Kurs ishi mavzu: Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. Termiz-2022 Mavzu: Mustaqillik arafasida Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. Reja



Yüklə 169,5 Kb.
səhifə8/9
tarix28.11.2023
ölçüsü169,5 Kb.
#138092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqillik arafasida Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol

Iqtisodiy sohada zamonaviy rivojlanish tendentsiyalariga mos raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahon iqtisodiyoti kon’yunkturasiga moslashish, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning mustaqilligini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatish mumkin.
Ijtimoiy sohada aholini har tomonlama himoya qilish, xususan, kam ta’minlangan oilalarni muhofaza qilish, bepul tibbiy xizmatdan foydalanish va ta’lim olish masalalarini mamlakatda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlari sifatida e’tirof etish mumkin.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, mustaqillik deklaratsiyasining tarixiy ahamiyatini yana bir bor e’tirof etgan holda, uning zamirida mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaro o‘z taqdiriga va mamlakat kelajagiga nisbatan yuksak mas’uliyatni his qilgan holda yondashishi lozimligi g‘oyasi yotadi.
Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishda har xil salbiy holatlar tug’diradigan «falaj» yo’li bilan emas, asta-sekinlik bilan o’tish yo’lini tanladi. Istiqlolga erishgan xalqimiz jaxon minbarida o’z manfaatlari haqida bor ovoz bilan gapirish, xalqaro tashkilotlar ishida faol qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi. Eng asosiy natijalardan yana biri-xalqning tarixiy merosini o’rganish, ma’naviy qadriyatlarni tiklash imkoni tug’ildi. O’zbekistonda mustaqil sharoitda siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi.
O‘zbekistonning mustaqillikka zrishganidan so‘ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turadi. CHunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solishga ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etardi.
SHuni aytish kerakki, jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ham mamlakatbop tamoyillari hamma uchun tavsiya etish lozim bo‘lgan tayyor andozalari xech qachon bo‘lmaydi. SHu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo‘lgan O‘zbekistonday qadimiy makonda ham o‘ziga xos yo‘l tanlash uchun ancha-muncha izlanishlar qilish zarur bo‘ldi. Biroq vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish to‘tish lozim edi. SHuning uchun ham Mustaqil O‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga o‘zi yurishga majbur edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki paytda mamlakat ichkarisida bo‘lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim karomatgo‘ylar O‘zbekistonga nisbatan «o‘zlaringni mustaqil boshqarishga, mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xolos» deb shovinistlarcha g‘arazgo‘ylik qilar edi. Mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o‘rtasida esa «EndiO‘zbekiston qanday yo‘ldan boradi?» «Qanday jamiyat quradi?» «Markazsiz yashay oladimi?», «Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlanadimi?»-qabilidagi savollar vujudga kelgan edi. Unga har kim o‘zicha javob qidirar edi.
Tabiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O‘zbekiston uchun o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o‘z andozasini ishlab chiqish g‘oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O‘zbekistonda o‘z navbatida bunday vazifani uddalash O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e’tiqodi, ruhiyati va hulq-atvor normalari shuni taqozo etar edi Ayni paytda, O‘zbekistonning o‘z iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasini o‘rganish, ularning foydali qismini o‘zlashtirish bilan birga O‘zbekiston xalqining turmush tarzi va an’analariga ham tayanish lozim edi. SHuning uchun ham mustaqillikning dastlabki kunlardanoq jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olishga kirishdi.
Albatta mamlakat uchun hayot-mamot bosqichi bo‘lgan bir paytda uning yangi jamiyatga o‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridagi yangi sharoitga mos muhim boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni talab etadi O‘zbekistonning o‘ziga hos taraqqiyot yo‘li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat istiqlolining tashabbuskori va rahnamosi sifatida I.Karimov mustaqillikning dastlabki davrida o‘zining qat’iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o‘rtaga tashladi. Hali sobiq ittifoq mavjud bo‘lgan bir paytda u respublika rahbarligiga kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy xayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o‘zgarishlarni boshlab yuborgan edi
I.Karimov umumxalq ovoz berish yo‘li bilan mamlakat prezidenti etib saylanganidanoq o‘zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaati asosida ish tutdi. U Oliy Kengashning 1992 yil 4-yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari IX sessiyasida shunday degan edi; «Menga qanday yuksak ma’suliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush kechirishi uchun qanday yo‘llar tanlaganimiz haqida ba’zi fikrlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat’iy harakatlar qilishni kutayapdi. O‘tmish qoldiqlari xalq elkasiga og‘ir yuk bo‘lib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri xalqning baxtli hayotini ta’minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayotgan bozor iqtisodiyoti zarbalariga bardosh beruvchi qatlamni o‘z homiyligiga olish kerak. Bular ko‘p bolali kam ta’minlangan oilalar, nogironlar.
Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bo‘lib, qolaveradi» Prezident Oliy Kengashning mazkur sessiyasida Dastur ahamiyatiga molik bo‘lgan nutqida davlat siyosatining strategiyasini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi. Iqtisodiy barqarorlikni, millatlararo tinchlikni ta’minlash, totuvlik va osoyishtalikni saqlash, fuqarolarga erkinlik berish, jamiyatda ma’naviy yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga katta e’tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun ustuvor bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Xulosa.
Xalqimizning ko’p yillar davomida olib borgan kurashi natijasida qaror topgan mustaqil O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish stixiyali (ko’r-ko’rona) ravishda emas, balki ilm-fan yutuqlariga, jahon taraqqiyotining, xususan, buyuk zaminimizda yaratilgan tarixiy tajribalarga asoslangan g’oyalarga amal qilib ro’yobga chiqadi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlatchilik poydevori yaratildi, hokimiyatning yangicha, o’zimizga xos va mos bo’lgan ko’rinishlari paydo bo’ldi. Asrlarga teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik, tarixiy, diniy qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda o’rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O’zbekiston Respublikasining xalqaro jamiyatda tutgan o’rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog’laydi.
SSSRda, chunonchi O’zbekistonda sotsialistik tizim, kommunistik mafkura har tomonlama inqirozga uchrab, ziddiyatlar bilan to’lib-toshib turgan bir paytda I.A.Karimovning, avvalo O’zbekiston partiyasi rahbarligiga (iyun,1989yil), keyin Prezidentlik lavozimiga (mart,1990yil) tayinlanishi bejiz emas edi. Vaqti, soati yetgan, lekin jon saqlash uchun o’zini har tomonga urayotgan, hech narsadan qaytmaydigan mustabid tizimidan jafokash xalqni, ezilgan el-yurtni mustaqillikka chaqirish uchun sovet tizimining ikir-chikirlarigacha tushunib yetgan katta jur’at egasi, dovyurak Islom Karimovdek rahbar kerak edi.
Islom Karimovning har bir asari, ma’ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini, amaliy ishlarning kundalik dasturini tashkil qiladi. Shuningdek, yurtboshimiz mustaqillik arafasida O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti, chuqur inqiroz holati, sovetlarning so’nggi talvasasi, og’ir sharoitlarda O’zbekiston hukumati tutgan yo’li (1989-1990 yillar) haqida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlab yozgan “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida yaqqol ko’rsatgan. G’arb va Sharqning rivojlangan mamlakatlari ko’p yillik taraqqiyot yo’llarini, o’zbek davlatchiligini ming yillar davomidagi tarixiy tajribasini o’rgangan holda yaratilgan I.A.Karimov asarlarida mustaqil O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotining muhim yo’nalishlari, butun dunyoda tan olingan bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari to’g’risidagi ta’limot yaratildi. Istiqlolning, boshlang’ich bosqichida yorug’likka chiqkan «O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» va boshqa asarlarida bayon etilgan O’zbekiston mustaqilligining birinchi navbatdagi kechiktirilmas ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’rifiy-ma’naviy vazifalari keyinchalik «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarlarida bayon etib berildi. Islom Karimov donoligining yana bir ko’rinishi bozor munosabatlariga o’tish, demokratik jamiyat qurish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ishlarning yuksak ahamiyatini taqqoslab ko’rsatganligidadir.
Parchalangan Ittifoq o’rnida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hech birida ilgari surilmagan ma’naviy-ma’riviy ishlarning vazifalari Prezidentning «Jamiyatimiz mafkurasi, xalqni xalq, millatni millat qilishag xizmat etsin», «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» asarlarida, «Istiqlol va ma’naviyat» (hujjatlar to’plami) kitobi va boshqa ko’plab maqolalarida bayon etilgan bo’lib, ma’naviyat- kelajagi buyuk O’zbekistonning mustahkam poydevori, milliy mustaqillik mafkurasi, 120 dan ortiq millatlar va elatlardan tashkil topgan O’zbekiston xalqini «O’zbekiston-vatanim manim» shiori ostida yagona, buyuk maqsad uchun birlashtiradigan bayroq sifatida tutgan o’rni ko’rsatib beriladi. Ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ishlarning yangi jamiyat qurishning zaruriy sharti sifatida qo’yilishi, o’ziga xos,o’zbek modelining ustivor tamoyillaridan biridir. I.A.Karimov yangi jamiyat qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga, shu maqsadda Vatanimiz tarixini xolisona, yangicha yaratishga e’tiborni kuchaytirmoqda. Prezident istiqlolning dastlabki kunlarida (1992 yil yanvar): «Tarixga, merosimizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgartirilishi lozim, yangi darsliklardan tortib oddiy kitoblargacha - hammasiga haqiqat yozilishi shart», deb aniq vazifa qo’ydi.
O’zbekiston Respublikasini juda ko’plab davlatlar tan oldi va jahonning ko’pgina nufuzli tashkilotlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va boshqa sohalarda hamkorlik qiladi. U o’z tashqi siyosatini olib borishda quyidagi tamoyillarga tayanadi:
1.Davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
2. Xalqaro huquq normalarining davlat ichki huquq normalaridan ustunligi;
3.Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
4.Terrorizm, narkobiznes va korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish;
5.Bir davlatga yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik;
6. Tinchlik va mustaqillikka sodiqlik va h.k.
1992 yil fevralь oyida YeXHT va shu yilning 2 martida BMTga a’zo bo’lib kirishi uning siyosiy hayotida keskin burilish yasadi. Undan tashqari, O’zbekiston 1995 yil iyulь oyida esa NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga a’zo bo’ldi, Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporotsiyasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, YuNESKO va h.k.lar bilan mustahkam aloqalarni o’rnatdi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, O’zbekiston xalqi asriy orzusi – mustaqillikni qo’lga kiritdi, shu davr ichida jahon xaritasidan munosib o’rinni egalladi. Bunyodkor xalqimiz o’z salohiyati bilan davlat va jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shib kelayotir. Har bir fuqaro o’z imkoniyatini to’liq yuzaga chiqarish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bu mustaqillikning buyuk ne’matidir.



Yüklə 169,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə