Kurs ishi mavzu: O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning xususiyatlari Ilmiy rahbar: Guliston-2022 Mundarija: Kirish. I-bob o‘quvchilarning bilish faoliyati



Yüklə 43,11 Kb.
səhifə2/12
tarix23.09.2023
ölçüsü43,11 Kb.
#123483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi mavzu

Mavzuning dolzarbligi. Yoshlarni mustaqil bilim olishga o‘rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning bilimini aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni oquvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga tasir korsatadi.
O`quvchilatning o`zlariga qo‘yilgan baho va baholar o‘quvchi qanday taassurotlar qoldirganini, ular o‘rtoqlarining oqishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bolishlarini doim kuzatib borishlari lozim. O‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini royobga chiqarish ularning bilim faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilishni taqazo etadi.
Kopchilik mutaxassis olimlar o‘quvchilarni baholash salbiy oqibatlarga olib keladi, deb hisoblashmoqdalar. Malumki, faqat baho uchun o‘qish bilimning ijtimoiy ahamiyatini pasaytirishi mumkin. Shunga kora bilimni tekshirishning boshqa usullarini topish hamda qollash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Muammoning organilganlik darajasi. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi masalasi olimlarimizni befarq qoldirmadi. Bu jarayonni bir qancha olimlarimiz o‘rganib tahlil qilib tadqiqot olib borganlar. Shu jumladan, psixolog va pedagog olimlarimiz I.Tursunov, U.Nishonaliev, M.V.Matyuxina, P.YA.Galperin, N.F.Talizina tomonidan organib chiqilgan.
Tadqiqot ishining maqsadi. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishini chuqurroq o‘rganish, uning xususiyalarini aniqlash. O‘quv faoliyati va bilimlarni o`zlashtirish darajasiga qanday ta`sir etishini o`rganish.
Tadqiqot obyekti. O‘quvchilarning o‘quv faoliyati.
Tadqiqot predmeti. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
Tadqiqot ishining metodlari. Savol-javob, diktant, test, aqliy hujum, yozma ish, guruhlarda ishlash, kozatish, suhbat.
Manaviy-intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy uslublarda aniqlash tarbiya jarayoniga samarali o‘zgartirishlar kiritadi. O‘quvchi yoshlarning manaviy- intellektual shakllanish sifatlardagi yutuq va kamchiliklarini ragbatlantirish, tuzatish tarbiya mazmuni usullari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish lozim boladi.
Qo‘yilayotgan talablar bilan har tomonlama intellektual rivojlantirishning mutassal emasligi orasida tafovut yaratadi. Ayniqsa, mutaxassis tayyorlashda maktabdan boshlab oliy o‘quv yurtlarini bitirib chiqqanlarigacha nazorat shaklining to‘liq bolmaganligi talim tarbiya jarayoninig asosiy muammolarini tashkil etadi. Masalaning muhim tomoni shundaki, mutaxassislar ommaviy tusda tayyorlanganda tarbiyachilarning har bir o‘quvchi bilan yetarli darajada yakkama-yakka muloqot qilishga vaqt yetmaydi. Muloqot tezkor savol-javob tarzida o‘tsa, tabiatan bunday muloqot o‘quvchini ham o‘qituvchini ham qanoatlantirmaydi.



Yüklə 43,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə