Kurs ishi mavzu: Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. Termiz-2022 Mavzu: Mustaqillik arafasida Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. Reja



Yüklə 169,5 Kb.
səhifə3/9
tarix28.11.2023
ölçüsü169,5 Kb.
#138092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqillik arafasida Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol

Kurs ishining ilmiy yangiligi. Avvalo, mavzuning mustaqillik mafkurasi asosida tadqiq etilib, manbalarga tanqidiy tarixiy jihatdan yondashilib, ilk marotaba muomalaga kiritilayotgan yangi ma’lumotlar va davriy matbuot materiallari asosida ilmiy-nazariy xulosalar qilinganligida ko‘rinadi. Kurs ishida bu davr va hozirgi zamon iqtisodiy holati tahlil etiladi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, Asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat.
I.bob. SSSRni O`zbekistonga ta`sirini uzaytirishga bo`lgan harakatlar.
1.“Qayta qurish” siyosati va uning mohiyati.
Sovet jamiyatining 80-yillar o’rtasidagi holati, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarida hukm surgan siyosatning bevosita, mantiqiy davomi edi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, 80-yillarning boshlariga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo’jalik yuritish usuli o’zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.
Sobiq mamlakat siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarida bir necha marta tub islohotlar, o’zgarishlar qilishga urinib ko’rdi. Ammo bunday harakatlarning barisi zoye ketdi, ko’zlangan maqsadga erishilmadi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo’jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko’proq daxldor bo’ldi.*
Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. O’zbekiston iqtisodiyoti katta xom ashyo, iqtisodiy zaxiralarga ega bo’lishiga qaramasdan g’arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish samaradorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, yangi texnika hamda texnologiyalarni o’zlashtirish juda sust olib borildi.
Jahonning rivojlangan va demokratik tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyati dan nafratlanish, jiddiy, tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.

__________________


O’zbekiston yangi tarixi 3 – kitob. T.: 2000.

Ana shunday sharoitda 80-yillarning o’rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi.*


Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining aprel (1985-yil) plenumi bilan bevosita bog’liqdir. Ushbu jarayon avvalo jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni tahlil etishdan boshlandi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki baravar ko’p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po’lat, stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallashiga qaramas-dan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilmaganligi qayd etildi.
XX asrning 70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Jahonning taraqqiy topgan mamlakatlarida XX asr ikkinchi yarmida sodir bo’lgan ilmiy-texnika inqilobidan samarali foydalanildi. Mashina-fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga o’tib borildi. Ishlab chiqarishga hisob-kitoblar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan elektron-hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qo’llanila boshlandi. Odamlar bajarib kelgan oddiy texnik, mexanik, og’ir jismoniy ishlarni texnika vositalari bajaradigan bo’ldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg’or mamlakatlarda ishlab chiqarish intensive taraqqiyot yo’liga kirdi. Moddiy ishlab chiqarishda ishlovchilar soni qisqarib, xizmat ko’rsatish sohasida, tibbiyot, ta’lim, ilmiy faoliyatda band bo’lganlar soni oshib bordi. Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta’lim va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida keng qo’llanila bordi. Inson texnik, mexanik va og’ir jismoniy ishlarni bajarishdan ozod bo’lib, o’zini mazmunli, ijodiy ishlarga bag’ishladi. Pirovardida turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi.
Sovet davlatida esa ilmiy-texnika inqilobidan foydalanish etarli darajada yo’lga qo’yilmadi. Iqtisodiyot ekstensiv yo’lda, tobora ko’p qo’shimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish yo’lida debsinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo’lsada, xo’jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko’pgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to’planib qolayotgan edi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo’lidagi urinishlarni yo’qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’ ajratishda qoldiq printsipi va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Bular aholining mehnatga qiziqishi va faolligini susaytirdi, boqimandalik, tayyoriga ayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo’rlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi.* Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan sansolarlik, qog’ozbozlik, majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning o’z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, sust, beparvo edilar, «xo’p-xo’p», «bajaramiz» deyishga o’rgangan oddiy ishtirokchilarga aylantirilgan edi. Huquq va qonuniylik puturdan ketgan edi.*
Xo’jalikni boshqarishda 200 mingtacha turli buyruqlar, yo’l-yo’riq va ko’rsatmalar beruvchi qonunsimon hujjatlar hukmron bo’lib, ular xo’jalik xodimlarining har bir qadamini nazorat qilib, tashabbuskorlikni bo’g’ar edi. Oddiy korxonadan tumangacha, viloyatdan respublikagacha, respublikadan markazgacha haqiqiy ahvolni bo’yab ko’rsatish, barcha darajadagi rahbarlarni maqtash, ular nomiga hamdu-sanolar o’qish rasm bo’lib qolgan edi. Oqibatda dunyoda eng kuchli ikki davlatdan biri, deb hisoblanib kelingan sobiq SSSR turg’unlik holatiga uchradi.
__________________
*Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.- Toshkent:O‘zbekiston, 2016.-. 64-bet
Sovet jamiyatining 80-yillar o’rtasidagi holati, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarida hukm surgan
siyosatning bevosita, mantiqiy davomi edi.
Shu o’rinda ta'kidlash joizki, 80-yillarning boshlariga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo’jalik yuritish usuli o’zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.Sobiq mamlakat siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarida bir necha marta tub islohotlar, o’zgarishlar qilishga urinib ko’rdi. Ammo bunday harakatlarning barisi zoye ketdi, ko’zlangan maqsadga erishilmadi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo’jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko’proq daxldor bo’ldi.
Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. O’zbekiston iqtisodiyoti katta xom ashyo, iqtisodiy zaxiralarga ega bo’lishiga qaramasdan g’arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish samaradorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, yangi texnika hamda texnologiyalarni o’zlashtirish juda sust olib borildi.
Jahonning rivojlangan va demokratik tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyati dan nafratlanish, jiddiy, tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.
1985 yil mart oyida K. Chernenko vafotidan soʻng Siyosiy byuroning eng yosh aʼzosi M.S. Gorbachev KPSS MK Bosh kotibi etib saylandi. 1985 yil aprel oyida uning rahbarligida KPSS Markaziy Qo'mitasining navbatdagi Plenumi bo'lib o'tdi, undan boshlab dunyodagi eng yirik mamlakatda yirik siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy va ijtimoiy qo'zg'alishlar davri boshlanadi. Bu davr 7 yil davom etib, tarixga “Qayta qurish” nomi bilan kirdi.*
Qayta qurish tarixida to'rtta alohida davr mavjud.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə