Kurs ishi “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda maktabgacha taʼlim tashkiloti va oila hamkorligi” mavzusidagi Ilmiy rahbar



Yüklə 166,69 Kb.
səhifə7/10
tarix22.03.2024
ölçüsü166,69 Kb.
#180636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xamidullayeva Feruza

Ko‘rsatmali ishlar – tarbiyachi-metodist tomonidan MTT jamoasi bilan hamkorlikda yoki shaxsiy tashabbusi asosida subyektlar, obyekt va jarayon bilan bevosita tanishish maqsadida tashkil etiladigan amaliyko‘rsatmali tadbirlar sanaladi.
Bu turdagi ishlar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1. Ko‘rgazmalar uyushtirish (bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun kutubxonalar tashkil qilish).
2. Bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a’zolari bilan yaqindan tanishish.
3. Ota-onalarga pedagogik ta’lim berish.
Pedagogik majburiy o‘qishni ilk yosh guruhdanoq ota-onalar bilan boshlash lozim, chunki ayni shu paytda MTTga, pedagogik ma’rifatparvarlikka munosabat paydo bo‘ladi. Agar birinchi mashg‘ulotni MTT mudiri o‘tib bersa, juda yaxshi bo‘ladi. Pedagogik majburiy o‘qishda parallel guruhlar birlashtirilishi ham mumkin. Ko‘pgina ta’lim tashkilotlarida ota-onalar uchun pedagogik ma’ruzalar va majburiy o‘qish bilan taqqoslaganda, ota-onalarning tarbiya nazariyasini egallashlari bo‘yicha murakkab ish shakllaridan birihisoblangan pedagogik ta’lim universiteti ishlaydi.
Mashg‘ulotlar ham ma’ruza, ham seminar tarzida tashkil etiladi. Albatta, hamma ota-onalar auditoriyasi bunday ish shakliga tayyor emas. Tez-tez ta’lim tashkilotlarida bunday “uni-versitet” tizimi ishlari soddalashlashtirib turiladi, nomi o‘zgarmasdan qolsa ham, mazmuniga o‘zgartirishlar kiritiladi.
MTTda tarbiya jarayonini tashkil etish muammolari bo‘yicha otaonalarning an’anaviy yillik ilmiy-amaliy anjumani shakllantiriladi. Oila tarbiyasiga doir dolzarb muammo aniqlab olinadi. MTT va oilada butun yil davomida uni nazariy va amaliy o‘rganish amalga oshiriladi. Shundagina anjuman haqiqatdan ham yakuniy bo‘lishi mumkin. Ochiq eshiklar kuni yoki MTTda ota-onalar kuni juda katta tayyorgarlikni talab etib, odatda uni bolalar bir guruhni tugallab, keyingi bosqichga o‘tishlariga mo‘ljallanadi. MTT maxsus jihozlanadi, navbatchilar belgilanadi, ajoyib bayram dasturi tayyorlanadi.
Bayram o‘tkazishning namunaviy tuzilishi:
1) majlislar zalida o‘ttiz daqiqa davomida turli guruh ota-onalari uchun MTT faol tarbiyalanuvchilarining chiqishlari tashkil etiladi, eng yaxshi guruh va alohida tarbiyalanuvchilar belgilanadi;
2) guruhlar bilan tanishish (tarbiyalanuvchilar ota-onalarga qanday yashayotganliklari, qanday ta’lim olayotganliklari, nimani o‘rganganliklari, o‘zlarining ko‘nikma va malakalarini namoyish etishadi; maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari suvenirlar tayyorlashadi va ota-onalarga topshirishadi);
3) ko‘rgazmalarga tashrif buyurish: “Eng yaxshi rasmlar”, “Eng yaxshi qo‘lda bajarilgan ishlar”, “Kichik musavvirlar va konstruktorlar” va boshqalar;
4) ota-onalar qo‘mitasi sovrini uchun tashkil etilgan sport musobaqalari;
5) tarbiyalanuvchilarning badiiy film ko‘rishi;
6) ota-onalar uchun film namoyish etish.
Albatta, bunday ochiq eshiklar kunini o‘tkazish variantlari ko‘p.
Eng asosiysi – MTTda olib borilayotgan ishlarni namoyish etish, otaonalarning e’tiborini tarbiyaviy masalalarga qaratish.
Ota-onalar majlisi – an’anaviy, hammaga yaxshi ma’lum bo‘lgan ish shakli. Shu bilan birga bugun majlis o‘tkazish metodikasi uni takomillashtirishni talab etadi. Guruh majlisini tashkil etishga yondashuvlardan biri – majlis mavzularini muammoli tarzda shakllantirish: “Qiyinchiliklardan qochish yoki ularni chetlab o‘tishbolalarni tarbiyalashga yordam beradimi?”, “Rahmdil, g‘amxo‘r qilib tarbiyalashni kechiktirish mumkinmi?”, “Bolalardagi dangasalikni qanday yo‘qotish kerak?”, “Bolalarni o‘zini-o‘zi tarbiyalash ishlariga qanday jalb etish kerak?” Faqatgina muammo shakllantirilib qolmasdan, o‘tkazish uchun qiziqarli ham bo‘lishi kerak. MTTda tashkil etiladigan individual ishlar ota-onalar bilan ishlashda muhim o‘rin tutadi. Individual ish shakllaridan biri – tarbiyalanuvchining oilasiga tashrif buyurishdir. Bu shakl tarbiyachi va ota-onalarga juda yaxshi ma’lum, biroq, ikki holatda tashrif buyurish to‘xtatilishi zarur. Oilaga tashrif buyurish oldindan kelishilgan holda amalga oshirilishi zarur.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, bugun 90% bolalar ota ham, ona ham ishlaydigan oilalarda tarbiyalanadi. Demak, har qanday vaqt ham tarbiyalanuvchi oilasiga tashrif buyurish uchun qulay emas. Noo‘rin tashrif buyurish biror ish bilan mashg‘ul bo‘lib turgan ota-onalarda norozilik uyg‘otishi mumkin. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, tarbiyachi uyga borganda kim bilan suhbatlashishni ham rejalashtirmaydi. Oila tarbiyasiga doir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, «taklif bo‘yicha tashrif buyurish» tarbiyachining oilaga tashrif buyurishiga nisbatan tarbiyalanuvchilarning salbiydan ijobiy, faolgacha bo‘lgan radikal munosabatlarini o‘zgartiradi.

Yüklə 166,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə