Kurs ishi mavzu : Jahon xo`jaligida globalizatsiyaning asosiy yo`nalishlari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#136050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
A Muhammadshukurov Kurs ishi mavzu jahon iqtisodiyotini globallashuv

Kurs ishining maqsadi kapital bozorining xususiyatlarini o'rganish va ochib berishdir. Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalarni hal qilish kerak: kapital va foizlarning mohiyatini ochib berish, kapitaldan foydalanish narxi sifatida.
Kurs ishining vazifasi: ushbu kurs ishining vazifasi shundan iboratki xalqaro capital bozori, uning rivojlanish qonuniyatlari, xalqaro capital aylanishi, haqida talabalarga bilim ko’nikma malakalarni shakllantirishdir.

1.bob. Jahon xo`jaligida globalizatsiyaning asosiy yo`nalishlari.
1.1. Jahon xo`jaligida globalizatsiyaning asosiy yo`nalishlari.
Globallashuv (globalizatsiya) lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan uni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. “Global” tushunchasi lug‘aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida “umumiy”, lotin tilida esa “globus”, “Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o‘ziga qamrab oladi.
Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan. Globalizatsiya atamasi birinchi bo‘lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo‘llanilib kelingan. Ammo bu so‘zning to‘liq ma’nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to‘liq ochib berilgan.
“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e`tibor berilgan. O`z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart “Tushunchalar ma`nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi” - deb yozgan edi. Ayni shu ma`noda dastlab biz “globallashuv” tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu so‘zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv - Jahon xo‘jaligi rivojlanishining ob’ektiv jarayoni bo‘lib, juda ko‘p ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo‘jaligining o‘zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm - fan texnika texnalogiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga ko‘maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv - butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Globallashuvga qarshi harakatlar ham mavjud bo‘lib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan muammolarni oqibati salbiy deb e’tirof etishadi. Bunday tashkilot, uyushma, harakatlarga Green, AntiDaos kabi bir necha antiglobilistlarni kiritish mumkin. Globallashuv bosqichiga mintaqalashuv bosqichini bosib o‘tish lozim.
Vaholanki, globallashuv yaxlit jarayonlarni o`z ichiga qamrab oladi. A.Ochildievning ta`kidlashicha, “eng umumiy ma`noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga dahldor ekanini anglatadi”. V.I.Danilov-Danil`yan esa “Globallashuv ko`proq mantiqdan emas, balki tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so`zdir. Globallashuv jihatlarining o`zaro aloqadorligini aniq va ravshan tahlili mavjud emas”, - deb yozgan edi. YUqoridagi ta`riflardan ko`rinadiki, globallashuv jarayoni o`zining murakkabligi va serqirraligi bilan alohida ajralib turadi. SHuning uchun ham S.Otamuratov “globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo`lish xususiyatlari turlicha bo`lib dunyoning o`zgarishiga o`tkazayotgan ta`sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo`lmoqda”. 1980-1990 yillar bo’sag’asida “globallashtirish” tushunchasi yangi talqinga ega bo’ldi: asli yaponiyalik keyinroq amerikalik mashhur iqtisodchi K.Ome ta'riflab bergan mazkur atamaning ommaga tushunarli bo’lgan ifodasidan jahon xo’jaligi rivojlanishining nisbatan yangi qirralari va tavsiflari, uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan farqlanuvchi hozirgi holatini ko’rsatish uchun tatbiq eta boshladilar.
Proffesor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xo’jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish – bu erkin savdo to’g’risidagi bitimlar uyg’unligi, jahonni yagona va o’ta raqobatli bozorga aylantirgan Internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir”, degan taklifni kiritadi.
Jahon olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda «Globallashuv» tushunchasiga turli ta’riflar berilmoqda va unga turli qarashlar va munosabatlarni bildirish davom etib kelmoqda. Lekin uning er kurrasining bir butunligini ifodalash va barcha soqalarning «yagonaligini» ta’minlash jarayoni, omili sifatida qarash umumiy qarashlardan ustuvor bo‘lib kelmoqda. Jumladan, rus olimi I. Burikova globallashuvni jarayon sifatida qaraydi va olimlar tomonidan unga nisbatan qarashlarni umumlashtirib, uning uchta asosiy jihatini ko‘rsatadi:
Bilim jiqatlari - globallashuv jarayoni haqida nimalar ma’lumligi.
Emotsional - bu ma’lumotga qanday yondoshuv zarurligi.
Axloqiy - nima qilish kerak ekanligi.
Uning ta’kidlashicha, Sankt-Peterburg Universitetining siyosiy psixologiya fakulteti psixologlari globallashuvni jaxrnda siyosiy qokimiyatning yangi shakli sifatida tushunadilar. Bu siyosiy hokimiyat yangi shakllarining instrumentlari quyidagilardir:
informatsion globallashuv - informatsiya sohasidagi o‘zgarishlar;
iqtisodiy globallashuv - iqtisodiy soqadagi o‘zgarishlar;
mintaqaviy globallashuv - hududlar va chegaralar sohasidagi o‘zgarishlar;
demografik globallashuv globallashuvning asosiy instrumenti bo‘lib, insondagi barcha asosiy o‘zgarshdlarni o‘ziga qamrab oluvchi o‘zgarishlardir.
SHuningdek, muallif ularning har birining o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil fikr yuritgan.
Yana bir rus olimi L.E. Grininning fikricha, «Globallashuv mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir».U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi ta’rifni beradi. «Globallashuv - bu jarayon, uning natijasida dunyo o‘zining barcha sub’ektlariga yanada aloqador va yana qam bog‘liq bo‘ladi».
Rus olimlaridan yana biri professor A.G. Kosichenko qam globallashuvga jarayon sifatida qaraydi. U shunday yozadi: «Globallashuv ko‘p o‘lchamli jarayon, u o‘z ta’sir doirasiga gurli usul va vositalar bilan barcha soqalarni qamrab oladi». Ayni paytda uning fikricha, «iqtisodiyotning o‘ziga xos qukmronlik ta’siri bugun jahon hayotining barcha sohalarida namoyon bo‘lmoqda».'
2006 yilda «Globallashuv» tushunchasi va uning turli sohalarga o‘tkazayotgan ta’sirini aniqlashga bag‘ishlangan jahonning etakchi olimlari qamkor-ligida «Globalistika mejdunarodnsh mejdissiplinarnsh ensik-lopedicheskiy slovar» tayyorlanib e’lon qilindi. Unda globalla-shuv tushunchasiga olimlar turlicha ta’rif berganlar va uning ta’-sir doirasini aniqlashga qarakat qilingan. Jumladan, amerikalik olim T.Fridman bu qaqda shunday ta’kidlaydi: «Globallashuv - bu «sovuq urush tizimini» almashtirgan yangi tizim». Keltiril-gan fikrdan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiyotda kechayotgan globallashuv jamiyat, mamlakat va xalqlar qayotining barcha soqalariga o‘zi-ning ta’sirini o‘tkazmoqda. SHuning bilan birga uni o‘z davrida jahonni larzaga solgan va butun insoniyatga xavf tug‘dirgan «sovuq urush» bilan tenglashtirgan mualliflar qam bor. Haqiqatdan qam, yuqorida mualliflar tomonidan ilgari surilayotgan fikrlarda globallashuvning iqtisodiyotga, siyosatga va jahon miqyosidagi jarayonlarga o‘tkazayotgan ta’siri keng qamrovli ekanligi ko‘rsatib berilgan. Ayniqsa uning iqtisodiyotga o‘tkazayotgan ta’siriga asosiy e’tibor berilganligini ta’kidlash lozim. Haqiqatan qam iqtisodiyotdan manfaatdor bo‘lmagan insonning o‘zi yo‘q. U inson h.ayot kechiri-shining moddiy asosini tashkil qiladi. SHuning uchun qam iqtisodiyotdagi globallashuv milliy ma’naviyatda ham o‘z ifodasini topadi. Afsuski, yuqorida mualliflar tomonidan bildirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, globallashuvning milliy ma’naviyatga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri e’tibordan chetda qoldirilgan. Bu jarayonda iqtisodiy globallashuv milliy ma’naviyatning globallashuvida vosita vazifasini bajaradi. Ana shu muqim jiqat mualliflar e’tiboridan chetda qolganligini ko‘rish mumkin. SHuning bilan birga T. Fridmanning globallashuvning «sovuq urush» siyosati bilan tenglashtirilganligi zamirida ham katta ma’no bor. Haqiqat-dan ham bugun u butun insoniyat, ayniqsa uning oliy qadriyatlari-dan biri bo‘lgan millatlar taqdiriga solayotgan tahdidini «sovuq urush» siyosatiga tenglashtirish mumkin. Respublikamizda qam tadq-iqotchilarimiz tomonidan globallashuv jarayonini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Hali bu masalaga bag‘ishlangan fundamental tadqiqotlar e’lon qilinmagan bo‘lsa qam bir qator ilmiy jiqatdan pishiq bo‘lgan maqolalar e’lon qilinganligini ta’kidlash lozim. Jumladan, «Globallashuv ziddiyatlari», «Adabiyotida globallashuv jarayoni», «Xalqaro globallashuvning chuqurlashuvi» va boshqa maqolalarda uning ba’zi bir jiqatlariga to‘la-qonli ta’rif keltiriladi. Aytish joizki, mazkur maqolalarda ham «Globallashuv» jarayon sifatida talqin etilganligini ko‘rish mumkin.

1.1.1-rasm. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi



1.1.1-rasmda jahon iqtisodiyoti globallashuvi rivojlanish yoʻnalishlari koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu rasm jahon xoʻjaligida faoliyat yuritayotgan iqtisodiy subyektlar uchun bozor maydoni sifatida butun dunyo aylanib borayotgani va uning ahamiyati oshib borishining sabablarini koʻrsatib beradi.
Globallashuv jarayonining paydo boʻlishi tarixiga oid turli qarashlar mavjud. Tarixchi olimlar globallashuv kapitalizmning yangi bosqichi deb hisoblayadilar. Iqtisodchilar globallashuv jarayoni boshlanishi moliyaviy bozorlarni transmilliylashuvidan boshlangan degan fikrni olgʻa suradilar. Siyosatshunos olimlar demokratik tashkilotlarni butun jahon boʻylab yoyilishini globallashuv jarayonining boshlanishi bilan bogʻlaydi. Globallashuv jarayonining siyosiy va iqtisodiy turlari farqlanadi. Globallashuv jarayonining subyekti sifatida, iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning qutblarini shakllantirishda asosiy rol oʻynovchi mintaqalashuv jarayoni olinadi.
Quyidagi rasmda jahon iqtisodiyotining globallashuvi bosqichlari aniq koʻrsatib oʻtilgan.

1.1.2-rasm. Jahon iqtisodiyotining globallashuv bosqichlari





Globallashuv jarayonida eng muhim harakatlantiruvchi kuch bu xalqaro savdo hisoblanadi. Globallashuv atamasi intensiv xalqaro savdo maʻnosida XIX asrning oʻrtalaridan boshlab tadqiqotchi olimlar tomonidan qoʻllay boshlangan. Globallashuv jarayonining hozirgi maʻnosida ilk bor qoʻllagan shaxs Teodor Levit hisoblanadi. U ilk bor ushbu atamani 1981-yillarning boshida qoʻllagan. Bunda globallashuv va jahon xoʻjaligining globallashuvi tushunchalarini farqlab olish zarur boʻladi.
Yuqorida keltirib oʻtilgan taʻrif bilan bir qatorda keyingi taʻrifni ham qollash oʻrinli boʻladi. Globallashuv – bu jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynalminallashuvi jarayoni.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – bu jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozorga aylanishi jarayoni.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə