Kurs ishi mavzu: Tasodifiy miqdorlar dispersiyasi Bajardi: M. To’xtasinova Qabul qildi: Z. Alimov Farg’ona-2022 Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/12
tarix27.01.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#99535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi mavzu Tasodifiy miqdorlar dispersiyasi Bajardi M. To

Kurs ishining dolzarbligi: Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasb-mahoratiga, san’ati, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog’liqdir. Ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarini safarbar etish o’qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir. Matematika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U o’quvchi tafakkurini rivojlantirib, ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirganlik, mantiqiy fikrlash, topqirlik xislatlarini shakllantirib boradi. Shu bilan bir qatorda mulohazalarning to’g’ri, go’zal tuzilganligi, o’quvchilarni didli, go’zallikka ehtiyojli qilib tarbiyalab boradi.
“Aqlni takomillashtirish uchun , o’qishdan ko’ra ko’proq fikr yuritish kerak”.
Dekart(1596-1650)
I.Bob.Tasodifiy miqdorlar
1.1-§. Tasodifiy miqdor tushunchasi va uning turlari
Tasodifiy miqdor deb dastlab ma’lum bo’lmagan, oldindan hisobga olinishi mumkin bo’lmagan tasodifiy sabablarga bog’liq bo’lgan bitta va faqat bitta mumkin bo’lgan qiymatni tajriba natijasida qabul qiladigan kattalikka aytiladi.
Tasodifiy miqdor deb elementar hodisalar fazosida aniqlangan ( ) funktsiyaga aytiladi.
Tasodifiy miqdorlar bosh lotin harflari, ularning mumkin bo’lgan qiymatlari esa mos kichik harflar bilan belgilanadi. Masalan, X tasodifiy miqdor uchta qiymatga ega bo’lishi mumkin bo’lsa, ular orqali belgilanadi.
Diskret (uzlukli) tasodifiy miqdor deb ayrim, ajralgan mumkin bo’lgan qiymatlarni ma’lum ehtimolliklar bilan qabul qiluvchi tasodifiy miqdorga aytiladi. Diskret tasodifiy miqdorning mumkin bo’lgan qiymatlarining soni chekli yoki cheksiz bo’lishi mumkin. Bunga misol sifatida 1-misoldagi tasodifiy miqdorni olish mumkin.
Uzluksiz tasodifiy miqdor deb biror chekli yoki cheksiz oraliqdagi barcha qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo’lgan tasodifiy miqdorga aytiladi. Uzluksiz tasodifiy miqdorning mumkin bo’lgan qiymatlarining soni cheksizdir. Bunday tasodifiy miqdorga misol sifatida 2-misoldagi tasodifiy miqdorni olish mumkin.
Diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni deb mumkin boʻlgan qiymatlar bilan ularning ehtimollari orasidagi moslikka aytiladi. Taqsimot qonunini jadval orqali, analitik usulda (formula koʻrinishida) va grafik usulda berish mumkin.
Diskret va uzluksiz t.m.lar taqsimotlarini berishning universal usuli ularning taqsimot funksiyalarini berishdir. Taqsimot funksiya F(x) orqali belgilanadi.
F(x) funksiya X t.m.ning taqsimot funksiyasi xϵR son uchun quyidagicha aniqlanadi:
(1.1)
Taqsimot funksiyasi quyidagi xossalarga ega:


  1. F(x) chegaralangan:



  1. F(x) kamaymaydigan funksiya: agar bo’lsa, u holda





  1. Funksiya chapdan uzluksiz:


Diskret t.m taqsimot funksiyasi quyidagicha ifodalanadi:
Diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonunining jadval orqali berilishida jadvalning birinchi satri mumkin boʻlgan qiymatlardan ikkinchi satri esa ularning ehtimollaridan tuziladi:

Bitta sinashda tasodifiy miqlor mumkin boʻlgan qiymatlardan bittasini va faqat bittasini qabul qilishini nazarda tutib, hodisalar toʻla gruppa tashkil qiladi, degan xulosaga kelamiz; demak, bu hodisalarning ehtimollari yigʻindisi, yaʼni jadvalning ikkinchi satridagi ehtimollar yigʻindisi birga teng:

Misol. Pul loteryoyasida 100 ta bilet chiqarilgan. Bitta 50 soʻmlik yutuq va oʻnta 1 soʻmlik yutuq oʻynalmoqda. X tasodifiy miqdor—bitta lotereyasi bor kishi yutuqlari taqsimot qonunini toping.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə