Kurs ishi mavzu: Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. Termiz-2022 Mavzu: Mustaqillik arafasida Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. Reja



Yüklə 169,5 Kb.
səhifə2/9
tarix28.11.2023
ölçüsü169,5 Kb.
#138092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqillik arafasida Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol

Mavzuni o’rganilish darajasi: Kurs ishing o’rganilish darajasi sifatida Mustaqillik deklaratsiyasi hujjatlari, shuningdek, Respublikada nashr etilgan turli bosma matbuot nashrlari, gazeta va jurnalardagi maqolalar, ilmiy tadqiqot materiallari, darsliklar, dissertatsiya va monografiyalardagi ma’lumotlardan foydalanildi. Kurs ishida O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning asarlaridan keng foydalanildi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishida O’zbekiston SSR tarixining eng og’ir davrini xolislik bilan ochib berishga harakat qilindi. Kurs ishida mustaqil davlatimizning o’rganilayotgan davrdagi qanchalar ayanchli ahvolda tushib qolganligi e’tirof etildi. Mustaqillik arafasidagi voqealar va hodisalar yoritib berilgan. Shuningdek birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning mustaqillik uchun qilgan amaliy say-harakatlarini o’rganish muhim masala bo’lib xizmat qiladi. Kurs ishidan maqsad 80-yillardagi iqtisodiy ahvolning haqqoniy sifatlarini ochish va bugungi bozor iqtisodiyotiga asoslangan rivojlanish dasturining nechog’lik asosli ekanligi tahlil qilishdir.
Kurs ishining nazariy-uslubiy asoslari. Tadqiqotning nazariy metodologik asosi sifatida, O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov asarlarida qayd etilgan ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan boy moddiy va ma’naviy merosni o’rganish va ularni kelajak avlodga avaylab yetkazish haqidagi g’oyalari, ayniqsa, bozor iqtisodiyotining bugungi kundagi ahamiyati fikrlari, hamda kurs ishi mavzusiga oid nazariy metodologik asoslarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari, O‘zbekiston Respublikasi milliy g‘oyasining maqsad, vazifalari, xalqimizning milliy mentalitetidan kelib chiqqan holda milliy g‘oya asos qilib olinib, uning metodologik tamoyillarini bugungi kunda o‘zbek milliy tarixshunoslik fanida amal qilinayotgan nazariy va amaliy qarashlar chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, ma’ruza va ilmiy maqolalarida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmonlarida ifodalangan muhim vazifalar tadqiqotning nazariy-metodologik asoslarini tashkil etadi. Shuningdek, davlat va hukumat farmonlari hamda qarorlarida ilgari surilayotgan uslubiy ko‘rsatmalar tashkil etadi. Kurs ishida tarixiylik, ob’ektivlik, ilmiylik, xolislik, mantiqiy izchilik tamoyillariga asoslandi.

Yüklə 169,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə