Kurs ishi “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda maktabgacha taʼlim tashkiloti va oila hamkorligi” mavzusidagi Ilmiy rahbar


II.BOB BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI VA OILA HAMKORLIGINING AMALIY ASOSLARI



Yüklə 166,69 Kb.
səhifə6/10
tarix22.03.2024
ölçüsü166,69 Kb.
#180636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xamidullayeva Feruza

II.BOB BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI VA OILA HAMKORLIGINING AMALIY ASOSLARI
2.1 Oilaning bolani maktabga tayyorlashdagi o’rni
Bolalarni maktabga tayyorlashda oila alohida ahamiyat kasb etadigan maskandir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak mas’uliyat hissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir.
Oila bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama, jumladan, ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Ma’naviy tarbiyani bolaga o‘tmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi yo‘lida kurashgan xalq qahramonlari haqidagapirib berish, davlatimizning ramziy belgilari bilan tanishtirish, mustaqillik, Vatan haqidagi she’r va qo‘shiqlarni yod oldirish, qadriyat va an’analarimizni o‘rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadiki, boshqa hech qaysi tarbiya obyektivi oiladagidek yuqori natija bermaydi. Ularga insonparvarlik, mehr-muruvvat, rahm-shafqat, hamdardlik,muomala madaniyati, burchi va sadoqat minnatdorchilik kabi insoniy fazilatlar turadi. Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim o‘rni bor. Oila davrasida qo‘shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davrasida o‘qish, birga spektakl, kino ko‘rish va tahlil qilish, kiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish qilish, rasm solish va hokazolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir. Ota-onalar voyaga yetayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga o‘ta mas’uliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badantarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, to‘g‘ri va vitaminlashtirilgan ovqat berish, dam olishni, uyquni to‘g‘ri tashkil etish, vaqtida shifokor nazoratidan o‘tkazishlari zarur.
Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda mehnat qilish odobini shakllantirish va ko‘nikmalar hosil qilishda, ularning qiziqishlari hisobga olingandagina erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga, mehnatga ehtiyojini tarbiyalashga, boshqalarning mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini ehtiyot qilishga o‘rgatishga jiddiy e’tibor berishlari lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek, maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni oilada tarbiyalashni, ota-onalar bilan hamkorlikni bundan keyin yanada takomilishtirish yo‘llarini izlab topish oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini mustahkamlash maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlari pedagogik omillar, bu sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchilar va tarbiyachi metodistlarning muhim vazifasidir. Bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatidagi vazifadir. Uning to‘g‘ri hal qilinishi tarbiya ishining yo‘lga qo‘yilishiga majmuaviy yondashuvga ta’lim tashkilotlari, oila va jamiyatchilikning to‘liq o‘zaro ta’siri va harakatlarning birligiga bog‘liq.
Bolalar maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar haqida gapirar ekanmiz, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni oilada ptarbiyaning ota-onalar bilan hamkorlikda, bundan keyin yanadatakomillashtirish yo‘llarini izlab topilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini mustahkamlashda MTT xodimlari, pedagog olimlar, va metodistlarning o‘rni juda katta.
MTTning oila bilan ishlash shakllari «O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya tashkilotlarida, shuningdek, MTTga jalb qilingan bolalar uchun bolalar bog‘chasida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bola kunning asosiyqismini MTTda o‘tkazsa ham, inson kamoloti uchun eng muhim bo‘lgan omillardan biri tarbiyaning tamal toshi oilada qo‘yiladi. Shu sababli ham maktabgacha pedagogikaning asosiy maqsadi bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga har tomonlama tayyorlashda MTT bilan oila hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
MTTning oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotning ota-onalar bilan ishlashida keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTT xodimlari ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakllarini keltiramiz.
Bola oilasi bilan aloqalarni o‘rnatish shakllaridan biri dastlabki pedagogik topshiriqni bajarish jarayonidagi ota-onalar va tarbiyachining muloqotida aks etadi. Pedagogik topshiriqning bir necha turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bolalar bilan uzluksiz (yakka, guruhiy, jamoaviy) ishlash, faol tarbiyaviy nuqtai nazarni talab etuvchi topshiriq: bolalarning qiziqishlari bilan bog‘liq to‘garaklarga rahbarlik qilish va boshqalar.
Tarbiyachiga tashkiliy yordam ko‘rsatishni talab etuvchi topshiriq: ekskursiyani tashkil etishga yordamlashish (transport, yo‘llanma bilan ta’minlash); taniqli kishilar bilan uchrashuvlarni tashkil etishga ko‘maklashish; guruh xonasini jihozlashga yordamlashish.
Xo‘jalik vazifalarini hal etishga qaratilgan, ta’lim tashkilotsining moddiy bazasini rivojlantirish va mustahkamlashni talab etuvchi topshiriq: xonalarni jihozlash, o‘quv jihozlari va qurollarini tayyorlashga ishtirok etish; ta’mirlash ishlariga yordam berish.
Pedagogik topshiriqlarning sanab o‘tilgan mazkur turlari otaonalarning ijtimoiy ishlarining barcha turlarini qamrab olmaydi. Ota-onalarga ular nima bilan shug‘ullanishni xohlayotganliklari bo‘yicha savol bilan murojaat va anketa to‘ldirishni taklif etish mumkin.
Ota-ona va oila bilan individual ishlash. Bunda oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahat berish, ota-onalarni bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotsidagi hayoti bilan tanishtirish kabilar kiradi. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar: bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlislari, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savoljavob kechalari.

Yüklə 166,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə