusi va rrol - rolik radiusi kabi parametrlar berilgan bo’ladi.
Loyihalash qo’yidagi tartibda bajariladi:

  1. Masshtab koeffitsienti tanlanadi.

  2. Turtgich yo’l diagrammasi s o’qiga parallel ravishda turtgichning asosiy vaziyatini chizamiz va unda turtgich uchining holatlari 0, 1, 2, … nuqtalarni s = s(φ) diagrammasiga muvofiq belgilaymiz (9.3-shakl).

3. Turtgich uchining qo’yi holati O dan boshlab uning pastki tomonida turtgich o’q chizig’i bo’yicha rmin masofada kulochok markazi O ni belgilaymiz. O nuqtani markaz qilgan holda rmin radiusli aylana o’tkazamiz. Turtgich o’q chizig’idan boshlab kulochok burchak tezligi ωk yo’nalishiga qarama-qarshi yo’nalish bo’yicha kulochokning faza burchaklari φu, φu.t., φya larni belgilaymiz.
Kulochokning profilini hosil qilish maqsadida “harakatni teskari tomonga yo’naltirish” usulidan foydalanamiz, ya’ni bunda chizma tekisligiga kulochok aylanish markazi o nuqta atrofida aylanma harakat beriladi. Aylanma harakatning burchak tezligi kulochokning burchak tezligiga teng bo’lib, yo’nalishi unga qarama-qarshi bo’ladi buning natijasida kulochok qo’zg’almas bo’lib qoladi, chunki uning harakati yig’indisi bo’ladi.


9.4–shakl.
Turtgich esa o’z yo’naltiruvchisi bo’yicha ilgarilanma qaytma harakatda bo’lishidan tashqari, ya’na kulochok aylanish o’qi o nuqta atrofida ham ham aylanma harakat qiladi. Bu harakat jarayonida turtgichning kulachok faza burchaklari φu va φya ga mos keluvchi 17 ta holatlarini tasvirlaymiz.
Har bir faza burchagida to’rtgich holatlari o’zaro teng burchakda joylashadi. So’ngra turtgichning boshlang’ich vaziyatdagi rolik markazlari bo’lgan A nuqtaning holatlarini tsirkul yordamida mos ravishda nisbiy harakatdagi turtgichning 1,2, …17 vaziyatlariga ko’chiramiz. Belgilangan nuqtalar 1, 2, … 17 rolik markazi A nuqtaning turtgichning turli vaziyatidagi o’rnini bildiradi. Hosil bo’lgan nuqtalar uzluksiz egri chiziq bilan tutashtirilsa, kulochokning nazariy profili hosil bo’ladi.
Kulochokning xaqiqiy profilini hosil qilish uchun nazariy profildagi nuqtalarni markaz qilib olgan holda rrol radiusli yoy bo’laklarini o’tkazamiz. CHizilgan yoy bo’laklariga o’tkazilgan umumiy urunma kulochokning xaqiqiy profili bo’ladi.
Turtgichi rolik bilan jihozlangan va ilgarilanma qaytma harakatlanuvchi markaziy bo’lmagan kulochokli mexanizmlarni loyihalash uchun kushimcha ravishda turtgich o’qining kulochok aylanish markazi O nuqtadan siljish masofasi (ekstsentrisitet) ye ning qiymati berilgan bo’ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Фролов К.В ва б. Механизм ва машиналар назарияси. – Т.: Укитувчи, 1990.

  2. Джураев А ва б. Механизм ва машиналар назарияси. – Т.: Укитувчи, 2004.

  3. Karimov R.I, Saliyev A. Mexanizm va mashinalar nazariyasi fanidan o’quv qo’llanma. T.: ToshDTU, 2006.

  4. Abduvaliyev U.A., Karimov R.I. “Amaliy mexanika” faninig “Mashina va mexanizmlar nazariyasi” bo’limidan kurs ishini bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma – T,ToshDTU, 2008.

Yüklə 97,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə