Kurs ishi “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda maktabgacha taʼlim tashkiloti va oila hamkorligi” mavzusidagi Ilmiy rahbar



Yüklə 166,69 Kb.
səhifə8/10
tarix22.03.2024
ölçüsü166,69 Kb.
#180636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xamidullayeva Feruza

Pedagogik maslahat – MTT tomonidan ota-onalarga maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarini samarali tarbiyalashga doir muammolarni hal qilishda ko‘rsatiladigan amaliy-metodik yordam. Maslahatning pedagogik-psixologik shartlari o‘zida tarbiyachi va psixologning, otaonalarning tashabbuslariga ijobiy munosabati, oilaga yordam ko‘rsatishga tayyor turish, ota-onalarda paydo bo‘lgan savollar bo‘yicha aniq tavsiya maslahatlar berishni aks ettiradi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni MTTda otaonalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muho-kama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib berish, shuningdek, bu tadbirlarni o‘tkazish vaqt-lari hamda unga mas’ul bo‘lgan shaxslar (kuzatuv guruhi) belgilanadi. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi-pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘ligini saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi. Tarbiyachilarning ota-onalar bilan olib boradigan ishlari shakl va metodlarini tavsiflashdan oldin ularning o‘zaro birgalikdagi faoliyati, shu bilan birga oila bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish usullarining ba’zi psixologik-pedagogik ta’sirlariga to‘xtalib o‘tish lozim.
Birinchi qoida. MTT va tarbiyachilarning oila va jamoatchilik bilan olib boradigan ishlari asosida ota-onalarning obro‘sini oshirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan harakat va tadbirlar tuzishi kerak. Otaonalar bilan maslahatlashganda, hech vaqt «qilishingiz kerak», «majbursiz» kabi jumlalarni ishlatmaslik ma’qul. Chunki ko‘pchilik otaonalar o‘z majburiyatlarini yaxshi biladilar, faqat amaliyotda ular ana shu bilganlarini qanday amalga oshirish muammosiga duch kelishlari mumkin. Tarbiyachi va ota-onalarning o‘zaro munosabatlarining yagonato‘g‘ri shakli – bu o‘zaro hurmat. Qachonki, nazorat shaklida tajriba almashish, maslahat va birgalikda muhokama, yagona qaror shakllantirilsa, ikkala tomon uchun ham qoniqish hosil qiladi. Bunday munosabatlarning qimmati shundaki, tarbiyachilarda ham, ota-onalarda ham shaxsiy javobgarlik hissini, talabchanlik, fuqarolik burchini rivojlantiradi. Ota-onalarning ish joylariga “Rivojlanish xaritasi”, “Ochiq jurnal” kabilarni olib borish kutilgan natijalarni bermaydi. Otaonalar bilan suhbatda “qora ro‘yxat”dagi ma’lumotlardan foydalanish ham yaxshi foyda bermaydi, chunki birinchidan, ota-onalarda bolalaridan norozilik paydo bo‘ladi, ikkinchidan talim tashkilotsiga nisbatan ularda salbiy munosabat shakllanadi. Keyin ota-onalar ta’lim tashkilotsiga borgisi kelmasligi, ular bolalari haqida yomon fikr aytganliklari uchun ko‘ngli tortmasligini aytib arz qiladi. Ba’zan bunday holat oilada ota-ona munosabatlari yomonlashuviga ham olib keladi. Oxir-oqibat bolada ta’lim tashkilotsiga nisbatan ham, tarbiyachilarga nisbatan ham salbiy munosabat hosil bo‘ladi. Tarbiyachi tarbiyaviy ish shakl hamda metodlarini tanlashda qabul qilingan qaror va talab bolalar ko‘z oldida ota-onaning obro‘sini mustahkamlash, oshirishga imkon berishini hisobga olishi kerak.
Ikkinchi qoida. Ota-onalarning tarbiyalovchi imkoniyatlariga ishonish, ularning pedagogik madaniyati darajasi va tarbiyalashdagi faolligini oshirish. Ko‘pchilik ota-onalar psixologik jihatdan barcha talablarni qabul qilishga tayyor bo‘lishsa ham, biroq shunday ota-onalar borki, bolalarni tarbiyalashga mas’uliyat bilan yondashish va bujarayonni chuqur tushunishga doir yetarlicha ma’lumotga va pedagogik tayyorgarlikka ega emas.
Uchinchi qoida. Pedagogik takt, oila hayotiga nojo‘ya aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi. Tarbiyachi – rasmiy shaxs, biroq u o‘z faoliyatida oila hayoti-ning maxfiy tomonlariga, “boshqalar”dan sir saqlanadigan tomonlariga ham daxldor bo‘ladi. Yaxshi tarbiyachi oila uchun begona bo‘lmaydi, ota-onalar yordam qidirganlarida ularning bu vaziyatdan chiqishlariga ishonadi, maslahat beradi. Oila qanday bo‘lishi, ota-onalar tarbiyachilar bilan qanday bo‘lishlariga qaramasdan, tarbiyachi hamma vaqt uddaburon, yordamga tayyor bo‘lishi kerak. Oila haqidagi hamma narsaga yaxshi tomondan e’tibor qaratishi, tarbiyada ota-onalarga yordam ko‘rsatishi kerak.


Yüklə 166,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə