Kurs ishi “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda maktabgacha taʼlim tashkiloti va oila hamkorligi” mavzusidagi Ilmiy rahbar



Yüklə 166,69 Kb.
səhifə4/10
tarix22.03.2024
ölçüsü166,69 Kb.
#180636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xamidullayeva Feruza

Ko‘rsatmali ishlar: - ishning bu turi ko‘rgazmalar uyushtirish, bоlalarning ishlarini namоyish qilish, оchiq eshiklar kuni, оta-оnalar burchagi, оta-оnalar uchun kutubxоnalar tashkil qilish. - bоlaning оilasini bоrib ko‘rish va оila a’zоlari bilan yaqindan tanishish. - ota-оnalar pedagоgik ta’lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Xulоsa qilib, bоlalar maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi оmillar haqida gapirar ekanmiz, maktabgacha ta`lim yoshidagi bоlalarni оilada tarbiyaning оta-оnalar bilan hamkоrlikda, bundan keyin yanada takоmillashtirish yo‘llarini izlab tоpilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Оilaviy tarbiyaning ijtimоiy tarbiya bilan aloqasini mustahkamlashda maktabgacha ta`lim tashkiloti xоdimlarining, pedagоgik оlimlarning, bu sohada ilmiy ish оlib bоruvchi tadqiqоtchi va metоdistlarning o‘rni juda ham kattadir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi:
bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni bilan tanishtirib borish;
 ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;
 ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, malakalardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);
 bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o‘rganish va ommalashtirish.
Bola maktabgacha ta’lim tashkilotida egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni esa bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida qo‘llansa, istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin. Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlarni ko‘ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quvvatlash vash u asosida ota-onalar e’tiborini bola tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim.
Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib berish, shuningdek bu tadbirlarni o‘tkazish vaqtlari va unga ma’sul bo‘lgan shaxslar belgilanadi. Otaonalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi, metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi – pedagog amalga oishiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi.
Bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin. Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim otaonalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma papkalardan foydalanish. Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad – oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi, qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan tanishish, shuningdek, ota-onalarni bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarni o‘rganib, ommalashtirishdir.
Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do‘st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga har gal borishidan avval o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak. Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular o‘rtasida ishonchli aloqa o‘rnatilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to‘g‘risida (ota-onalarning fe’latvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to‘g‘risida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun avval ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini bilib oladi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni o‘qib va hikoya qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta’lim - tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo‘yicha tavsiyalar beradi. Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim tashkilotiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday kiyinayotganini ko‘radilar va bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar. Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak. Otaonalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishni taqozo etadi. Masalan: bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to‘g‘risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida; maktabgacha ta`lim tashkilotlarining yillik ish rejasi to‘g‘risida; ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir. Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.
Ota-onalar majlisi. Ota-onalar majlisiga maktabgacha ta’lim tashkilotidagi hamma guruh bolalarining ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va bitta guruh bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin. Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar qo‘mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishtiriladi. Bunda majlisda mudira yoki metodist-tarbiyachi ma’ruza qiladi, ota-onalar so‘zga chiqishadi, bolalar gapirishadi. Bular ta’lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi, ota-onalarning o‘z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, ularda Maktabgacha ta’lim tashkilotiga qiziqish uyg‘onadi. Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalarning ota-onalari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi. Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya berishda oilaning roli» bo‘lsa, o‘rta guruhda o‘tkaziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalashda Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga hurmatni tarbiyalash» va hokazo bo‘lishi mumkin.
Ota-onalar uchun tayyorlangan ma’ruzani bolalar ishini, tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib olib borish mumkin. Bolalar hayoti,faoliyati to‘g‘risidagi misollardan foydalanganda ijobiy materiallar ko‘proq bo‘lishi kerak, salbiy faktlarni gapirishda ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik,tanqid qilinuvchilarning nomlari ko‘rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali otaonalarga etkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.
Yilning oxirida o‘tkaziladigan guruh majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning rejalari, haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol otaonalar ham hisob beradilar va faollarning yangi tarkibi saylanadi. Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish. Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi.Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi diagrammalar,bolalar bilan olib boriladigan ta’lim - tarbiya jarayonlari, bolalar hayotini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalarning ishlari o‘rin oladi.
Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ishning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalarni qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi bo‘ladi. Ota-onalar uchun ochiq eshiklar kunlari tashkil etilishi ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning faoliyatlari: mehnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada ularining qanday tutushlari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi. Ota-onalar qo‘mitasi. Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim tashkilotining Ustavi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun tuziladi. U otaonalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu qo‘mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1-2 vakil saylanadi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lim tashkilotining xo‘jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita a’zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, o‘tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir. Ota-onalar qo‘mitasi bolalarning ota-onalar bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi.



Yüklə 166,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə